Mashg`ulotning mavzusi: Echki haykalini yasash.
Mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilarni loy (plastilin)ning xususiyatlari bilan tanishtirish. Alohida-alohida bo`laklarga bo`lib dumaloqlash, g`ildiratish yo`li bilan ishlov berishga o`rgatish. Hosil qilingan bo`laklarni yig`ish, echki o`yinchog`i namunasi, suvli idish. Xalq hunarmand ustalari yasagan o`yinchoqlar namunasi.
Mashg`ulotning borishi. Bu haykaltaroshlik mashg`uloti o`quvchilar uchun birinchi bor o`tkazilayotganligi uchun o`qituvchi mashg`ulotning boshlanishida loy va plastilinning ahamiyati, o`ziga xos xususiyatlari, ularga ishlov berish usullari haqida so`zlab beradi. O`quvchilarning tushunchalari yanada aniqroq bo`lishi uchun loyga dumaloqlash, g`ildiratish, siliqlash orqali ishlov berish usullarini amaliy ravishda ko`rsatish tavsiya etiladi. O`quvchilar ham o`qituvchi bilan birgalikda yaxlit loy bo`lagidan katta va kichik bo`lakchalar ajratib olishi, ularning har biriga dumaloqlash, g`ildiratish orqali ishlov berish usullarini bajarib boradilar. Bu tayyorgarlik bosqichini o`quvchilar yaxshi o`zlashtirib olganlaridan so`ng, o`qituvchi “Echki” o`yinchog`ini yasash tartibini bolalarga tushuntirib beradi. Savol-javob yordamida echkini yasash tartibi, uning tashqi tuzilishi, xatti-harakatlari aniqlanadi. Uning tanasi, oyoqlari, dumi, qulog`i va hokazolar uchun loy bo`lakchalarini yaxlit loy bo`lagidan ajratib olish taklif etiladi. Bunda o`quvchilar har bir tana a`zosi uchun sarflanadigan loy bo`lagini ko`zda chamalangan holda ajratib olishlari kerak.
Bu tashkiliy ishlar tugagach, o`quvchilar har bir bo`lakka ishlov berishga o`tadilar. Echki o`yinchog`ini yasashda uning umumiy tanasi o`ziga xos xarakterli ko`rinishga ega ekanligini unutmaslik lozim. Shuning uchun ham o`qituvchi ko`proq o`quvchilarning diqqatini ana shunga qaratishi lozim bo`ladi. Kattaroq g`o`lacha ko`rinishida yasalgan bo`lakning bir tomoniga “silliqlab cho`zg`ilash” usuli bilan ishlov beriladi. Echkining bosh qismini hosil qilish uchun bo`yin sifatida qoldirilgan bo`lakning bir uchi pastga qarata egib qo`yiladi. So`ng echkining oyoqlari tanaga biriktirilib, ulangan joyi yaxshilab silliqlanadi. Tana va oyoqlariga kerakli shakl berilganidan so`ng echkining yuz qismi, soqollari ishlanadi, dumi o`rnatiladi. Odatda echkining oyog`i juda ingichka bo`ladi. Uning o`yinchoq haykalini yasashda shartli ravishda oyoqlari yo`g`onroq qilib olinadi.
O`qituvchi parta oralab yurib, bolalarning ishlariga yordamlashib, kerakli yo`l-yo`riqlar beradi.
Mashg`ulot nihoyasida barcha o`quvchilarning bajargan haykalchalari birgalikda tahlil qilinadi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, boshlang`ich ta`limda o`quvchilarning, qolaversa, barkamol avlodning tarbiyasida mehnatning, shu jumladan, mehnat ta`limi darslari hamda mashg`ulotlarining ahaniyati juda salmoqlidir. Ana shu darslarni davr talabi darajsida tashkil etish uchun har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi bu fanning DTS va dastur talablari, ko`rsatmalarini mustahkam o`rganib, mashg`ulotlar davomida yasaladigan, tayyorlanadigan, bajariladigan har bir narsaning, buyumning texnologiyasini, usullarini bilishi zarur. Shu bilan bir qatorda, o`qituvchi muntazam o`z ustida ishlab, milliy hunarmandchilik vakillari maslahatlari bilan o`z kasbiy malakasini, mahoratini oshirib bormog`i lozim.
Adabiyotlar:
1.Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. To`plam. - Toshkent: “Sharq”, 1997. – 64 b. To`plamdan joy olgan quyidagilar:
1)Shu mavzudagi I.A.Karimovning nutqlari;
2)“Ta`lim to`g`risida”gi qonun;
3)Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
2.Ta`lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish borasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning fikr va mulohazalari. // Barkamol avlod orzusi. To`plam. – T.: “Sharq”, 1999, B. 49-85.
3.O`zbekiston Respubliyasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish yuzasidan hukumatimiz tomonidan qabul qilingan me`yoriy hujjatlar to`plami. – Samarqand: VPJ, 1999. – 112 b.
4.Yo`ldoshev J.G`. Malaka oshirishning nazariy va metodologik asoslari (yoxud o`qituvchi bo`lish osonmi?). – T.: “O`qituvchi”, 1998. – 208 b.
5. www.ziyonet.uz
6. www.nur.uz
Dostları ilə paylaş: |