Reja: Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati



Yüklə 24,77 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü24,77 Kb.
#186679
1. Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati-fayllar.org


2- Mavzu: Milliy tarbiya asoslari kategoriyalari va tushunchalari

Reja:  

1. Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati.
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini oqilona yo’lga qo’yish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan 
texnologiyalari yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish katta ahamiyatga ega. Bu taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlar va murakkab texnologiyalarni egallagan, iymoni butun, irodasi baquvvat, teran fikrlaydigan, yuksak salohiyatga ega bo’lgan kadrlar hal etadi. Yurtimizning kelajagi mamlakatimizning 
intellektual salohiyatiga, aql-zakovotiga, milliy ta’lim-tarbiya tizimini jahon andazalari asosida takomillashtirishga, uning milliy zaminini mustahkamlashga, kadrlar tayyorlashga bevosita boliq. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz 
ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edilar: ―Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi, avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bogliqdir

. Ilm-fan, madaniyat, ma’rifat va milliy 


tarbiya har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko’taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kelajagini oldindan ko’rsatib beradi. 
Milliy-tarbiyaviy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish umuminsoniy ehtiyoj hamdir. Sobiq sho’rolar davrida ijtimoiy ongda «zamonaviylik - milliylik» tushunchalari orasida «sivilizatsiya - ekzotika» shaklidagi sun’iy antiteza hosil qilindi. Natijada 
milliylikni ajdodlardan avlodlarga boyitib yetkazuvchi jarayon - milliy tarbiyaning tobora zaiflashuvi yuzaga keldi. Mafkuraviy maqsadlar ostida rang-barang milliy qadriyatlarni o’zaro 
aloqada yuksaltirish emas, balki bir xillashtirish harakati rag’batlantirildi. 
Antropologlarning shahodat berishlaricha, odamning tashqi ko’rinishi kechki paleolit - kromanonlar davridan buyon o’zgarmasdan kelmoqda. Bu fikrning zamonaviy fanlar tomonidan tasdiqlanganligi odamning biologik evolyuttsiyasi tugallanganligini bildiradi. 
Odamdagi evolyuttsion rivojlanishning yakunlanishi esa undagi madaniy rivojlanishni
boshlab beradi. Odamda oliy taraqqiy etgan turlarga xos bo’lgan
emottsional-instinktiv xususiyatlar genetik meros sifatida mavjud bo’lib, bu xususiyatlarni chaqaloq dunyoga 
kelganida, uning rivojlanishining ilk oylarida kuzatish mumkin. Ijtimoiylashuv (sottsializatsiya) esa odam mohiyatini go'daklikdan
boshlab kamolatga erishuv tomonga o’zgartiraboradi. Inson o’zining ijtimoiy-madaniy rivojlanishi jarayonida ajdodlarining milliy qadriyatlarini 
ijodiy o’zlashtiruvchi, zamoniylashtiruvchi, boyituvchi va o’zgartiruvchidir. Ana shu insoniy burchlarning har bir shaxs tomonidan mukammal bajarilishi ijtimoiy taraqqiyotning boy, rang-barang madaniy oqimlarini hosil qiladi, saqlab turadi. SHu nuqtai nazardan, har bir inson o’zida tarixiy, ijtimoiy, madaniy-milliy ko’rsatkichlarni mujassamlashtiruvchi tarbiya mahsulidir.
Turli xalqlarningbir-birlarini tanishida,bilishida, bilvosita va bevosita millatlararo muloqotlarda insonning milliy jihatlari alohida qiziqish uyg’otgan. Qadim zamonlarda ham tarixchilar, sayyohlar, qomusiy bilimga ega mutafakkirlar (Ibn Batuta, Strabon, Abu Rayhon Beruniy, Mikluxo Maklay, Lui Gonsales 
de Klavixo, Herman Vamberi va boshqalar) qoldirgan asarlar, ijtimoiy-falsafiy-, axloqiy ta’limotlarda ham boshqa xalqlar hayotini qiyosiy o’rganish yo’nalishi mavjud ededi.
XIX asrga kelib g’apb ijtimoiy fanlarida boshqa xalqlar milliy-madaniy xususiyatlarini tadqiq, qiluvchi kulturantropologiya va sottsiologiya yo’nalishlari maxsus fanlarga aylanadi. Bu fanlar «boshqa dunyo kishisi» muammosini o’rgana boshladi. Aslida esa bu – boshqacha tarbiya – milliy tarbiyaning tizim, uslublari, maqsadlaridagi xususiyliklarni 
ilmiy nuqtai nazardan o’rganish davri boshlanganligini anglatar edi. XIX asr uchun «boshqa dunyo kishisi»ni o’rganish taraqqiyparvar yangiliki edi. 
Zero, kulturantropologiya «Boshqa mamlakat, millat kishisi qanaqa?», «U o’zini o’rab ololga dunyoni, borliqni qanday idrok qiladi?», «U yaxshilik va yomonlikni qanday tushunadi?», 
«U o’z xatti-harakatlarida qanday mezonlarga asoslanib yo’l tutadi?» kabi sasavollar javob izlar edi. Odamlarning dunyo haqidagi bilimlari ortib, yangi yerlar ochilib, savdo-sotiq, munosabatlari kengaya borgani sari ushbu muammoga qiziqish ham orta bordi. 
Ayniqsa, Evropada kapitalistik jamiyatning shakllana borishi va shu bilan bog’liq, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ayniqsa, mustamlakachilik davri u yoxud bu xaxalqlarnin milliy xususiyatlarini o’rganishga kuchli turtki berdi. CHunki, mustamlakachi, missioner, 
plantatorlar o’z mustamlakalari – maxalliy xalqlar haqida hech bo’lmasa ibtidoiy tasavvurga ega bo’lishlari o’zlari uchun foydali edi. Qolaversa, bu masala mustamlakachilikning kelajagi – mahalliy xalqlarni «madaniy-oqartuv» orqali inglizlashtirish, frantsuzlashtirish, ya’ni madaniy-ma’naviy mustamlakalarga aylantirishning samaradorligini ta’minlash uchun ham kerak edi. 
Milliy tarbiyaning etnopedagogik qirralarini ilk bor kashf etgan ololimlardan kulturantropolog M. Mid bo’ldi. Uning tadqiqotlari nafaqat geterostereotip (bir xalqning boshqa xalqlar haqidagi bilimlari yig’indisi)ning, balki osiyolik va afrikaliklarda av-tostereotip (o’z xalqi haqidagi bilimlar yig’indisi)ning shakllanishiga, boshqacha qilib aytganda, o’zligini anglashga ham turtki bo’ldi. Biz uchun ushbu tadqiqotning pedagogik jihati muhimdir. Zero, M. Mid tomonidan 1927 yili nashr ettirilgan «Samoada ulg’ayish» 
kitobi tarbiyaning milliyligiga asoslangan ilk ilmiy-tadqiqot natijasidir. 
TEST TOPSHIRIQLARI:

1.Uzluksiz ta'limning birinchi bōg'ini qanday ataladi?


A. Ummumiy ōrta ta'lim
B. Maktabdan tashqari ta'lim
C. Maktabgacha ta'lim va tarbiya
D. Professional ta'lim
2.Ta'lim, Fan va Madaniyat tashkiloti qanday nomlangan?
A. AYSESCO
B. IHT
C. YUNESCO
D. IRCICA
3. Quyidagilardan qaysi biri axloq tamoyillariga misol bo'ladi?
A. Tartib
B Ta'lim
C. Ong
D. Haqiqat
4.Motivatsion metodga kirmaydiganini toping?
A. Rag'batlantirish
B. Musobaqa
C. Tanbeh berish
D. O'rgatish
5. " Jamiyat" so'zining lug'aviy ma'nosi qaysi javobda berilgan?
A. Umumiy
B. Hamkor
C. Inson
D. To'g'ri javob yo'q
6 .O'z milliy mansubligidan faxrlanish bu_...?
A. Milliy ong
B. Milliy iftixor
C. Milliy g'urur
D. Milliy tuyg'u

7. " Tarbiya" so'zi qaysi til lug'atidan ōzlashgan?


A. arabcha
B. lotincha
C. yunoncha
D. forscha

8. Milliy tarbiya turlariga kirmaydiganini toping?


A. Aqliy
B. Ekologik
C. Diniy
D. Umumiy
9. Sa'diyning "Guliston" asari necha bobdan iborat?
A. 8
B. 9
C. 10
D. 11
10."Silsilat uz-Zahab" asarining muallifini aniqlang?
A. A. Jomiy
B. A. Navoiy
C. Sa'diy Sheroziy
D. Koshifiy
Yüklə 24,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin