Po'lat ishlab chiqarish jarayonining cho'yan ishlab chiqarish nisbatan asosiy farqi shundaki, po'lat ishlab chiqarishda cho'yan tarkibidagi C, Si, Mn laming miqdorini havo kislorodi bilan oksidlash yo'li orqali ma'lum miqdorda kamaytirish va S bilan P ni imkoni boricha to'liqroq yo'qotish ko'zda tutiladi. Bu qo'shimchalarning po'lat tarkibida bo'lishi maqbul emas, chunki S po'latni issiqda sinuvchan (po'lat qizdirib turib mexanik ishlaganda darz ketadi), P esa po'latni sovuqda sinadigan qilib qo'yadi