Reja mustafo Bafoyevning hayot yo\'li. Kompazitorning qoldirgan i-hozir.org
Yettinchi bekat: Farzandlarimdan roziman Rafiqam bilan turmush qurganimizga yarim asrdan oshdi. Ikki qizim bor. Katta qizim dirijyor. Turmush o’rtog’i ham musiqachi. Kichik qizim shifokor. U ham musiqa yoza boshlagandi. Lekin bu yo’ldan ketmasligini istadim. Chunki o’zim ko’p qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. “Meni musiqacha qilmadingiz”, deb haliyam aytib yuradi. Kenjamning turmush o’rtog’i ham shifokor. besh qiz, bir o’g’il nabiram bor. Birinchi nabiram Muhammad haqiqiy izdoshim bo’lyapti. Skripka chaladi. Bir qancha ko’rik tanlovlar g’olibi. Hozir chet elda musiqa yo’nalishini bo’yicha tahsil oladi. Kenjamning ikki qizi biz bilan yashaydi. Ular Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida o’qishadi. Ularni har kuni o’qishga o’zim olib boraman. Uyda doimiy ravishda nevaralarim bilan shug’ullanaman. Pianinoda o’tirib, nimadir yozmoqchi bo’lsam, oldimga yugurib kelishadi. «Bobojon, men chalay pianinoni» deb darrov mashqni boshlab yuborishadi. Ular uxlagachgina, ijodni boshlayman.
Qizlarim, nevaralarimni ko’rib, xursand bo’laman. O’g’lim yo’q, deb kuyunmayman. Izimni bosadigan, san’atimni davom ettiradigan izdoshlarim borligiga shukr!
http://hozir.org