Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə28/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Inson xotirasi boqiy. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan elu yurtga mehnati singgan insonlarning hurmatini joyiga qo‘yish an’anasi davom ettirilmoqda. 2017–2018-yillarda bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi. Toshkent, Samarqand va Qarshida Islom Karimov, Namangan viloyatida Is’hoqxon Ibrat, Xorazm viloyatida Komiljon Otaniyozov, Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, Farg‘onada
Erkin Vohidov, Qashqadaryoda Abdulla Oripov, Andijonda Muhammad Yusuf xotiralarini abadiylashtirish bo‘yicha yirik tadbirlar o‘tkazildi.
Ularning nomi bilan ataladigan markazlar, ijodiy maktablar tashkil etildi. Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfi ya xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi ochildi.Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fi dokorona xizmat qilgan, milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlanishi xalqimizni quvontirdi. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov
tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori asosida 2017-yil 6-noyabr – Sharof Rashidov tug‘ilgan kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Jizzax shahridagi tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Islom Karimov haykallari O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga, Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga va Islom
Karimov birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatildi. Bundan tashqari, Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etildi. Islom Karimov ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifi y yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Shuningdek, bir qator ko‘chalar va yirik obyektlarga
Islom Karimov nomi berildi. Prezident farmoni bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Karimov
tavalludining 80 yilligi keng nishonlandi, 24-martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin