Kichik guruhda bolalarni buyumlarning miqdor, kattaliklari bilan tanishtirish
Miqdor, kattalik. Bolalarga predmetlarni katta-kichikligi bo‘yicha guruhlarga ajratishni, bir turdagi predmetlardan guruh tuzishni, “kattakichik”ligini taqqoslab aniqlashni o‘rgatish. “Katta”, “kichik” so‘zlarining ma’nosini tushuntirish.
Keskin farq qiluvchi va bir xil o‘lchamdagi ikki predmetning balandligi va eniga ko‘ra qiyoslash hamda qiyoslash natijalarini “baland”, “past”, “bir xil” so‘zlari bilan belgilab aytishni o‘rgatish.
Predmetlarning o‘lchamini aniqlashda ajratilgan belgilari (“uzun-kalta”, “tor-keng”) bo‘yicha qiyoslab, ustiga va yoniga qo‘yish usullaridan foydalanishni o‘rgatish.
Kattalik. Kichik guruhda tarbiyachi bolalarga uzunligi, kengligi, balandligi, shuningdek, kattalik bo‘yicha butunlay keskin farq qiluvchi buyumlarni (tasmalar, qog‘oz, karton poloskalari, brusoklar va b.) taqqoslashni o‘rgatadi. Buyumlarning o‘lchamlari bo‘yicha nisbatlarini aniq so‘zlardan foydalanib ifodalashga o‘rgatadi: uzun-qisqa, uzunlikdari bo‘yicha bir xil (teng); keng-tor, kengligi bo‘yicha bir xil (teng) baland-past, balandligi bo‘yicha bir xil(teng); ortiq-kam, miqdori bo‘yicha bir xil (teng).
Bunday taqqoslash uchun avval bir-biridan kattaligi bo‘yicha biror alomatiga ko‘ra farq qiluvchi buyumlar, masalan, kengligi jihatdan bir xil, bir xil rangli, bir xil materialdan tayyorlangan, uzunliklari bo‘yicha bir xil bo‘lgan lentalarni berish mumkin. Bir lenta ikkinchisidan biroz uzunroq (qisqaroq) bo‘lishi kerak. Bu bolalarning buyumlardagi masofa elementlarini ajratib yordam beradi.
O‘rta guruhda bolalarni buyumlarning miqdor,kattaliklari bilan tanishtirish
Dostları ilə paylaş: |