Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə20/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 3 bosqichdagi islohotlar asosida amalga oshirildi. I bosqich – 1997–2001-yillarda dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Buning uchun davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda 65 milliard so‘m mablag‘ sarf qilindi. II bosqich – 2001–2005-yillarni o‘z ichiga olib, milliy dastur keng miqyosda joriy etildi. III bosqich – 2005-yildan bugungi kungacha. Bu bosqichda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi natijasida
erishilgan natijalar, to‘plangan tajribalar umumlashtirilib, shu asosda yurtimizda ta’lim tizimi takomillashtirilib borildi. 2009-yildan boshlab yurtimizda to‘liq 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. 9 yillik umumiy o‘rta ta’lim savodxonlik asoslarini, umumiy o‘rta ta’lim
olish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Bolalar birinchi sinfga 6–7 yoshdan qabul qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim kerakli bilimlar hajmiga asos soladi, mustaqil fi krlash, tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasbiy yo‘nalish va navbatdagi ta’lim bosqichini tanlashga zamin yaratadi. Prezidentning 2004-yildagi farmoni asosida 2004–2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida yangi maktablar qurildi, boshqalari kapital ta’mirlandi; aniq va tabiiy fanlardan o‘quv laboratoriyalar zarur uskunalar bilan jihozlandi. Umumiy o‘rta, umuman, ta’limning barcha bosqichlarida yangi o‘quv dasturlari, davlat ta’lim standartlari yaratildi. Maktab darsliklari tamomila yangilandi hamda fan va amaliyot yutuqlari bilan boyitish bo‘yicha takomillashtirib borildi. Multimedia o‘quv adabiyotlari ham yaratilishi yo‘lga qo‘yildi. Respublikada faoliyat yuritayotgan 10 mingga yaqin maktablarning moddiy-texnika ta’minoti ham davlat hisobidan amalga oshirildi.
Savol va topshiriqlar :
1. 1992–1997-yillardagi ta’lim tizimining keyingi yillardagisidan farqli jihatlarini sanab bering.
2. Uzluksiz ta’limni rivojlantirish omillari nimalardan iborat?
3. Bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalari
sonining oshirilish zarurati nimada?

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonuni va uning mazmun-mohiyati nimalardan iborat? Fikrlaringizni asoslang.




Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin