4-rasm. Ikki o`zgaruvchili naflik funktsiyasi grafigi.2
Grafikdagi chiziqning tekislikdagi proektsiyasi egri chiziq naflik funktsiyasining qiymatiga to`g`ri keluvchi befarq egri chizig`i deyiladi. Naflik funktsiyasining va qiymatlariga mos keluvchi befarq chiziqlar quyidagi ko`rinishga ega.
5-rasm. Befarqlik egri chiziqlari.3
Befarqlik egri chizig`i-bu iste`molchi uchun bir xil naf beruvchi ne`matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Faraz qilaylik, -gumma, -fanta ichimligi.
6-rasm. Gumma va fanta ichimligi uchun befarqlik egri chizig`i.4
26-rasmdagi grafikda bitta gumma bilan uchta fanta ichimligi ( nuqta) beradigan naf, 2 ta gumma bilan 2 ta fanta ichimligi ( nuqta) beradigan nafga teng. Demak, befarqlik egri chizig`i bir xil naf beradigan gumma va fanta ichimliklari kombinatsiyalari nuqtalaridan iborat. Befarqlik egri chiziqlar majmuasi befarqlik egri chiziqlari kartasini beradi (27-rasm).
7-rasm. Befarqlik egri chiziqlari kartasi.5
Befarqlik egri chiziqlari bir-biri bilan kesishmaydi. Befarqlik egri chiziqlari qanchalik o`ngda va tepada joylashgan bo`lsa, unga to`g`ri keladigan naflik shuncha yuqori bo`ladi: Masalan, 27-rasmdagi befarqlik egri chiziqlari joylashuviga ko`ra deb yozish mumkin.
Ne`matlarning bir-birini o`rnini bosishi. Ne`matlarning bir-birini o`rnini bosish zonasi deb-bir ne`mat bilan ikkinchi ne`matni samarali almashtirish mumkin bo`lgan oraliqga aytiladi (28-rasm).
8-rasm. Almashtirish zonasi.6
Rasmdagi ga teng bo`lgan ne`matning miqdori iste`molchi uchun shunday zaruriy minimal miqdor hisoblanadiki, u ushbu miqdordagi ne`matning o`rniga ne`matdan qancha ko`p taklif qilinmasin voz kecha olmaydi. Xuddi shunday miqdorga teng bo`lgan ne`matning miqdori ham iste`molchi uchun zaruriy minimal miqdor hisoblanadi. va ne`matlarning o`zaro almashish sohasi bo`lib oraliq hisoblanadi. Bu oraliqda, bu ikki ne`matning bir-biri bilan almashtirish mazmunga ega. Chekli almashtirish normasi. Befarqlik egri chizig`ining pastga tomon yotiqligi ne`matni ne`mat bilan chekli almashtirish normasini ifodalaydi. Chekli almashtirish normasi odatda bilan belgilanadi.
Chekli almashtirish normasi ning miqdori gorizontal o`q bo`yicha ifodalangan ne`matning bir birligi uchun, vertikal o`q bo`yicha ifodalangan ne`matning qancha miqdoridan voz kechish mumkinligini ko`rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |