Reja: Me’yoriy (normativ) xarajatlar hisobi va «standart-kost» tizimi



Yüklə 48,03 Kb.
səhifə2/6
tarix22.05.2023
ölçüsü48,03 Kb.
#119944
1   2   3   4   5   6
Me’yoriy xarajatlarning e’tiborga olinishi lozim bo’lgan quyidagicha ko’rsatkichlari mavjud:

  1. Ideal (nazariy) me’yor.

Bu ko’rsatkichlar asosan uskunalarning maksimal darajada foydali bo’lishiga asoslanadi va bunda ish to’xtamaydi, buzilish bo’lmaydi, deb qaraladi. Bunda mavjud ishlab chiqarish quvvati uchun mumkin bo’lgan xarajatlar minimal bo’lishi kerak. Byudjetni ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarish zahiralari tannarxini baholash maqsadida ideal me’yor qo’llanilmaydi, chunki amaliyotda ideal holat kam bo’ladi. Lekin, bunday me’yorlarni qo’llash, raqobat muhiti keskinlashib borayotgan va buning natijasida mahsulot sifatini uzluksiz oshirib borish talabi oshayotgan hozirgi taraqqiyot davrida, rivojlangan mamlkatlarda ko’proq ishlatilmoqda.

  1. Asosiy (birlamchi, bazaviy) meyor. Bunday ko’rsatkichning o’zgartirilishiga deyarlik ruxsat etilmaydigan – ular e’tolon sifatida belgilab olinadi. Amaliyotda juda kam uchraydi.

  2. Real me’yorlar. Bu ko’rsatkich amaliyotdagi barcha holatlarni hisobga olib tayyorlanadi va shuning uchun ham undan aksariyat hollarda samarali foydalaniladi. Bu me’yorlar o’zlarida asosli tarzda o’rtacha sharoitlarni aks ettiradi. Masalan: mehnat bo’yicha me’yoriy ish kunida tanaffus, ishlab chiqarish davomida asboblarni qayta moslash uchun to’xtatish hisobga olinadi va h.k.


Ishlab chiqarilayotgan har qanday mahsulot birligi bilan bogliq bolgan meyoriy xarajatlar ana shu olti element orqali hisobga olinadi:

  1. To’g’ri materiallarning me’yoriy bahosi;

  2. To’g’ri materiallarning miqdori;

  3. Me’yoriy ish vaqti (to’g’ri mehnat xarajatlari);

  4. To’g’ri mehnat to’lovining (vaqtining) me’yoriy mezoni;

  5. Shartli o’zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajati koeffitsienti me’yori;6. Shartli doimiy umumishlab chiqarish xarajatlarining me’yoriy koeffitsienti.

Materiallar sarfining me’yoriy xarajatlari. Ular materiallar me’yoriy bahosining to’g’ri materiallarning me’yoriy miqdoriga ko’paytmasi bilan aniqlanadi. To’g’ri materiallarning me’yoriy bahosi – ushbu hisobot davridagi ma’lum bir aniqlangan to’g’ri materiallar uchun xarajat bahosining mukammal miqdorini ifodalaydi. Sotib olish agenti barcha to’g’ri materiallarning me’yoriy baholarini o’rnatish uchun javobgar. U me’yoriy bahoni aniqlashda baholarning barcha mumkin bo’lgan oshishini, materiallar bozoridagi miqdoriy o’zgarishlarini hisobga olishi hamda materiallarni yetkazishning yangi manbalari va boshqalarni e’tiborga olishi kerak. Shuningdek, u barcha amaliy sotib olishlarni bajarishi va baholar farqi natijasida bo’ladigan materiallar sarfi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi lozim.


2

To’g’ri material xarajatlarining me’yorlashtirilgan miqdori (soni)

3

Me’yorlashtirilgan ish vaqti (to’g’ri ish vaqti sarfi)

4

Ish vaqtining me’yorlashtirilgan ma’lum pul miqdori

5

O’zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajatlarining me’yorlashtirilgan koeffitsienti

6

Doimiy umumishlab chiqarish xarajatlarining me’yorlashtirilgan koeffitsienti

Materiallar sarfining me’yoriy miqdori – bu bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlatilishi kerak bo’ladigan materiallar miqdorini oldindan aniqlashdir. Bir ko’rinishda unchalik qiyindek ko’rinmasada, uni aniqlash eng murakkab masalalardan hisoblanadi. Unga mahsulotlarning muxandislik tafsirlanishi, materiallar sifati, mashina va uskunalarning yoshi va unumdorligi hamda ishchilarning tajribasi va malakasi ta’sir etadi. Materiallarning me’yoriy miqdorini aniqlashda ma’lum miqdorda mahsulotning chiqitga chiqishi va yo’qotilishi mumkinligini e’tiborga olish lozim. Odatda bu me’yoriy mezonni ishlab chiqarish menejerlari, buxgalter yoki yo’qotishni hisoblovchilar o’rnatadilar va ular tomonidan bu jarayonga ishlab chiqarish uchun muxandislar hamda materiallarni sotib olish agentlari va mashina operatorlari jalb qilinadi.
To’g’ri mehnat xarajatlari me’yori. To’g’ri mehnat uchun zarur bo’lgan xarajat me’yori to’g’ri mehnat uchun sarflanishi lozim bo’lgan vaqt miqdorining to’g’ri mehnat uchun to’lanishi belgilangan mablag’ miqdorlari ko’paytmasi sifatida aniqlanadi.
Ish vaqti me’yori – ishlab chiqarilishi mo’ljallanayotgan mahsulotning bitta partiyasi yoki bir donasini bajarish (ishlab chiqarish) uchun kerak bo’lgan har bir stanok, bo’lim uchun kerak bo’lgan vaqt miqdori sifatida hisoblanadi. Odatda ish vaqti mezoni bitta miqdor uchun soatning kichik qismi sifatida belgilab olinadi. Ish kuchi malakasi o’zgarsa yoki mashina va uskunalar almashtirilsa mehnat xarajati me’yorining miqdori o’zgartiriladi yoki qayta ishlab chiqiladi.
To’g’ri mehnat haqini to’lash me’yori. Har bir jarayon yoki ish turini bajarish uchun hisobot davrida to’lanishi belgilanayotgan mehnat xarajatlarini ifodalaydi. Amaliyotda mehnat haqini to’lash oson aniqlanadi, chunki ular mehnat shartnomasida qayd qilingan yoki xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilab qo’yilgan bo’ladi. Har bir ishchi razryadi uchun maosh oralig’i (diapozon) belgilangan bo’lib, bu diapozon ichida ham turlicha bo’lishi mumkin va ular har bir jarayon uchun o’rta me’yoriy maosh bilan aniqlanadi. Agar, mahsulotni ishlab chiqargan ishchi haqiqiydan kam olsa ham haqiqiy mehnat xarajatini hisoblashda maosh to’lash me’yoridan foydalaniladi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari me’yori. Bu xarajat me’yorlari koeffitsientlarni hisoblash orqali amalga oshiriladi. Koeffitsientlarni hisoblash esa avval amalga oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash koeffitsientini hisoblashga o’xshaydi. Lekin bitta asosiy farq bor – u ham bo’lsa umumishlab chiqarish xarajatlari ikki qismdan iborat: shartli o’zgaruvchan va shartli o’zgarmas (shartli doimiy) xarajatlar bo’lib, ularni hisoblash uchun turli manbalardan foydalaniladi.
Shartli o’zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajatlarining me’yoriy koeffitsienti. U rejalashtirilgan o’zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajatlari miqdorini asosiy mezon sifatida rejalashtirilayotgan koeffitsientga (masalan, mashina-soat miqdoriga, asosiy ishlab chiqarish jarayonida band bo’lgan ishchilarning ish haqi miqdoriga va sh.k.) bo’lib aniqlanadi. Umuman olganda deyarlik barcha rivojlangan mamlakatlarda ana shu borada mezon sifatida uchta ko’rsatkichdan biri tanlab olinadi. Bular: mashina soat, asosiy ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilar ish haqi miqdori yoki ishlab chiqarish xarajatlari miqdori. Bunda boshqa asosdan ham foydalanish mumkin.
Shartli doimiy umumishlab chiqarish xarajatining me’yoriy koeffitsienti. U doimiy umumishlab chiqarish xarajatlari miqdorining odatdagi ishlab chiqarish quvvatiga (bu holda to’g’ri mehnat sarfi soat me’yorida aniqlanadi) nisbati sifatida aniqlanadi.
Odatdagi (normal) quvvatdan asosiy mezon sifatida foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, u ko’proq real holatni o’zida aks ettiradi va shunga muvofiq uning ishonchlilik darajasi yuqori bo’ladi.

Yüklə 48,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin