Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida
ertaklarni sahnalashtirish metodikasi
I. Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida ertaklarni sahnalashtirish.
Ertaklarni sahnalashtirish ijodiy jarayon. Bu jarayonda bolalar bilan ishlash,
sahnalashtirish uchun tanlangan ertakni o‟qish, qahramonlar va personajlarning
harakatlarini
muhokama qilish, turli materiallardan qo‟g‟irchoq va personajlar
obrazlarini yaratishd ham tarbiyachi yoki musiqa rahbari ijodiy kayfiyatni
yaratishga diqqatni qaratishi zarur.
Qo‟g‟irchoqlar yordamida tashkil qilinadigan
teatr tomoshalari uchun
qahramonlar, personajlarning obrazlari bolalar tomonidan tarbiyachi yoki musiqa
rahbari boshchiligida birgalikda yasalishi muhim. Binobarin,
bu jarayonda
bolalarda qo‟l bilan ishlash, ranglarni tanlash, chizilgan obrazlarni bo‟yash
malakalari, shuningdek, fikrlash qobiliyati shakllanadi.
Tarbiyachi tomonidan ish jarayonining qizg‟in
dialoglar yordamida tashkil
etilishi esa bolalarning nutqini o‟stiradi, lug‟at boyligini ko‟paytiradi. Buning
uchun tarbiyachi bolalarga ularni faoliyat va fikrlashga rag‟batlantiruvchi savollar
bilan murojaat qilishi, javoblarni
shishilmay tinglashi, yo‟l-yo‟lakay ularni
to‟g‟rilashi, qaytarilgan to‟g‟ri javoblar uchun bolalarni “Ajoyib”, “Barakalla”,
“Juda to‟g‟ri”, “To‟g‟ri, ammo mana buni qanday bajariladi?” tarzida bolalarni ish
jarayoniga ilhomlantira olishi kerak.
Maktabgacha ta‟lim tashkilotlarida tashkil qilinadigan teatr tomoshalari uchun
turli materiallar: kartonlar, matolar, ingichka yog‟ochlar,
qoshiqlar, stakanlar, bir
martalik plastik idishlar, yelim, paxta, ip, igna, qaychi, mix va boshqa xomashyolar
kerak bo‟ladi.
Qo‟g‟irchoq teatrlarini sahnalashtirishda tarbiyachi
dastlab har bir guruh
bolalarini yoshi, qiziqishiga alohida e‟tibor bergan holda ertak tanlashi muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ertaklarni sahnalashtirishda har bir guruh bolalarining yoshi, ongi, qiziqishini
inobatga olib, ish jarayonida quyidagilarga e‟tibor qaratiladi:
Dostları ilə paylaş: