Reja: Muloqot texnikasi



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix09.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#56840
  1   2   3
14- Маvzu ona tili



texnologiyalarning o`rni. 

4. Sohada o’zbek hujjatchiligi 

haqida 

innovatsio

shakllantirishd



REJA: 


1.Muloqot texnikasi 

2.Muloqot tarkibiy 

qismlari 3.Muloqot

 

texnikasi



Amaliy 

mashg‘ulot 

№14 

14-MAVZU: 

Kasbiy muloqot jarayoni 

 



 

 



 


 


 

Sohada  o’zbek  hujjatchiligi  haqida  -  Tashkilotda  ish  yuritish 

odam  (xodim)  orqali  amalga  oshiriladi.  Uning  davlat  tilini  mukammal 

bilishi, ish yuritish uslublariga rioya qilishi hujjatchilikni takomillashtirish 

va  shakllantirish  samarali  ta’sir  ko‘rsatadi.  hujjat  tayyorlash  va 

rasmiylashtirishda, eng avvalo, o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari 

va  qoidalarini  ma’lum  darajada  tasavvur  etish  zarur.  Har  bir  menejer, 

menejment,  rahbar  tashkilotlarning  xodimlari,  umuman,  faoliyati  ish 

yuritish (munshoot, munshiylik) bilan bog‘liq har bir kishi o‘zbek tilining 

imlosini,  tinish  belgilari  va  uslubiy  qoidalarini  egallagan  bo‘lishi  kerak. 

Bu siz bugungi taraqqiyotimiz talablariga javob beradigan aniq, lo‘nda va 

teran mantiqli hujjatchilikni yaratib bo‘lmaydi. 

Hisob-kitoblarga qaraganda, rahbar vaqtini 50-90%ini axborotlarga 

va  hujjatlashtirishga  sarflaydi.  Axborotni  uzatish  va  hujjatlashtirish  ko‘p 

hollarda  menejmentning  qobiliyatiga  ham  bog‘liq.  Ma’lumot  kimga 

tegishli  bo‘lsa,  uzatilgan  axborot  qabul  qiluvchi  tomondan  aynan  bil  xil 

idrok qilishga erishish lozim. 

Ko‘pgina menejerlar bu muammoning ahamiyatini tushunadilar va bunga 

katta e’tibor beradilar. 

Axborotning o‘ta ortig‘i ham, o‘ta kami ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Ish  yuritishda  qatnashuvchilarning  har  biriga  talablar  qo‘yildi.  Masalan, 

qatnashuvchilarning  har  biri  ko‘rish,  eshitish,  sezish,  hid  va  ta’m  bilish 

qobiliyatiga  to‘la  yoki  ma’lum  darajada  ega  bo‘lishi  kerak.  Samarali  ish 

yuritish  har  bir  tomon  (ma’lumot  bir  kishidan  boshqasiga,  tashkilot 

bo‘limidan  bo‘limga,  tashkilotdan  tashkilotga  uzatiladi)dan  ma’lum 

mahorat  va  bilim  talab  etadi,  hamda  ma’lum  darajada  o‘zaro  tushunish 

bo‘lishi  kerak.  Ish  yuritish  o‘zbek  tilida  olib  borilar  ekan,  agar  mazkur 

xodimlar o‘zbek tili qonuniyatlaridan yaxshi xabardor bo‘lmasalar, ular ish 

vaqtlarining  hammasini  (100%)  bu  ishga  sarflaganlarida  ham  ijobiy 

natijaga erishishqiyin. 

Mamlakatimizda  o‘zbek  adabiy  tilining  rasmiy  ish  uslubi  tilini 

o‘rganish bo‘yicha ilk qadamlar qo‘yilgan, xususan, bitta fan nomzodligi 

dissertatsiyasi  himoya  qilingan.  Lekin  hali  bu  mutlaqo  etarli  emas,  juda 

ko‘p va ko‘p ishlar qilinmog‘i lozim. 

Ayrim hujjatlarning nomlanishi rus tilida qanday nomlansa, o‘zbek 

tilida  ham  shundayligicha  nomlanib  kelingan.  Ish  yuritish  asosan  rus 

tilida  olib  borilganligi  uchun  ham  bunga  ehtiyoj  bo‘lmagan  chog‘i. 

Ruschadan tarjima qilingan “ish yuritish” atamasining muqobili sifatida 



“munshiy  “  (arabcha)  so‘ziga  o‘zakdosh  va  ma’nodosh  bo‘lgan  hamda 

o‘tmishda bobolarimiz tilida ishlatilgan “munshoot” so‘zini tavsiya etish 

mumkin.  Bu  kabi  misollar  etarli.  Masalan,  o‘zbek  tilida  hozirgacha 

qo‘llanib  kelingan 

 

“spravka”,  “instruktsiya”,  “akt”,  “xarakteristika”,  “avtobiografiya”  kabi 



ko‘plab  hujjatnomalari  uchun  tegishli  o‘zbekcha  muqobil  so‘zlar  bilan 

almashtirilmoqda,  ya’ni  ma’lumotnoma,  yo‘riqnoma,  dalolatnoma, 

tavsifnoma, tarjimai hol kabi nomli hujjatlar ishlatilmoqda. 

Qisqasi,  hujjat  nomlarini  o‘zbek  tilining  o‘z  imkoniyatlari  asosida 

shakllantira  borish,  hujjatchilikdagi  so‘z  va  iboralarning  o‘zbekcha 

muqobilini ishlab topish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir. 

Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. 

Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma 

vositalar  sifatida  axborotni  xolis  aks  ettirmog‘i  lozim.  Shuning  uchun 

hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar 

mavjud. 

Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish- erkalash qo‘shimchalarini 

olgan  so‘zlar,  ko‘tarinki-tantanavor  yoki  bachkana  so‘zlar,  dag‘al  so‘zlar, 

tor  doiradagi  kishilargina  tushunadigan  so‘zlar,  o‘xshatish,  jonlantirish, 

mubolag‘a,  istiora,  tashxis  kabiobrazli  tafakkur  ifodasi  uchun  xizmat 

qiluvchi  usullar  ishlatilmaydi.  Ularning  ishlatilishi  hujjatlar  matnidagi 

ifodaning noxosligiga olib keladi. 

Hujjat  matni  aniqlik,  ixchamlik,  lo‘ndalik,  mazmuniy  to‘liqlik  kabi 

talablarga  ham  javob  berishi  kerak.  Bu  talablarga  javob  bera  olmaydigan 

hujjat  chinakam  hujjat  bo‘la  olmaydi,  bunday  hujjat  ish  yuritish  jarayoniga 

halaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi. 

Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy 

to‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjat tilining o‘ziga xos uslubi, undagi 

o‘ziga xos so‘z qo‘llash, morfologiya va sintaksis orqali ta’min etiladi. 

Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi. Hatto fe’l 

bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga  yaqin so‘z 

shakllari tanlanadi,  ya’ni  “harakat noma”  deb  ataluvchi  so‘z  shakllari  faol 

ishlatiladi;  “....tayyorgarlikning  borishi  haqida”,  “...qarorning  bajarilishi 

to‘g‘risida”,  “...yordam  berish  maqsadida”  ,  “...qabul  qilishingizni 

so‘rayman”kabi. 

Fe’l  shakllarining  qo‘llanishida  ham  birmuncha  o‘ziga  xosliklar 

mavjud.  Xususan,  majhul  nisbatdagi  3-shaxs  buyruq-istak  maylidagi  yoki 

o‘tgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo‘llanish darajasi 



anchayin  yuqori:  topshirilsin,  tasdiqlansin,  bajarilsin,  bo‘shatilsin, 

tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi kabi. 

Hujjatlardagi  gap  qurilishi,  odatda,  tasniflash,  mayda  qismlarga 

ajritishga,  qayd  etuvchi  va  qaror  qiluvchi  qismlarning  birligiga,  umuman, 

sabab-oqibat  va  shart-oqibat  munosabatlariga  asoslandi.  Shuning  uchun 

ham hujjatlarda nisbatan uzunjumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo‘lakli 

gaplar 

 

ko‘p qo‘llaniladi. Lekin gap tarkibida odatdagi so‘z tartibiga qat’iy rioya 



qilinadi,  badiiy  va  boshqa  asarlarda  mumkin  bo‘lgan  g‘ayriodatiy  so‘z 

tarkibiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Hujjatlarning  mohiyati  va  maqsadiga  muvofiq  ravishda  ularda 

so‘roq  va  undov  gaplar  deyarli  qo‘llanilmaydi,  asosan,  darak  va  buyruq 

gaplar  ishlatiladi.  Zero,  hujjatlarda  tilning  ikki  vazifasi  -  xabar  berish 

(informativ) va buyurish (volyuntativ) vazifalari amalga oshadi. Masalan, 

ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, majlis 

bayonida  esa  ham  axborot  (“eshitiladi...”),  ham  buyurish  (“Qaror 

qilinadi    ”) o‘z ifodasinitopadi. 

Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. 

Yakka  rahbar  nomidan  yoziladigan  farmoyish  hujjatlari  (buyruq, 

farmoyish, ko‘rsatma kabilar) birinchi shaxs tilidan bo‘ladi. Shuningdek, 

ayrim  shaxs  tomonidan  yozilgan  hujjatlar  (ariza,  tushuntirish  xati  kabi) 

ham birinchi shaxs, birlik sonda shakllantiriladi. Boshqa hujjatlarda esa yo 

birinchi  shaxs  ko‘plik  sonda,  yoki  uchinchi  shaxs  birlik  sonda 

rasmiylashtiriladi:    “...ga    ruxsat    berishingizni    so‘raymiz”,    “    deb 

hisoblaymiz”; “ma’muriyat talab qiladi”, ”boshqarma so‘raydi” kabi. 

Hujjatlar  matnini  tuzishda  turg‘unlashgan,  qoliplashgan  so‘z 

birikmalaridan  ko‘proq  foydalanish  lozim.  Chunki  qoliplashgan,  yagona 

doimiy  shakliga  ega  bo‘lgan  so‘z  tizimlari,  iboralar,  muhandislik 

ruhiyatining ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda 8- 

10  marta  tez  idrok  qilinar  ekan.  Buning  ustiga  qoliplashgan  so‘z 

birikmalari  hujjatlarni  tayyorlash  va  ulardan  foydalanish  jarayonlarini 

anchagina tezlashtirish imkoniniberadi. 

Har  qanday  hujjat,  eng  avvalo,  axborot  tashuvchi  vosita  ekan, 

hujjatning axborot sig‘imini kengaytirish, undagi fikrning teran mantiqini 

ta’minlash  muhimdir.  Shuning  uchun  hujjatda  tilning  ortiqchalik 

tamoyilini  chetlab  o‘tish,  tilning  tejash  talabi  (tamoyili)dan  oqilona 

foydalana bilish kerak. Buning uchun qisqartmalarni qo‘llash yaxshi natija 

beradi.  Ammo,  ta’kidlash  lozimki,  bunda  me’yorga  qatiy  va  izchil  amal 




qilmoq lozim. Chunki qisqartmalar o‘zbek tilining tabiatiga u qadar mos 

emas,  shuning  uchun  ham  qisqartmalar  o‘zbek  tilida  uncha  ko‘p  emas. 

Hozirda  bizda  bir  qadar  odatga  kirgan  qisqartmalar  bor:  ToshDU, 

ToshDIU,  «prof.»(professor),  km  (kilometr),  «sh.k.»  (shu  kabi)  va 

boshqalar. Ayni paytda o‘zbek tilining so‘z va so‘z birikmalaridagi ichki 

ma’noviy imkoniyatlaridan kengroq va unumliroq foydalanmoq lozim. 

Hujjatdagi  fikrni  aniq,  lo‘nda  bayon  qilishda  xat  boshi 

(abzats)ning ahamiyati  ham  katta. Har bir  yangi  alohida  fikr  xat  boshi 

bilan  ajratilishi, bir xat boshidan ikkinchi xat boshigacha bo‘lgan matn 4- 

5 jumladan oshmasligi maqsadga  muvofiq. 

 

 


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin