Reja: Mehnat bozori shakllanishining mintaqaviy xususiyatlari


Yo’l-transport kommunikatsiyalari rivojlanishidagi hududiy xususiyatlar



Yüklə 246,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix18.05.2023
ölçüsü246,44 Kb.
#116607
1   2   3   4   5
Mintaqalarning mehnat resurslari

Yo’l-transport kommunikatsiyalari rivojlanishidagi hududiy xususiyatlar.
O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri transport sohasi 
hisoblanadi. Transport iqtisodiyotning ijtimoiy va moddiy ishlab chiqarish 
tarmog’i bo’lib, iqtisodiyot real sektorida ishlab chiqarilgan yuklarni, 
shuningdek, yo’lovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat 
hududlari o’rtasida, korxonalar va iqtisodiyot tarmoqlari o’rtasida ayirboshlash 
va kommunikatsiyani ta’minlaydigan sohadir.
O’zbekiston iqtisodiyotining jahon hamjamiyatiga jadal va samarali 
integratsiyalashib borishida transport sohasi faoliyatining ta’siri yuqori 
baholanadi.
Mamlakat transport tizimining rivojlanishiga bir qancha ichki va tashqi 
omillar ta’sir ko’rsatadi. Ularga tabiiy-geografik sharoit, yer yuzasining 
tuzilishi, hududning o’zlashtirilganlik darajasi, aholi manzilgohlari orasidagi 
masofa, hudud tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasi, hududning 
xalqaro transtuzulmalaridagi o’rni va boshqalarni kiritish mumkin.
Transport sohasi ham funktsional vazifalariga ko’ra yer usti va yer osti 
transportiga ajratiladi.
Yer usti transporti o’z navbatida temir yo’l, avtomobil, quvur transporti, 
suv transporti (dengiz va daryo transporti), havo transportiga (aviatsiya) 
ajratiladi.
Yer osti transporti bu metropoletin tizimi bo’lib, uning iqtisodiy 
ahamiyati asosan passajir tashish oborti bilan belgilanadi. Shu bois, transport 
tizimi iqtisodiy ahamiyatiga ko’ra yuk va yo’lovchi transportiga ajratilib 
o’rganiladi.
Hududiy xarakteriga ko’ra ichki va xalqaro transport yo’nalishlari ajratiladi.
Foydalanish darajasiga ko’ra umumiy foydalaniladigan va umumiy 
foydalanilmaydigan transport turlariga bo’linadi.


Umumiy foydalaniladigan transport turi iqtisodiyotning va aholining o’z 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanadigan transportdir.
Umumiy foydalanilmaydigan transportga maxsus transport turlariga 
alohida olingan tarmoq, korxona hududida xizmat ko’rsatadigan transport 
turlari kiritiladi.
O’zbekistonda transport turlari orasida yetakchi va muhim o’rinni temir 
yo’llar egallaydi. Mamlakatda tashiladigan yuklar-ning 66 foizi temir yo’l 
zimmasiga to’gri keladi. Eksport va import qilinadigan yuklarning qariyb 80 
foizi ham temir yo’l transporti orqali amalga oshiriladi. Ushbu yo’l yordamida 
tashilgan yo’lovchilar soni 15 mln kishini tashkil etadi.
Temir yo’l transportining boshqa transport turlariga nisbatan afzalligi 
atrof muhitga kam zarar yetkazadi, uning yuk va yo’lovchilar tashish qobiliyati 
juda yuqori bo’lib, muntazam ravishda harakatda bo’ladi.
Temir yo’llarning yillik yuk aylanmasi 28428,0 mln. tonna-kilometr, 
yo’lovchi aylanmasi 4,2 mln. yo’lovchi-kilometrni tashkil etadi.
Temir yo’llarda yuk tashishning tannarxi avtomobillarga yuk tashishga 
nisbatan 35 marta, havo transportiga qaraganda esa 1215 marta arzon tushadi.
Mamlakatimizda ilk temir yo’l 1888 yilda kurilgan. Bugungi kunda temir 
yo’llarining umumiy uzunligi 6700 km bo’lib, uning 4201,7 km kismi 
«Uzbekiston temir yo’llari» aktsionyerlik jamiyati tasarrufida. Shu jumladan, 
elektrlashtirilgan temir yo’llar uzunligi 587 kmni tashkil etadi.
Mustakillik 
yillarida 
223 
kilometrlik 
«Toshguzar–Boysun–
Qumqo’rg’on» yangi temir yo’l liniyasi, 342 kilometrlik «Navoiy–Uchquduq–
Sulton Uvaystog’– Nukus» temir yo’l liniyasi ishga tushirildi.

Yüklə 246,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin