Metaforalarning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi
Ko‘chma ma’no biror so‘z leksik ma’nosi referenti bilan obyektiv
borliqdagi narsa, voqelik, harakat, holat, belgi yoki sezgi kabilardan biri
aloqador yoki munosabatda bo‘lganligi uchun, uning nomida atalib ketishi orqali
yuzaga keladi. Ya’ni so‘z leksik ma’nosi ikkinchi bir leksik ma’noni hosil
qiladi. Shu sababli keyingi leksik ma’no metafora deb ataladi.
O‘zbek tilshunoslari ko‘chma ma’no yuzaga kelishini tasnif qilishda
asosan A.A.Reformatskiy bilan hamfikrlik qilganlar. Faqat uch darslik
mualliflari farqli qarash bilan chiqqanlar. R.A.Bigayev va P.A.Danilovlar
o‘zlarining hamkorlikdagi darsliklarida ko‘chma ma’no yuzaga keltiruvchi
hodisalarning hammasini metafora deb ko‘rsatganlar8
. O.Azizov9
sinekdoxani
metafora tarkibiga kiritish bilan yuqoridagilardan farqlanadi . Y.Pinxasov10 o‘z
darsligida vazifadoshlikni tilga olmaydi.
O‘zbek tilshunosligida ko‘chma ma’nolarni o‘rganish bo‘yicha prof.
M.Mirtojiyev va I.Shukurov, Z.Tohirov, D.Xo‘jayeva; shuningdek, prof.
Sh.Rahmatullayev va R.Yunusovlar chuqur ilmiy tadqiqot ishlarini olib
bordilar. M.A. Hamroyev11
, H. Jamolxonov12, R. Sayfullayevalar13 o‘zlarining
o‘quv qo‘llanmalarida ma’no ko‘chishini to‘rt guruhga bo‘lganlar. Ko‘chma
ma’noning keng tarqalgan turi metaforadir. O‘zbek tilida metafora leksik ma’no
taraqqiyot yo‘llaridan biri sifatida qaraladi hamda ko‘chimning o‘xshashlikka
asoslangan turi sifatida baholanadi. Sh.Rahmatullayev metafora ko‘chimning
boshqa turlari bilan sinkretik ishlatila olish imkoniyatiga e’tibor qaratadi:
metaforik-funksionallik, metaforik-metonimiya, metaforik-sinekdoxa va hokazo.
Samolyotning qanoti metaforik birikmasida qush qanotiga, nafaqat, vazifa, balki
shakl jihatidan ham o‘xshaydi.
Shundan kelib chiqib, metafora yo‘li bilan ko‘chirishning quyidagi
ko‘rinishlarini ajratadi:
1. Bir predmetning nomi boshqa bir predmetga shakliy o‘xshashlik asosida
ko‘chiriladi: og‘iz- (odamning og‘zi) – og‘iz- (shishaning og‘zi), qo‘ltiq-
(odamning qo‘ltig‘i) - qo‘ltiq- (dengizdagi qo‘ltiq), tish- (odamning tishi) – tish-
(arraning tishi), etak- (kiyimning etagi) – etak- (tog‘ning etagi) kabi. Bunday
ko‘chirish natijasida ba’zan zid ma’no ham tug‘ilishi mumkin. Masalan, boshleksemasining birinchi ma’nosidan metafora yo‘li bilan ko‘chirish asosida
“ibtido”, “muqaddima” ma’nosi hosil bo‘lgan: maqolaning boshi kabi. Bundan
tashqari, “oxir”, “xotima” ma’nosi ham o‘sib chiqqan: boshi berk ko‘cha kabi.
Bir leksemaning bunday zid ma’nolarni anglatishi hodisasi enantiosemiya
deyiladi (yunoncha en- “yaqin”, anti- “qarshi”). Yana qiyoslang: Koridorning
u boshidan bu boshigacha stullar qo‘yilgan. Bu jumlada bosh leksemasi
umuman tomon ma’nosiga ega bo‘lib qoladi.
2. Bir predmetga (ba’zan harakatga) xos belgining nomi boshqa bir
predmetdagi belgiga ko‘chiriladi: achchiq- (achchiq qalampir-) – achchiq-
(achchiq gap), to‘g‘ri- (to‘g‘ri chiziq) – to‘g‘ri- (to‘g‘ri gap), jonli- (jonli
tabiat) – jonli- (jonli suhbat), tez- (tez yur) – tez- (tez odam) kabi. Bir predmet
nomini boshqa bir predmetga belgi sifatida ko‘chirish ham mavjud: tosh- (qattiq
jism) – tosh nok- (“qattiq”), oltin- (qimmatbaho ma’danning nomi) – oltin
yaproqlar (sap-sariq) kabi. Bunda narsaning nomi belgini anglatib keladi.
Yuqoridagi misollarda esa belgining nomi bir predmetdan boshqasiga
ko‘chiriladi.
3. Bir predmetga xos harakatning nomi boshqa bir predmetning harakatiga
ko‘chiriladi: savala- (nimani) - savala- (kimni), cho‘k- (cho‘kkala-) - cho‘k
(imoratning cho‘kishi) - cho‘k (odamning qariganda cho‘kishi), o‘l (jonlilarda
hayotning tugashi) - o‘l (o‘simlik palagining so‘lishi, qurishi) kabi.
Shu sababali bu kabi holatlarni funksional-metaforik ko‘chirish desa
bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligida komponent-semantik tahlilga e’tibor rivojlana
boshlagach, metafora tabiatini o‘rganishga ana shu tahlil usullarini tatbiq etishga
intilishlar yuzaga kela boshladi. Shu xil yo‘nalish namoyondalaridan biri
Z.Tohirov metaforani leksema sememasining pragmatik semasi sifatida
baholaydi. Shuningdek, metafora va o‘xshatish orasidagi farqni uslubda,
shakldagina ko‘radi.
Ilmiy adabiyotda metaforani asosan til va nutq hodisalari sifatida ikki turga
ajratib ko‘rsatadilar. Nutq hodisasi bo‘lgan metafora, shubhasiz, nazariy
tilshunoslik uchun tekshirish obyekti bo‘lmaydi. U stilistika sohasiga oiddir. Til
hodisasi bo‘lgan metafora esa Yevropa tillariga oid ba’zi adabiyotlarda, yuzaga
keltirgan o‘xshatish belgisiga ko‘ra, bir necha turlarga ajratib beriladi.
O‘zbek tilshunosligida M. Mirtojiyev metaforani o‘xshatish belgisiga ko‘ra
uch turga ajrtadi15:
I. O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar ma’no ifoda etgan obyektlarning
o‘xshatilish holatiga ko‘ra, yuqorida qayd etilganday, uch turga: oddiy metafora,
personifikatsiya va sinteziyaga bo‘linadi.
1.Oddiy metafora ma’lum so‘zning leksisk ma’nosi ifoda etgan obyekt
o‘ziga tog‘ridan-to‘g‘ri o‘xshash bo‘lgan ikkinchi bir obyektni nomdosh qilib
olishi bo‘ladi. Shuning orqasida mazkur so‘z ikkinchi obyektni ham ifoda
etuvchi ko‘chma ma’no orttiradi. Bu obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik ularning
sirtqi belgisi, harakat va holat xususiyati, vazifasi kabilarga asoslanadi. Masalan,
darvoza so‘zi qurilishga oid bir tushunchani ifoda etadi. Sportga oid, to‘p va
shayba kiritish uchun mo‘ljallangan qurilma ham mazkur tushunchaga sirtqi
belisi va vazifasiga ko‘ra o‘xshash bo‘lganligi uchun, uni darvoza so‘zi bilan
atab yuborilgan. Natijada darvoza so‘zi mana shu atash hisobiga ko‘chma ma’no
hosil qilgan.
Oddiy metafora, ot turkumidan tashqari, fe’l va sifat turkumiga oid
so‘zlarda ham uchraydi. Masalan, Qizim, dadang, enang, hasratingda kuyib bitdi
(Oybek). Barnoning yonidagi bitta-yu bitta bo‘sh stolni ko‘rsatib dedi (O.
Yoqubov) gaplaridagi bitmoq fe’li va bo‘sh sifatining ma’nolari oddiy metafora
natijasida hosil bo‘ladi.
2. Personifikatsiya ma’lum so‘zning leksik ma’nosi ifoda etgan jonli
obyekt o‘ziga qiyoslanib, o‘xshatilib qaralgan jonsiz obyektni nomdosh qilib
olishi bo‘ladi. Mazkur jonli va jonsiz obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik ham
sirtqi belgi, harakat va holat xususiyati, vazifasi kabilarga asoslanadi. Ammo bu
o‘xshashlik nomdosh bo‘lib olgan obyektga jonli holat baxsh etish orqali yuzaga
chiqadi. Masalan, dam so‘zining leksik ma’nolaridan biri nafasni ifoda etgan.
Bu so‘z nafasga sirtqi belgisi o‘xshash bo‘lganligi uchun quyosh tafti, haroratini
ham ifoda etadigan bo‘ldi. Natijada dam so‘zi ko‘chma ma’no hosil qildi.
Masalan, Quyosh damini g‘ir-g‘ir esgan shamol kesar edi (Oybek).
Personifikatsiya, ot turkumidan tashqari, fe’l va sifat turkumiga oid
so‘zlarda ham uchraydi. Masalan, Qiz sho‘rlikni dard yedi, dardga qo‘ygan kim
edi (qo‘shiq). Nimrang – beor tok, qo‘lga ham chidamli bo‘ladi (R.
Musamuhamedov) gaplaridagi yemoq fe’li va beor sifatining ma’nolari
personifikatsiya natijasida hosil bo‘lgan.
3. Sinesteziya ma’lum so‘zning leksik ma’nosi ifoda etgan obyekt boshqa
sezgi orqali his etiladigan ikkinchi bir obyekt (kishi subyektining
umumlashtirishida o‘ziga o‘xshash bo‘lgani uchun) nomdosh qilib olishidir.
Buning orqasida mazkur so‘z ikkinchi obyektni ham ifoda etuvchi ko‘chma
ma’noga ega bo‘ladi. Masalan, mayin so‘zining leksik ma’nolaridan biri
paypaslab, ushlab ko‘rish orqali his etiladigan belgini ifoda etadi. Tovushning
ohista va yoqimlilik belgisini ifoda etuvchi ko‘chma ma’no esa mazkur
ma’nodan hosil bo‘lgan. Bu belgilar subyektiv o‘lchov, sezgiga ta’sir etishi
nuqtayi nazaridan umumlashtirilgan va o‘zaro o‘xshatilgan. Masalan, Faqat
suvning mayin jildirashi eshitiladi (S. Zunnunova).
Sinesteziya sifat, ot, fe’l va ravish turkumiga oid so‘zlarda uchraydi.
Demak, oddiy metaforada belgilariga qarab oddiy qiyoslash,
personifikatsiyada jonlantirish natijasida qiyoslash, sinestaziyada esa subyektiv
holatda qiyoslash o‘xshatish uchun asos bo‘ladi.
II.O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar o‘zi hosil qilgan ko‘chma
ma’noning ekspressiv-stilistik bo‘yoqqa egaligiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1.Ekspressiv-stilistik bo‘yoqsiz metaforalar natijasida hosil bo‘lgan
ko‘chma ma’nolar sof tushunchani, ya’ni obyektni ifoda etish bilangina
cheklanadi. Masalan, gul so‘zida ekspressiv-stilistik bo‘yoqsiz ko‘chma ma’no
hosil bo‘lgan, uning “o‘simlik jinsiy a’zosi” leksik ma’nosidan “kashtachilik
buyumlaridagi bezak” ko‘chma ma’nosi hosil bo‘ladi. Bu ma’no obyektni ifoda
etish bilangina chegaralangan. Unda subyektiv hech narsa o‘z ifodasini
topmagan. Masalan, Mehrini esa do‘ppisining gulidan tanidi (Sh. Rashidov).
Ekspressiv-stilistik bo‘yoqsiz metaforalar sifat, fe’l va ravish turkumiga
oid so‘zlarda ham yuzaga keladi. Ko‘pchilik ishchilar, yosh shoirlar,
yozuvchilar, progressiv intelligentlar edi (Oybek). Qishloqqa qorong‘i
tushganda yetib kelishdi (A. Qahhor). Qahramonlar aslo o‘lmaydilar, ular
mangu hayot (A. Rahmat) gaplaridagi yosh, yetmoq, aslo so‘zlarining ko‘chma
ma’nosi ekspressiv bo‘yoqsiz metafora natijasidir.
2.Ekspressiv-stilistik bo‘yoqli metaforalar natijasida hosil bo‘lgan
ko‘chma ma’nolar tushuncha, ya’ni obyektni ifoda etish bilan unga nisbatan
subyektning munosabatini ham bildiradi. Masalan, dum so‘zining “imtihon yoki
topshiriq bo‘yicha qarz” ko‘chma ma’nosi ekspressiv-stilistik bo‘yoqli metafora
natijasida hosil bo‘lagan: Maktabda yurar mish-mish, Norvoyning dumi bormish
(Q.Muhammadiy).
Gul va dum so‘zlaridagi ko‘chma ma’no hosil bo‘lishi oddiy metafora
natijasidir. Oddiy metafora bo‘yoqli ham, bo‘yoqsiz ham bo‘lishi mumkin.
Ammo sinesteziya asosan bo‘yoqsiz bo‘lgani holda, personifikatsiya asosan
bo‘yoqli bo‘ladi. Chunki jonlantirish o‘z tabiati bilan subyekt munosabatlaridan
kelib chiqadi. Masalan, yemoq, dam, beor so‘zlarida sodir bo‘lgan
personifikatsiyani eslashning o‘zi kifoya.
Metafora natijasida ma’lum so‘zda ko‘chma ma’no hosil qilinar ekan, u
subyekiv maqsaddan kelib chiqqan bo‘lishi ham mumkin. Bunda hosil bo‘lgan
ko‘chma ma’no o‘zini hosil qilgan leksik ma’noning xususiyati bilan so‘zda
ifoda topadi. Mana shu ma’noning subyektiv munosabatini bildiruvchi
bo‘yog‘idir. Masalan, imtihon bo‘yicha qarzning hayvonga xos dum orqali ifoda
topishi, albatta, subyektning salbiy munosabatidan kelib chiqqan va metafora
salbiy bo‘yoqni yuzaga keltirgan.
Demak, ekspressiv-stilistik bo‘yoqli metaforalar subyektiv munosabatni
ham bildiradigan ko‘chma ma’no hosil qilishi bilan ekspressiv-stilistik
bo‘yoqsiz metaforalardan farq qiladi.
III.O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar, ma’lum so‘zning leksik
ma’nosidan qanday jarayon bilan ko‘chma ma’no hosil qilishiga ko‘ra ikki turga
bo‘linadi:
1.Lingvistik bo‘lmagan yoki nolingvistik asosli metafora biror so‘zning
ma’lum leksik ma’nosi ifoda etgan obyektga o‘xshash deb topilgan boshqa
obyektni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri atalishidir. Shu orqali mazkur so‘zda keyingi
obyektni atash hisobiga ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi. Garchi so‘z va uning hosil
bo‘lgan ko‘chma ma’nosi lingvistik fakt bo‘lsa ham, so‘zning ko‘chma ma’no
hosil qilishi uchun sabab bo‘lgan hodisa, ya’ni metafora tildan tashqarida
yuzaga keladi. Masalan, dum, gul, yosh, mayin va hokazo so‘zlarning yuqorida
keltirilgan ko‘chma ma’nosi nolingvistik asosli metafora natijasidir.
2.Lingvistik asosli metafora biror so‘zning ma’lum leksik ma’nosi ifoda
etgan obyektga o‘xshash deb topilgan boshqa obyektni ma’lum grammatik
jarayonlardan keyin atalishidir. Shu orqali mazkur so‘zda keyingi obyektni atash
hisobiga ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi. So‘z va uning hosil bo‘lgan ko‘chma
ma’nosi til fakti bo‘lishi bilan birga, so‘zning ko‘chma ma’no hosil qilishi sabab
bo‘lgan hodisa, ya’ni metafora ham til hodisasi sifatida yuzaga keladi. Ya’ni
avval o‘xshatish konstruksiyasi yoki atributiv birikma tuziladi va biror
komponent konstruksiyasi yoki birikmaning ma’nosini o‘zida saqlab qolib,
qolgan komponentlar ellipsisga uchraydi. Masalan, do‘mboq so‘zi “to‘ladan kelgan bola” ko‘chma ma’nosiga lingvistik asosli metafora natijasida ega
bo‘lgan, ya’ni bu so‘zdan avval do‘mboq bola birikmasi tuzilgan: Juvon:” Voy,
mana bu do‘mboq bolani!”-deb uning ikki lunjidan qisib ushladi (Y.
Shashmarov). Keyinchalik birikmaning bir komponenti qisqarib, butun ma’no
do‘mboq komponentida saqlanib qolgan: Qo‘zichog‘im, sho‘x do‘mbog‘im,
sevikli o‘g‘lim (Qoshiq). Do‘mboq so‘zining asl va ko‘chma ma’nolari ifoda
etgan obyektlar – o‘zaro o‘xshash.
Shuningdek, bolalamoq, ilmoq, yomon so‘zlari ham quyidagi misollarda
kelgan ko‘chma ma’nolariga lingvistik asosli metafora natijasida ega bo‘lgan:
Bilishmaydiki, pul bolalab turadi (Oybek). Binoiy so‘zni ilib ketdi (Oybek).
Yomon yo‘ldoshdan tayoq yaxshi (maqol).
Demak, lingvistik asosli metafora nolingvistik asosli metaforadan
obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlikning til fakti bo‘lgan so‘zda grammatik
jarayonlar natijasida aks etishi ekanligi bilan farqlanadi.
Xullas, lingvistik metaforalar, ularning sodir bo‘lish jarayoniga ko‘ra, asos
bo‘lgan obyektlarning o‘zaro o‘xshatilish holatiga ko‘ra va ekspressiv-stilistik
bo‘yoq bera olishiga ko‘ra tasnif qilinadi.
G. K. Qobuljonova metaforani bir necha xil belgisiga ko‘ra, bir necha xil
bosqichda tasniflaydi
.XX asrga kelib, ayniqsa, keyingi paytlarda kognitiv tilshunoslikning
shakllanishi bilan metaforaga qarash butunlay o‘zgardi, uning ko‘lami kengaydi.
Agar an’anaviy tushunishda “metafora” termini ostida bir so‘zning boshqasi
bilan almashtirilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, bugun aksariyat tadqiqotchilar
metafora tom ma’noda fundamental bilish faolyatining namoyon bo‘lishi
ekanligini e’tirof etadilar. Metafora mohiyatidagi ikkiyoqlamalikka ko‘ra bu
hodisaning ikki asosiy turi farqlanadi: lisoniy metafora va poetik(badiiy)
metafora.
2 Ma’no ko‘chish usullarini o‘rganishda xorij tajribasi
Metafora tilshunoslikning boshlang‘ich sohalaridan biri hisoblanib,
qadimdan olimlarning ulkan qiziqishiga sabab bo‘lib kelmoqda. Tabiiyki, turli
xil qarashlar yuzaga keladi va ular metaforani ritorik va kognitiv yo‘nalishlarda
talqin qilinadigan “an’anaviy” va “zamonaviy” metafora maktablariga
ajratishgan.
Ritorika yo‘nalishidagi “an’anaviy metafora” yoki “metafora ilmi” tarixi
Aristoteldan Richardsga borib taqaladi. Aristotelning “Poetika” asarida metafora
(to‘g‘rirog‘i epifora) tushunchasiga ta’rif berilgandan buyon bu hodisaga
qiziqish ortgan. O‘tgan davrlar mobaynida metaforaga ko‘plab ta’riflar berilgan
bo‘lib, shu soha bilan shug‘ullanganlarning hammasi Arastu ta’rifini yodga olib
o‘tadilar.
Aristotelning o‘zi ham bu haqda quyidagi fikrlarni e’tirof etgan: “Ko‘chma
so‘z (metafora) narsaga xos bo‘lmagan, jinsdan turga, yoki turdan jinsga, yoxud
turdan turga ko‘chirilgan yoinki o‘xshatilgan so‘zdir.
1. Jinsdan turga ko‘chirilgan so‘zlarga “Ana mening kemam turibdi”
jumlasi misol bo‘la oladi. Bu yerda umuman “turibdi” so‘zi “langarda turibdi”
xususiy ma’nosini anglatadi.
2. Turdan jinsga ko‘chirilgan so‘zlar “Minglab shavkatli ishlarni qildi
Odissey...” jumlasidagi, “minglab” so‘zi umuman “ko‘plab”ning xususiy holati
bo‘lgani uchun, bu o‘rinda, ko‘plab ma’nosini anglatadi.
3. Turdan turga ko‘chirilgan so‘zlar, masalan, “Mis bilan jonni bo‘shatib”
va “suv zarrasini charchamas mis bilan kesib”. Birinchi holda “bo‘shatib”so‘zi
“kesib” ma’nosini, ikkinchi holda “kesib” so‘zi “bo‘shatib” ma’nosini anglatadi.
4.O‘xshatilgan so‘z bu yerda men ikkinchi so‘z birinchisiga qanchalik
aloqasi bo‘lsa, to‘rtinchi so‘z uchinchisiga shunchalik aloqador bo‘lgan holni
nazarda tutaman. Shuning uchun (shoir) ikkinchi so‘z o‘rniga to‘rtinchisini yoki
to‘rtinchi so‘z o‘rniga ikkinchisini aytish mumkin. Goho bunga almashtirilgan
so‘zga aloqador bo‘lgan so‘z ham qo‘shiladi. Masalan, kosa Dionisga qanchalik
aloqador bo‘lsa, qalqon Aresga shunchalik aloqador. Shuning uchun kosani
“Dionis qalqoni” qalqonni esa “Ares kosasi” deyish ham mumkin”18
.
Arastu metaforani “g‘alati nomning yo jinsdan turga, yo turdan jinsga, yo
turdan turga, yo o‘xshashlik asosida ko‘chishidir”,-deb ta’riflaydi. Bu ta’rifda
bizga notanish tuyuluvchi “g‘alati” atamasini Arastuning o‘zi shunday
izohlaydi:
“Men ko‘p qo‘llanadigan hamma so‘zlardan boshqasini noyob so‘zlar,
metafora, cho‘zilgan va boshqa so‘zlarni “g‘alati” deb atayman”.
Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, metafora “g‘alati” nomlarning bir turi.
“G‘alati” nom esa (bu o‘rinda aynan, metaforaga nisbatan) aslida mavjud emas,
u oddiy nom natijasida hosil bo‘ldi. Demak, mohiyatan olib qaraganda, metafora
ko‘chim asosida hosil bo‘lgan g‘alati nomdir, g‘alati nomning ko‘chishi emas.
Richards o‘zining “O‘zaro munosabatlar nazariyasi ta’rif etilgan ritorika
falsafasi”19 asarida metafora mohiyatini metaforik ibora va u ishlatilgan kontekst o‘rtasidagi munosabatda o‘z aksini topadi, deb ta’kidlab o‘tgan. O‘zaro
munosabatlar nazariyasi odatiy metaforani to‘g‘ri kuzatuv natijasida yuzaga
kelgan.
An’anaviy metafora tarafdorlari aytishicha, metafora faqatgina tushuncha,
ya’ni bitta so‘zni ikkinchi so‘zga o‘zgartirish, so‘zning ta’sirini oshirish va
bezak berish uchun ko‘maklashadigan vositadir.
1980-yildan metaforani o‘rganish yangicha tus oldi. Lakof va Jonson
o‘zlarining “Biz bilan yashayotgan metafora”20 asarida tilshunoslik sohasidagi
metafora mohiyatini tubdan o‘zgartirib yuborishdi. Ularning ta’kidlashicha,
metafora poetik tasvirlash yoki ritorik bezak berish vositasi emas, balki harakat
va fikr hodisasidir.
Koveksesning fikriga ko‘ra, g‘azab, g‘urur va muhabbat konsepsiyalangan
tushunchalar hisoblanadi21. Yuqoridagi izlanishlarning barchasi metaforani
tafakkur hodisasi ekanligini ta’kidlab o‘tishgan. Jumlada, metafora- bu inson
ongi va dunyoqarashini bog‘laydigan vositadir.
So‘zning kо’chma ma’nosi yuzaga kelishini tasnif etish uchun so‘zning
hosil qiluvchi va hosila ma’no referentlari o‘rtasidagi munosabat ahamiyat kasb
etadi. Ko‘chma ma’no yuzaga kelishini turli tilshunoslar hosil qiluvchi va hosila
ma’no referentlari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra bir necha tipga bo‘ladilar.
G’arbiy Yevropa tillari tilshunoslari ko‘chma ma’no yuzaga kelishi
hodisasini uch ko‘rinishga bo‘ladilar. Fransuz tilshunosi J.Maruzoning lingvistik
lug’atida ham, nemis ensikilopedik lingvistik lug’atida ham u uchga: metafora,
metonimiya, sinekdoxaga bo‘lingan22. S.Ulman ikkiga: metafora va
metonimiyaga bo‘lib o‘rganadi.
Rus lingvistlari asosan Yevropa tillari tilshunosligiga asoslanib, ko‘chma
ma’no yuzaga kelishini tasnif qilishgan bo‘lsa ham, ko‘rinishini belgilashda
ba’zan bir, ba’zan undan ortiq farq qilishganligini ko‘rish mumkin.
http://fayllar.org