Reja Milliy iqtisodiyot rivojlanishining nazariy jihatlari



Yüklə 24,25 Kb.
səhifə3/3
tarix17.06.2023
ölçüsü24,25 Kb.
#132091
1   2   3
Iqtisodiy nazariya mustaqil ish 1

1. Ijtimoiy tuzilishi.
2. Tarmoq tuzilishi.
3. Takror ishlab chiqarish tuzilishi.
4. Xududiy tuzilishi.
Ijtimoiy tuzilish- bu iqtisodiyotning turli mulkchilik shakllari o’rtasidagi o’zaro nisbatdir.
O’zbekistonda mulkchilik turlari davlat, jamoa, xususiy va aralash mulkchilik tarzida shakllangan.
Iqtisodiyotni barcha tarmoqlarida ish bilan band bo’lganlar soni, asosiy fondlar va ishlab chiqarish bo’yicha bu bo’g’inlarning har birini ulushi,-Respublika iqtisodiyotining ijtimoiy tuzilishini aks ettiradi.
Iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi bu turli tarmoqlar o’rtasidagi o’zaro nisbatdir, ya’ni sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport va aloqa o’rtasida yoki qazib oluvchi va qayta ishlovchi tarmoqlar o’rtasidagi, moddiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar va hokazolar o’rtasidagi nisbatdir. Tarmoq tuzilishi milliy iqtisodiyotning rivojlanish darajasini ifodalaydigan muhim ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi.
Yuksak rivojlangan mamlakatlarda uchun xizmat ko’rsatuvchi sohalarning hissasi yuqori, qayta ishlovchi tarmoqlarning hissasi esa- qazib oluvchi tarmoqlardan ustun bo’lgan iqtisodiyot tuzilishiga xosdir.
U mehnat va kapitalning yuqori darajada unumdorligidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanganligidan va pirovard natijada aholini turmush darajasi yuqoriligidan dalolat beradi.
Iqtisodiyotning takror ishlab chiqarish tuzilishi bu kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni asosiy nisbatlari, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish o’rtasidagi, iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro nisbatlardir.


Yüklə 24,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin