Mavzu: Moddaning saqlanish qonuni va uning yaratilishidagi olimlarning tajribalari.
Reja:
1.Massaning saqlanish qonuni.
2. Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning umumiy massasi.
3. Kimyoviy reaksiyalarda atomlar.
Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning
umumiy massasi reaksiya mahsulotlarining
umumiy massasiga teng.
A.Lavuazye bu qonun asosida muhim xulosa chiqarib, reaksiyada qatnashayotgan har bir element atomi massasi
reaksiya davomida
o’zgarmasligini
ta’kidlagan.
Juda ko’plab kimyoviy reaksiyalarning amalga oshirish shart-sharoitlari o’rganilganda
reaksiyaga kirishayotgan moddalar massasi reaksiya
mahsulotlari massasiga
miqdoran teng bo’lishi
aniqlangan.
Bu kabi hodisalarni ulug’ ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa mutafakkirlar tajribaxonlarida og’zi payvandlangan idishlarda olib
borgan qizdirish ishlarida kuzatishgan .
Kimyoviy reaksiyalarda atomlar yo’qolib ketmaydi,
yo’qdan bor bo’lmaydi, atomlarning umumiy soni
o’zgarmaydi.
Har bir atom massasi kimyoviy reaksiyalarda
o’zgarishsiz qoldi.
Bu esa kimyoviy reaksiyalarda bir element
atomining boshqa element atomiga aylanib
ketmasligini bildiradi.
Shunday qilib, tabiatning asosiy qonunlaridan
biri-- massaning saqlanish qonuni ochilgan.
1748-1760-yillarda rus olimi
M.V.Lomonosov ham og’zi payvandlangan kolba- retortada tajriba olib borib, bu hodisani izohlashga harakat qilgan.
1772-1789- yillarda fransuz olimi A.Lavuazye ham yopiq idishga olib borilgan tajribalarda umumiy massa o’zgarmasligini kuzatgan va bu o’ziga xos yangilik-- yangi qonun ekanligini tushunib yetgan.
Yer qa’ridan temir rudalari qazib olinib, zaruriy buyumlar tayyorlanganda sayyoramizdagi temir atomlari soni kamaymaydi, balki bir ko’rinishga
o'tadi.
Masalan, temirdan yasalgan buyumlar zanglaydi, natijada sarflangan temirning 50% ini ham qaytarib
olish imkoni bo'lmaydi.
Albatta, zarur energiya sarf qilib, had qanday kimyoviy o’zgarishlarni amalga oshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |