Reja: Morjenalizmning umumiy ta‟rifi


Alfred marshalning narxlar va daromadlar nazariyasi



Yüklə 16,09 Kb.
səhifə3/3
tarix24.10.2023
ölçüsü16,09 Kb.
#160277
1   2   3
Reja Morjenalizmning umumiy ta‟rifi-fayllar.org

Alfred marshalning narxlar va daromadlar nazariyasi
A.Marshalning va uning maktabdoshlari o‗z uslublari (metodologiya)da umuman, Avstriya maktabini qo‗llab-quvvatlaydilar, lekin unga ayrim jiddiy
o‗zgarishlarni ham kiritishni lozim topdilar. Jumladan, faqat funksional tadqiqot usulinigina tan olish bilan birga, bozor munosabatlarining uch asosiy zaruriyatlarini: narx, talab, taklifni o‗zaro bog‗liqlikda ko‗rib chiqadilar.
Ularning fikricha, avvalo ishlab chiqarish iste‘mol harakatini aniqlaydi, keyinchalik u eng yuqori foydalilik va talab doirasi ko‗rinishiga kiradi. Kembridj maktabi tadqiqotlariga ikki tomonlama qarash lozim. Agar biz unga bozor iqtisodiyotida baholashni ichki mexanizmini tushuntirish uchun urinish sifatida qarasak, haqiqatni biroz siyqalashtirilayotganini ko‗rishimiz mumkin. Lekin bu izlanishlarga boshqacha nuqtai-nazardan qarashimiz ham mumkindir, bunda biz e‘tiborni tovar-bozorlardagi aniq muammolarni hal etishga qaratilganligiga va natijada amaliy ahamiyatga ega bo‗lgan ilmiy xulosalar vujudga kelganligining guvohi bo‗lamiz.
Marshall tadqiqotlarida talab va taklif o‗rtasidagi munosabat (birinchilik) qaraladi, qaychida yuqori va pastki keskichlar qanday rolni o‗ynasa (barovar), bu yerda ham ahvol shunday, ular bir-biri bilan chambarchas bog‗liq. Hozirgi zamon iqtisodiy ta‘limotlarining asosini tashkil etadi.
3. Amerika maktabi. J.B.Klark nazariyasi.
Shu davrdagi AqSh dagi ta‘limotlar to‗g‗risida fikr yuritmadi, chunki bunday g‗oyalar faqat X1X asr oxirida vujudga keldi.
XIX asrning oxirlari (so‗nggi 35 yili)da AqSh monopolistik rivojlanish bosqichiga kirdi. Monopolistik birlashmalar soni tez ko‗payib bordi, (masalan, 1% monopoliyalar qo‗lida 60 % boylik to‗plandi).
Iqtisodiyotda ularning tanho hukmronligi kuchayib bordi. Kolumbiya dorilfununining professori Jon Beyts Klark (1847-1938) boshchiligidagi yetakchi iqtisodchilar guruhi siyosiy iqtisodda yetakchilik mavqeini egalladi, mana shu guruh siyosiy iqtisodning Amerika maktabini vujudga keltirdi. Shu davrdan AqSh iqtisodichilarining tadqiqotlari jahon bo‗yicha yetakchidir (Nobel mukofotlari sovrindoriga e‘tibor bering). J.B.Klarkning «Boylik falsafasi» (1886), «Boylikning taqsimlanishi» (1889), «Iqtisodiy nazariyaning muhim belgilari» (1907) asarlari o‗ziga xos yangicha konsepsiyalarni ishlab chiqishda katta rol o‗ynaydi. Amerikaning monopolistik burjuaziyasi shu konsepsiyalarni o‗ziga qurol qilib oldi.
J.B.Klark Amerika iqtisodiy uyushmasini tuzish (1885) ilhomchilardan biri bo‗ldi. U mehnatkashlarning qisuviga zarba berish maqsadida kapitalning ekspluatatorlik mohiyatini niqoblashni shu uyushmaning vazifasi deb bildi.
Bu yerda gap sotsialistik qarashlarga qarshi, bozor munosabatlarga ustunligini ko‗rsatish masalari yetakchidir.
Klark iqtisodiyotda ma‘naviy omillarni hal qiluvchi omillar deb hisoblab, Avstriya maktabining asosiy metodologik usullariga qo‗shiladi. U ishlab chiqarish munosabatlarini inkor etdi, uning konsepsiyasi notarixiy harakterda bo‗lib o‗zining qorishmaligi (eklektizmi) bilan ajralib turar edi. Klark taqsimotni siyosiy iqtisodning asosiy maqsadi deb bildi. U «Boylikning taqsimlanishi» asarida ijtimoiy daromadning taqsimlanishi mojarolarsiz amal qiladigan va ishlab chiqarishning har bir omiliga o‗zi yaratgan boylik yig‗indisi beradigan tabiiy qonun vositasi bilan boshqariladi, deb isbotlashga urindi.
J.Klark avvalgi iqtisodiy ta‘limotlarni metodologik va nazariy jihatdan yangilashga intilib, uni tabiiy ravishda tenglashtirdi. Nazariy mexanikaga o‗xshatib siyosiy iqtisodni uch bo‗limga: 1) universal iqtisodiyotga, 2) iqtisodiy statikaga va
3) iqtisodiy dinamikaga bo‗ldi.
Birinchisiga umumiy universal qonunlar, ikkinchisiga shu qonunlarning statik (harakatsiz) iqtisodiyot sharoitidagi, uchinchisida rivojlanish holatidagi qonunlar amal qilishini ko‗rsatadi.
Siyosiy iqtisodni bunday bo‗limlarga bo‗lish, iqtisodiy fan vazifalariga yangilik kiritishdir. Bu narsa siyosiy iqtisodni ijtimoiy sinfiy muammolardan holi qildi (keyinchalik qarab chiqiladigan ijtimoiy-institutsional yo‗nalishga e‘tibor bering).
Klark jamiyat taraqqiyotida sifat siljishlari, inqilobiy sakrashlar bo‗lishi mumkin emas, deb hisoblaydi. U mo‗tadillik-sobitlikni jamiyatning asosiy holati deb hisoblaydi va muvozanat nazariyasining nusxalaridan birini rivojlantiradi.
Iqtisodiy dinamikaga qilingan murojaat qilinishi muhim yangilik bo‗ldi, chunki u iqtisodiyotning ishlab chiqarishdagi holatini juz‘iy hodisa deb hisoblaydi.
J.B.Klark boshchiligidagi Amerika maktabi namoyondalari yo‗l qo‗ygan kamchiliklardan qat‘iy nazar bu iqtisodchilar erishgan ilmiy natijalar katta ahamiyatga egadir.
Avstriya va Kembridj maktabi iqtisodchilari tovarlar bozori va ayrim korxonalar tajribasida qo‗llanilgan ilmiy taxlilni J.B.Klark o‗zgacha, ya‘ni makroiqtisodiyotni o‗rganishga olib kirishga harakat qildi. Ijtimoiy mehnat, ijtimoiy kapital va befarqlik zonalari tushunchalari yuzaga keldi, shuningdek, «eng yuqori unumdorlik» nazariyasida qo‗llanilgan ilmiy tahlil va tushunchalarni hozirgi davr iqtisodiy nazariyalarida uchratishimish mumkin, bu esa Amerika maktabining yuksak ilmiy ahamiyatini belgilaydi.
19-asr oxiri 20-asr boshlarida Lozanna maktabi (L.Valras, V.Pareto, K.Viksell va boshqalar) vujudga keldi, ular tomonidan matematikani iqtisodiyotga qo‗llash yuksak darajagi ko‗tarildi. Hozirgi davrda bu usul ekonometrika sifatida alohida rivojlangan.
Neoliberal yo‗nalish tarafdori M.Fridmenning monetar konsepsiyasida «ishsizlikning tabiiy normasi» sharoitida pul miqdorini 3-4% oshirish iqtisodiy o‗sishga olib kelishi tahlil etildi. Keynschilik o‗rniga (1970) kelgan bu yo‗nalish Buyuk Britaniya (Tebcher), AqSh(Reygan), Chili va boshqa mamlakatlar rivojiga ijobiy ta‘sir etdi. Hozirgi davrda jahonda neoklassik yo‗nalish iqtisodiy fikrlashda yetakchi, ammo davlat roli ham tan oladi.
Keyingi davrlarda «neoklassik sintez» konsepsiyasi vujudga keldi, uning muallifi P.Ssamuelson(1915) jahonga «Ekonomika» darsligi bilan mashhur. Bu kitob
1948y. yozildi va 15 martda qayta nashr etilgan. Bu asar uchun unga 1970y. Nobel mukofoti laureati unvoni berilgan. Bu asarda asosiy e‘tibor ommaviy ishsizlik va inflyatsiyani yengish masalalariga qaratilgan. Bu qarashlarda hozirgi yangi keynschilik va neoliberal g‗oyalarning bir-biriga ta‘siri (sintezi)ni ko‗rish mumkin. Umuman, hozirgi davrda barcha iqtisodiy g‗oyalar o‗rtasida (toboro yaqinlashuv va bir-biriga ta‘siri) aralash g‗oyalar kuzatilmoqda.
http://fayllar.org
Yüklə 16,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin