Mikro protsessirli boshqariladigan elektr yurtmalarda axborot almashinuvi tashkil etish
2. Kommunikatsiyalar. Kommunikatsiya axborot almashuvidir. Bu axborot asosida rahbar kerakli qarorlar qabul qilish uchun zarur ma’lumotlar oladi, so’ngra ularni xodimlarga yetkazadi.
Rahbar faoliyati samarali axborot almashuvini talab etadi. Agar odamlar axborot almasha olmasa, ular birga ishlay olmaydi, maqsadlarini shakllantira olmaydi.
Rahbar o’z vaqtining 50%dan 90%gachasini kommunikatsiyaga sarflaydi, chunki axborot almashuvi boshqaruv faoliyatining barcha asosiy turlariga singib ketgan. Axborot almashuvining sifati boshqaruv qarorlarini bajarish darajasiga bevosita ta’sir qiladi.
Kengash, xizmat qog’ozlari, telefon muloqotlari, rasmiy hisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suhbatlar kabi kommunikatsiya vositalarini qo’llash, oxir-oqibat ko’pgina masalalarni hal qilish imkonini beradi. Korporatsiyalar tashqi muhit bilan muloqot qilish uchun turli-tuman vositalardan foydalanadi. Ular mavjud iste’molchilar bilan reklama, shuningdek, tovarni bozorda sotishning boshqa dasturlari yordamida muomala qiladi.
Axborot korporatsiya ichida vertikal kommunikatsiyalar doirasida bosqichdan-bosqichga o’tadi. U pastlovchi chiziq bo’ylab berilishi (uzatilishi) mumkin, ya’ni oliy bosqichdan quyi tomon ( masalan, korxonaning ishlab chiqarish bo’limi sex boshlig’iga biror mahsulotni ishlab chiqarish muddatini aytadi, u esa uchastga boshlig’i yoki ustaga topshiriq beradi) yoki yuqorilovchi chiziq bo’ylab beriladi (masalan, uchastka boshlig’i sex boshlig’ini mahsulotning tayyorlanishi haqida xabardor qiladi, u o’z navbatida, bu haqida ishlab chiqarish boshlig’ini xabardor qiladi, u esa korxona direktoriga xabar beradi). Axborotni quyi bosqichdan yuqoriga berish mehnat unumdorligiga ta’sir qilishi mumkin.
Vertikal kommunikatsiyalardan tashqari korxonada gorizontal kommunikatsiyalar ham mavjuddir. Korporatsiya funksional bo’limlar, sexlar va boshqa bo’linmalardan iborat bo’ladi, ular o’rtasida axborot almashinuvi uning faoliyatini muvofiqlashtirish uchun zarur. Masalan, bazaviy texnologiya asosida korporatsiya turli mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, shu sababli marketing bo’limi orqali bozorda nima xaridorgir ekanligi haqida axborot olib turish juda muhim. Bu korxonaga iste’molchi bilan hamkorlikni mustahkamlab, ular talablarini vaqtida bajarish imkonini beradi.