Reja: Ma’naviyat va ma’rifatning qadimiyligi


Milliy g’urur va milliy istiqlol g’oyasi



Yüklə 112,15 Kb.
səhifə3/3
tarix14.12.2023
ölçüsü112,15 Kb.
#177876
1   2   3
Reja Ma’naviyat va ma’rifatning qadimiyligi-fayllar.org

Milliy g’urur va milliy istiqlol g’oyasi
Davlat mustaqilligini mustahkamlash mamlakatda yashaydigan barcha aholi tabaqalari, ijtimoiy guruhlar, elat va millatlar o’rtasidagi munosabatlarning qandayligiga ham ko’p jihatdan bog’liqdir. Hozir Respublikamizda 80 dan ortiq milliy, madaniy markazlar ishlab turibdi. Ular o’rtasida hamkorlik, millatlar o’rtasida totuvlik bo’lmas ekan, davlat mustaqilligiga to’la erishish mushkul bo’ladi. Ayniqsa, ko’p millatli davlatda bu jarayon muhimdir. O’zbekistonimizda 30-yillarda ellikdan ortiq millat va elat vakillari yashagan bo’lsa, endilikda ular 130 dan ortiqdir. Demak, bu hol davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash uchun yangi vazifalarni keltirib chiqaradiki, ularni juda ehtiyotkorlik va vazminlik bilan bajarishga intilish talab etiladi.
Sababi, yuqorida aytib o’tilgan toifalarning barchasi mamlakat mustaqilligi uchun u yoki bu darajada sa’y-harakatlar qiladilar, mamlakatni moddiy va ma’naviy boyitadilar. Zero, mustaqillikni mustahkamlashga harakat qilayotgan fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy etuk qilib tarbiyalash kechiktirib bo’lmaydigan vazifadir. Shu sababli, taraqqiyotdagi boshqa yo’nalishlar bilan birga xalq manfaatini ifodalaydigan, ma’naviyatini boyitadigan milliy istiqlol mafkurasining yaratilishi zamon talabidir.
Milliy istiqlol mafkurasi endilikda hayotga tatbiq etilayotir. Bu mafkura va uning mazmuni to’g’risida matbuotda iliq so’zlar aytilayotganining guvohimiz. Shu sababli, biz mafkurada tilga olingan va ma’naviyatimizning eng muhim qirralaridan biri bo’lgan milliy g’ururni shakllantirishdagi omillar, uning iqtisodiy va ma’naviy jihatlari to’g’risida fikr yuritmoqchimiz.
Prezident I.A.Karimov “O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” nomli asarida: “O’zbek xalqining yuksak milliy qadr-qimmati, or-nomusi va shon-sharafi, uning o’ta mehribonligi va sof vijdonliligiga asoslangandir. Biz bundan keyin ham o’zbeklarning milliy g’ururini ma’naviy yuksaltiramiz, shu bilan birga umumiy Vatanimizda biz bilan birga yashovchi va O’zbekiston respublikasiga sadoqatli bo’lgan barcha xalqlar bilan birodarlikka intilamiz”, deb ta’kidlagan edi. Bu so’zlarda juda chuqur ma’no bor. Sobiq ittifoq davrida “dunyoviy millat”, “dunyoviy til”, “dunyoviy madaniyat” kabi umumjahon maqsadlar asosida fikr yuritilganligi sababli milliy g’urur chetga chiqib qolavergan edi. Natijada “yirik” millatlar soyasida boshqa millatlar g’ururi ravnaq topmadi. Chunki, mehnatkash xalq ongiga kundalik hayotimizdan uzoq fikrlar singdirilib kelindiki, bu jarayonda boshqa ba’zi xalqlar singari o’zbek xalqining ham milliy g’ururi toptaldi, qiyinchiliklarga duch keldi. Endilikda xalqimiz mustaqillik sharofati bilan, o’n yildirki, bu muhim jabhada qaddini rostlamoqda.
Milliy g’urur to’g’risida so’z ketar ekan, bu masalaning nozikligini hech qachon unutmaslik zarur. U hasad bilan emas, balki, havas bilan yuksalmog’i kerak. G’urur to’g’risida turlicha fikr yuritgan allomalar uning salbiy va ijobiy tomonlarini taroziga solib ish yuritishni uqtirganlar. Jumladan, ingliz tanqidchisi J. Kollinz milliy g’urur “Garchi yaxshilik hisoblanmasa-da, lekin ko’p yaxshiliklarning boshidir”, -degan bo’lsa, nemis yozuvchisi I.Zeyme :-“Agar biz haqiqiy g’ururli bo’lganimizda edi, dunyoni bu qadar razilliklar bosmas edi”-deb yozadi. Yunon faylasufi Teofrast:-“G’urur-o’zidan boshqalarning bariga nisbatan o’ziga xos bir nafratdir”-deydi. Frantsuz adibi M.Janlis:-“G’urur ko’pincha haqiqiy ulug’vorlikka g’ov bo’ladi”,-degan bo’lsa, at-Termiziy:-“Mag’rurning turishi xunuk”-deydilar.
Bu kabi fikrlardan ko’rinib turibdiki, g’urur yuqorida ta’kidlanganidek, noyob va nozik jarayondir. Milliy mafkuraning har bir targ’ibotchisi va tinglovchisi mazkur fikrlardan tegishli xulosa chiqarib, masalaga jiddiy yondashishi va uni hayotga tatbiq etishi kerak. Xususan, frantsuz axloqshunos olimi F. Laroshfukoning:-“G’urur barchaga xos xususiyat: ammo farqi shundaki, uni qachon va qaerda ko’rsatishni bilish kerak”1, -degan da’vatiga amal qilinsa, mantiqqa to’g’ri kelar edi.
Xalqimizning “G’ururi bor elning minorasi baland bo’ladi” degan ajoyib naqlidan kelib chiqsak, boshqa muhim jarayonlar singari milliy g’ururni ham shakllantirmay turib, O’zbekistonimiz mustaqilligi barqaror, uning kelajagi buyuk bo’lishiga to’la erisha olmaymiz. Milliy g’ururning shakllanishi va rivojlanishi ko’proq iqtisodiy sohaga, ya’ni to’qchilikka, moddiy noz-ne’matlarning etarlicha to’kinligiga ham ko’p jihatdan bog’liqdir. Shu sababli, milliy istiqlol mafkurasini xalqqa singdirishning siyosiy tomonlaridan biri bu ˙ iqtisodiy sohadir. Avvalo, el-yurt uchun etarli miqdorda, keyin esa eksportga yuboriladigan sifatli moddiy boyliklarni ishlab chiqarmasak, milliy g’ururimizni yuksak darajada ko’tara olmasligimiz tabiiydir. Etarlicha to’kin va sifatli mahsulot esa xalqimizning jo’shqin mehnati asosida yuzaga keladi. Bugun xalq, har bir fuqaro ongli mehnat qilgandagina, mahsulot sifati oshadi, miqdori ham ko’payadi. Jahon andozalari darajasidagi sifatli mahsulotni ishlab chiqarib, eksport qilish xalqimiz milliy g’ururini rivojlantirishning muhim omillaridan biridir.
Milliy mafkurani xalqqa singdirish uchun o’tkaziladigan har bir tadbir xo’ja ko’rsinga o’tkazilmasdan, balki, astoydil, vijdonan amalga oshirilishiga erishish kerak. Har bir ma’ruzachi dalillar asosida tinglovchining fikrlash qobiliyatini shu darajada uyg’otishi kerakki, u iqtisodiyot sohasida bilimi etarli bo’lmasa, beixtiyor bilim olishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ysin, ta’bir joiz bo’lsa, o’zligini iqtisodiy jihatdan ham anglashga harakat qilsin.
Milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini targ’ib qilish uchun targ’ibotchilarimizning hozirga qadar egallagan iqtisodiy bilimlari kamlik qiladi. Sababi, ko’pgina targ’ibotchilar keng ko’lamda ma’ruza qilib, barcha sohani umumiy jihatdan qamrab olishga harakat qilganlar. Natijada ma’ruza oldiga qo’yilgan maqsad ham mavhumlashgan. Shu sabali, ma’ruzalarga milliy istiqlol g’oyasi nuqtai nazaridan yondashilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu ma’ruzalar qisqa, mantiqan kuchli, g’oyadagi chizgilar hamda shiorlar asosida tuzilgan bo’lsa, samarali, ta’sirchan bo’ladi deb o’ylaymiz. Ma’lumotlarimiz umumiylikdan alohidalikka qarab yo’nalgan bo’lishi kerak.
Iqtisodiy soha bo’yicha milliy g’ururni shakllantirish uchun yuqoridagi fikrlarni mustahkamlash maqsadida hozir mamlakatimizda etishtirilayotgan paxta, ipak, qorako’l hamda paxtani qayta ishlash, qishloq xo’jaligi va to’qimachilik mashinalari, oltin, foydali qazilmalar, radiotexnika mahsulotlari va turli xalq iste’moli mollari, umuman, moddiy boyliklarimiz to’g’risidagi ilmiy asoslangan dalillar va ma’lumotlarga ega bo’lish zarur. Ishlab chiqarishimizning bu etakchi sohalarini tilga olganda, ularni boshqa mamlakatlar bilan taqqoslab gapirish maqsadga muvofiqdir.
Xullas, milliy g’urur avvalo, iqtisodiy jihatdan o’z-o’zini anglashdan boshlanishi, har bir kishi iqtisodiy sohada ustuvor bilimga ega bo’lishi kerak. O’z-o’zini iqtisodiy jihatdan anglash, har bir kishidan o’z ustida qo’shimcha ishlashni, bilim doirasini kengaytirishni talab etadi. Albatta, o’z-o’zini anglash nafaqat iqtisodiy sohani bilish, balki o’z tarixini, ona tili, dini, avlod-ajdodlarini, milliy urf-odatlarini, axloqiy qarashlari, an’ananalari, o’z xalqining dunyo madaniyatini rivojlantirishga qo’shayotgan hissasini va boshqa ko’plab jarayonlarni mukammal bilishni talab etadi. Binobarin, shu jarayonlarni har bir shaxs mukammal bilmas ekan, odatdagi muloqotda yoki chet mamlakat kishilari bilan suhbatlarda o’zining kim ekanligini, avlodlari kimligini tanita olmaydi.
Ma’lumki, milliy g’urur insonning rangi, gavda tuzilishi, irqi, jinsi yoki diniga qarab belgilanmaydi. Milliy g’ururni bu alomatlarga qarab belgilovchilar qattiq adashadilar, undaylar shovinistlardir. Aslida bunday kishilarning dunyoqarashi buzilgan bo’lib, bilim saviyasi sayozdir. O’zbek xalqi bunday qarashlarni o’ziga yot deb biladi, o’z milliy g’ururini millatning insonparvarlik xislatlaridan kelib chiqib yuksaltiradi. Islom va boshqa dinlarning bu soxadagi ijobiy tomonlariga e’tibor qiladi.
Iqtisodiy soha bilan bir qatorda milliy g’ururni yanada yuqoriroq darajaga ko’tarishning ikkinchi muhim bir jihati ˙ bu ma’naviy etuklikni egallashga bog’liqdir. Jamiyatimizdagi kishilar o’z mutaxassisligi, ishlaydigan sohasini yaxshi bilishi mumkin. Lekin, ma’naviy etuklik bo’lmasa, milliy g’ururni ko’tarish, uni targ’ib qilish amrimaholdir. Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan keyingi yillarda ko’plab talabalar, tadbirkorlar, tuman, shahar, viloyat hokimliklari vakillari chet ellarga bormoqdalar. Kelajakda bu ish yanada rivojlanishiga aminmiz. Xorijga borayotgan har bir kishi o’z xalqining milliy g’ururi qirralarini mukammal bilishi zarur. Ayniqsa, hozirgi talabalarimiz milliy g’ururni, uning qirralarini bilish bilan birga, uning targ’ibotchilari ham bo’lishlari kerak. Talabalarni targ’ibotchilar qilib etishtirishni esa maktabda o’quvchilik davridan boshlash zarur. Maktab o’quvchilarining ko’pchiligi kelajak talabalardir. Mustahkam bilimni, ma’naviyat, qadriyat, urf-odatlar, udumlarni hamda allomalarimizning ta’limotlarini o’quvchilarga hozirdan keng dasturlar, puxta darslik va rejalar asosida tushuntirishni boshlash ˙ davr talabi. Zero, o’quvchilar talaba bo’lganlarida bu bilimlar ular uchun puxta zamin vazifasini o’taydi. Aynan shu bilimlar kelajak uchun bebaho ekanligi va milliy g’ururni shakllantirishda ham o’ta muhim omil bo’lishi aniq.
Buning uchun ayniqsa, ijtimoiy fanlar o’qituvchilari, barcha murabbiylar mas’uliyatni his qilishlari, jonkuyar bo’lishlari lozim. Kelajakda chet mamlakatlarga borayotgan talabalar ham o’z zimmasiga katta mas’uliyatni olib, borgan mamlakati madaniyatini tezda o’ziga singdirib, o’z xalqi madaniyatini uyg’unlashtirish hamda o’z millatiga xos bo’lgan g’ururni o’rni bilan targ’ib qilishni o’ylab boradilar. Ma’lumki, xorijga qadam qo’ygan kishilarga e’tibor o’n karra oshadi. Salomlashish, muloqot qilish, mehmonxonada yashash, kiyinish, suhbat qilish, kishilarga munosabat, urf-odatlar barchasi hushyorlikni talab etadi. Afsuski, borgan kishilarning hammasi ham bularning o’ta muhimligiga hamisha e’tibor beravermaydi. Sir emaski, chetga borayotgan ba’zi sayyohlarimiz xorijga borganda kiyim-kechak, sovg’a buyumlariga diqqatni ko’proq qaratadilar, imkoniyat bo’lsa, o’sha buyumlardan ko’proq olib qaytishni o’ylaydilar. Milliy g’urur to’g’risida o’ylash esa, afsuski, yodimizdan ko’tarilar darajada bo’ladi. Axir biz, buyuk jahongirlar, mo’’tabar mutafakkirlar, ulug’ allomalar avlodimizku! Ular timsolida o’zbek xalqining kim ekanligini, o’zbek xalqining jahon madaniyatiga, umuminsoniy qadriyatlarga qo’shgan ulkan hissasini endi dunyo ahli biladigan payt keldi-ku! Endilikda, barchamiz o’zbek xalqini dunyo ko’zi o’ngida yana bir pog’ona ko’tarishga harakat qilishimiz kerak emasmi? Milliy madaniyatimiz va axloqimizning mustahkam zaminga ega ekanligini endi olamga ko’rsatishimiz kerak emasmi?
Ming afsuski, oramizdan chiqqan ayrim o’zbek “vatanparvar” lari milliy g’ururimizni ham mutlaqo unutib, faqat o’z shaxsiy manfaatlarini o’ylab, chetdan turib, ona-Vatanga tosh otmoqdalar. Aniqrog’i “Ozodlik”, “Bibisi”, ba’zan Rossiya ommaviy axborot vositalari eshittirishlarini eshitib, xorijda chiqadigan gazetalardagi tirnoq ostidan kir qidiruvchi ba’zi bir maqolalarni o’qib, beixtiyor g’azabing keladi. Amalda yurtboshimiz tufayli dunyoning ko’pgina yirik va ilg’or mamlakatlari o’zbek xalqini, uning madaniyatini, mustaqil davlatini tan olib hurmat- ehtirom ko’rsatsa-yu, o’zimizdan chiqqan uch-to’rt nafar “vatanparvar”- lar esa milliy g’ururimizni unutib, egan non-tuzini oqlash o’rniga tuzluqqa tupursa, bu qaysi aqlga sig’adi. Shu “vatanparvar”lar birorta kamchiliksiz davlatni topib bera olarmikanlar. Albatta, yo’q . Shunday qiyin bir sharoitda O’zbekistonning nisbatan to’qligi va tinchligini nega sezib, sezmaslikka oladilar, oqni qora deb ko’rsatishga urinadalar. O’zbekistondagi o’tish davri qiyinchiliklarini ayuhannos solib qoralaydilar. Ular kimlarning nog’orasiga o’ynamoqdalar?
Har bir targ’ibotchi bu voqea, hodisalarni hisobga olishi uchun uni ilmiy talqin qila bilishi lozim. Albatta, bular haqida fikr yuritish uchun ham chuqur bilimga ega bo’lish talab qilinadi. Demak, “Odamdan yuqori turarkan olam, bilim olmoqlikka muhtojdir odam”– degan naqlga amal qilib, milliy istiqlol g’oyasini tinglovchiga singdirish uchun har bir targ’ibotchi o’z ustida ishlashi davr talabidir.
Yurtboshimizning milliy g’ururni tiklash maqsadida olib borayotgan sa’y-harakatlari tahsinga loyiqdir. Prezidentimiz qaerga bormasin, u o’sha mintaqa yoki davlatdagi aholining o’zbek xalqiga bo’lgan hurmatini oshirib, o’zbekona milliy madaniyati va qadriyatlarini, o’ziga xos xususiyatlarini yuksak darajada namoyish qilib qaytadi. Yurtboshimizning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi majlisida so’zlagan ilmiy amaliy nutqi to’g’risida ham dunyo matbuotida ko’p iliq so’zlar aytilganligining guvohimiz.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy g’ururni aholiga yanada chuqurroq singdirish va uni yuksak darajasiga ko’tarish uchun katta kuch-g’ayrat sarflash lozim bo’ladi. Bu ish eskirgan shiorlar, dabdabali yig’ilishlar, haybarakallachilik bilan o’tkaziladigan ommaviy tadbirlar orqali bo’lmaydi. Bu bilan kerakli natijaga erishish qiyin. Xalqimizda shunday udumlar, urf-odatlar borki, ular milliy g’ururni rivojlantirishga juda qo’l keladi. Mustaqillik kuni, Navro’z va Hayit bayramlari, Vatan xizmatiga yuborish arafasidagi tadbirlar, hosillar sayili, Xotin-qizlar bayrami, Konstitutsiya nishonlanadigan kun, aholining to’y marosimlari, yubileylari, xotira kunlari, salom va alik, gap-gashtak, hovli to’ylari, hashar, ziyoratlar shular jumlasidandir. Bu tadbirlardan barcha targ’ibotchi va notiqlar ko’ngildagidek foydalana olmayotirlar. Shu sababli respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi qoshidagi targ’ibotchilar guruhlari vakillari bu muhim ishda o’ta bilimdon va tadbirkor bo’lishlari kerak. Binobarin, milliy g’ururni ko’tarish har bir fuqaroning aqliy va mehnat faoliyatiga katta ruh bag’ishlaydi. Bu esa bizga jamiyatimiz oldida turgan qiyin muammolarni echishda yordam beradi.
Davlatimizning ezgu muddaosi va vazifalaridan biri bu ˙ bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishdir. Demak, milliy istiqlol g’oyasi bilan bu vazifa mushtarak bo’lsa jamiyatimiz rivojlanishi, taraqqiy etishi tezlashadi. Ayniqsa, tinglovchilar va talabalar bilan ish olib borish mobaynida milliy istiqlol g’oyasining demokratik jarayonlar bilan chambarchas bog’langan jiddiy tushuntirish ishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, shaxs faoliyati ko’p qirralidir. Bu qirralar rivojlanishi uning etuk xodim sifatida shakllanishiga yordam beradi. Shu qirralardan biri shaxsning demokratiya to’g’risidagi bilimidir.
«Demokratiya» so’zi va uning jamiyatda tutgan o’rni qadimiy bo’lsa ham, shaxs uchun “yangi”dir. Inson alohida muhitda shaxs bo’lib shakllanmaydi, balki ota-ona tarbiyasi, bolalar bog’chasi, maktab, o’quv yurti va jamoada tarbiyalanadi. Shu sababli u demokratik jarayonlarga har xil holatda duch keladi va undan o’ziga xulosa qila boshlaydi.
Demokratiya va milliy istiqlol g’oyasining shaxsda shakllanishi juda murakkab kechadi. Chunki, u o’zining qadr-qimmatini yuqorida ko’rsatilgan atrof-muhitdan kelib chiqib anglay boshlaydi. O’z qarashlarini, his-tuyg’ularini shakllantiradi. Burch va mas’uliyatini sezadi. Demak, shaxsiy manfaatni milliy istiqlol g’oyasi bilan aloqada ekanligini jonli qilib tushuntirish esa murabbiy o’qituvchining asosiy vazifasi bo’lishi lozim. Buning uchun u huquqiy jihatlarni chuqur o’rgangan bo’lishi kerak.
“… Aholiga chuqur huquqiy bilim berishni yo’lga qo’yish, bu orqali huquqiy madaniyatning yuksalishiga erishish, boshqacha aytganda, tom ma’nodagi huquqiy ongni shakllantirish talab etiladi. Bu jamiyatning to’g’ri, demokratik yo’ldan rivojlanishi uchun zarurdir. Chunki, huquqiy tafakkur shakllanmasa, turli xil nomutanosibliklar kelib chiqadi”1 yoki Ta’kidlash lozimki, ko’pgina kishilar hozirgi kunda ham demokratik jarayonlar, huquqiy qonunlar asosida shakllanishini yaxshi tushunib etmayotirlar. Natijada, ba’zida jamoada ishlaydigan rahbariyat bilan shaxslar o’rtasida kelishmovchiliklar ham ro’y berib turibdi. Shu sababli, “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari” dan dars beruvchi barcha o’qituvchilarning o’zlari ham huquqiy qonunlarni mukammal bilishlari, “men huquqshunos emasman”, deb turmasdan, har bir darsdayoq imkoniyat va zaruriyat bo’lganda tinglovchilarga huquqiy bilimlarni ham qisman bo’lsa-da etkazishlari lozim. Bu vazifani bajarish fidokorlikni, ijodiy yondashishni talab etadi. O’qituvchining o’zi milliy istiqlol g’oyasi uchun jonkuyar bo’lmasa maqsadga erishib bo’lmaydi. Aks holda davr talabi-demokratik jarayon ham amalga oshmaydi. Binobarin, shaxs hayotda, ishlab chiqarishda qatnashishi natijasida ko’p narsa va hodisalarni hal eta oladi.
Zero, milliy istiqlol g’oyasining hayotga tatbiq etilishi va demokratik tamoyillarni amal qilishi, davlat, jamiyat, fuqarolarning o’zaro munosabatlaridagi qonuniylikka asoslanadi. Bu uch sub’ektning manfaatlari o’zaro mos tushgandagina osoyishtalik va barqarorlik, farovonlik amalga oshadi. O’quv jarayonida yoshlarga ana shu xususiyatlar turli yo’llar bilan singdirila borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda milliy istiqlol g’oyasi tamoyillaridan foydalanib, demokratiyaning turli jarayonlari singdirilishi yaxshi samara beradi. U Konstitutsiya bilan ham bog’lanishi zarur. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy xususiyati ham shundaki, unda yuqoridagi sub’ektlar ham ustuvor yo’nalishlar qilib belgilangan. Shunday ekan, bu sub’ektlarning burch va mas’uliyatlari ham mavjud. Har bir fuqaro o’zining burchini yaqqol anglashi lozim. Masalan, ijtimoiy guruh sifatida talabalarning faoliyatini oladigan bo’lsak, talabalar ham o’z huquqlariga, ya’ni bepul va pulli o’qishi, erkinligi, yotoqxonalardan foydalanishi, saylovlarda qatnashishi, boshqaruvda ishtirok etishi, uyushma, partiya va boshqa tashkilotlarga kirishi, dam olishi, xohlagan diniga e’tiqod qilishi, mehnat qilishi, taklif va shikoyat qilishi, kutubxonalardan, jamoat joylaridan foydalanishi, tazyiqlardan muhofaza qilinishi va boshqalarga ega. Ularning burchlari esa ko’proq vijdon amri bilan bog’liqdir. Binobarin, milliy istiqlol g’oyasini tushunib etish ham talabaning burchidir. Ammo, burch elementlarini, mas’uliyat jarayonlarining shakllanishini talabaning shaxsiy ishidir, deb qo’yish ham o’rinsizdir. Kundalik faoliyatda har bir o’qituvchi tomonidan bu burch va mas’uliyatlar ma’lum imkoniyatlar topib “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” darsining muammolarini o’tayotganda talabaga ko’proq tushuntirilishi, ongiga singdirilishi lozim.
Har bir oliy o’quv yurti talabasining burchi ˙ bilim maskani nufuzi uchun kurashish, bilim maskanidagi nojo’ya bo’ladigan harakatlarga loqayd bo’lmasligi, bilim yurtining asbob-uskunalari, laboratoriya jihozlarini ko’z qorachig’idek saqlashi, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishi, jamoat joylarida tartibni saqlashga ko’maklashishi kabilardir. O’z navbatida bular ham milliy istiqlol g’oyasini hayotga tatbiq etishning elementlaridir. Garchand burch va mas’uliyat qonunlarda qat’iy ko’rsatilgan bo’lmasa ham, aslida bularga rioya qilish talabaning keyinroq etuk shaxs bo’lishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Burch deganda, faqat yuqoridagi sohalar bilan cheklanib qolinmaydi. Jumladan, talabaning yotoqxona, fakultet, yoki akademiya institut miqyosida bo’ladigan jamoat ishlarida qatnashishi, shu joylarni bezatishda ishtirok etishi, shahar va Respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda (talab etilganda) hozir bo’lishi kabilar ham talabada ijobiy xislatlarning jumladan, milliy istiqlol g’oyasining shakllanishiga yordam beradi.
Fuqaroning shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradigan omillar turlichadir. Bular quyidagilardan iborat:
• fuqarolarga qonuniy hujjat va me’yorlarni “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” doirasida o’rgatish;
• urf-odatlar, qadriyatlar, allomalar fikrlarini tushunarli qilib singdirib borish;
• milliy burch tafakkurining dunyoviy burch tafakkuri bilan bog’liqligini uqdirish;
• o’tiladigan dars va suhbat, muloqotlarda fuqaroning burch hamda mas’uliyatlarini jonli tarzda ko’rgazmali qilib tushuntirish. Bunda “Ma’naviyat” nashriyotidan chiqarilayotgan ko’rgazmali qurollardan foydalanish;
• burch va mas’uliyat haqida referat mavzularini tayyorlash hamda tegishli paytda fuqarolarga tarqatish, ulardan shu sohada referat yozishni talab qilish;
• jamiyat tarixida fuqarolar burchi va mas’uliyatlarini solishtirgan holda, ularni o’zgaruvchanligiga diqqatni tortish;
• burch va mas’uliyatning milliy istiqlol g’oyasini shakllanishi va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini eslata borish;
• shaxsiy manfaat bilan jamoat manfaatlarining mushtarakligi haqida suhbatlar o’tkazish, shu sohada yozilgan asarlar, yaratilgan filmlar tavsiya etish va boshqalar.

Bu omillar umuman shaxs faoliyatida demokratik jarayonni shakllantirishda ummondan bir tomchi xolos. Lekin ushbu omillar bilan qonunlar o’rganilishi, ularning ustuvorligini ta’minlanishi amalga oshirilsa, nur ustiga a’lo nur bo’ladi. Ayni paytda jamiyatimizni demokratlashtirish fuqarolar faoliyatiga ham bog’liqdir. Fuqarolar jamiyatdagi turli sohadagi xodimlardir. Taraqqiyotni esa shu xodimlar harakatga keltiradi. Xodimlarda milliy istiqlol g’oyasining shakllanishi hamda huquqiy madaniyat va burch, mas’uliyat birlashmasi jamiyatning olg’a qarab siljishi murakkab kechadi. Chunki, erkin shaxsni tarbiyalash bozor munosabatlari bilan ham bog’liqdir. O’z navbatida bozor munosabatlari yangi ijtimoiy munosabatlarni paydo qiladi. Shu sababli, fuqaro shaxsini takomillashtirishda olib borilayotgan tarbiyaviy-amaliy, o’quv-metodik ishlarining samaradorligiga har bir rahbar, mutasaddi-o’qituvchi, murabbiy, tarbiyachi, oliygohlar rahbariyati e’tiborini jiddiy tortish lozim. Tarbiya barchaning mas’uliyatidir. Zero, I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, har qaysi fuqaro, har bir talaba “shu davlat, shu jamiyat menga nima berdi”–deb emas, balki, “men o’zim Vatanimga, el-yurtimga nima berdim?”,-deb o’ylash bilan yashaydigan fuqaro va talabani tarbiyalashimiz buyuk davlat qurishimizdagi muhim jihatdir.


11 И. А.Каримов. Миллий истиқлол мафкураси-халқ еътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т.: “Ўзбекистон”, 2000, 26-бет.



11 И.Каримов. Озод ва обод Ватан, эркин ва фарован ҳаёт провард мақсадимиз. 25-бет.



11 Каримов А. Маънавиятнинг иқтисодий тамойиллари. Т., “Маънавият”. 1999 йил. 28-бет.



11 Воронцов В.Л. Тафаккур гулшани Т.: «Адабиёт ва санъат", 1981, 502-бет.



11 И.А.Каримов. Хавфсизлик ва барқарор тараққиёт йўлида. 6-том. Т.: 1998, , 26-бет.





http://fayllar.org
Yüklə 112,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin