Ilmiy numizmatikaga Vena universiteti arxeologi, professori Y.Ekkel (1737-1798) asos soldi. U sakkiz jilddan iborat “Nauka o drevnix monetax” “Qadimgi tangalar ilmi” (Vena, 1792-1798) kitobida 70 mingdan ziyod tangalarga tartib berdi. Y.Ekkelning bu tо‘plami uchun unga antik davr tangashunosligining otasi nomi berilgan.

Germaniyalikakademik Rossiya Fanlar Akademiyasi Qozon universiteti professori Xristian Martin Fren (1782-1851) Oltin О‘rda tangalarini о‘rganib, tasniflagan. Xristian Martin Frenni 1807 yilda universitetga taklif etishganda, u “Opisaniye nekotorix Samanidskix i buveyxidskix monet” mavzusida arab tilida ma’ruza о‘qigan va bu ma’ruza kitob qilib chop etilgan. U bu yerda Povoljyedan topilgan tangalarning 400 turini о‘rgandi va yozma manbalarda keltirilmagan Oltin О‘rda xonlarning nomlarini aniqladi. Bundan keyin olim Peterburgdan ketmadi va umrini Sharq tangalarini о‘rganishga bag‘ishladi. U xatto о‘z familiyasiga Xristian Danilovich nomini qо‘shdi. Uning shogirdi P.S.Savelyev u haqda: “Martin Fren Rossiya uchun Sharq tangalari manbashunosligini ochdi”, - deb yozadi.
1834 yilda A.D.Chertkovning “Opisaniye drevnix russkix monet” asarida qadimgi rus tangalarining ilmiy tasnifini amalga oshirdi. Rus numizmati Aleksey Vasilyevich Oreshnikov (1855-1933) tangani muhim tarixiy manba deb ataydi. Uning “Russkiye moneti” asarida tangalarni knyazliklarga ajratib katalog tuzgan.
XX asrda numizmatikaning mavqei о‘zgardi. Tadqiqotlar xususiy myunskabinetlardan davlat darajasiga kо‘tarildi. “Numizmat” tushunchasi “kolleksioner” tushunchasidan ajratildi. Tangalar haqidagi fan tadqiqotchilarning harakatlari tufayli olg‘a siljidi. 1986 - yilda Kembrijda 13 tomlik tanga pullar tarixi bо‘yicha jahon olimlari ishtirokida yozilgan tо‘plamning 1 jild bosmadan chiqdi. О‘zR FA Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybek nomli О‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyining “Numizmatika” bо‘limi О‘rta Osiyo bо‘yicha eng boy haqiqiy tangalar saqlanadigan va uni о‘rganadigan ilm-fan dargohlaridan biridir. Unda Eron shohi Doroning oltin tangalari, Aleksandr Makedonskiyning tetradrahmasidan tortib XX asrning boshlarida О‘rta Osiyoda zarb qilingan va savdo muomalasida yuritilgan 65 mingdan kо‘p turli tuman oltin, kumush va misdan ishlangan tangalar saqlanmoqda.

Ushbu tangalar о‘lkamizning iqtisodiy rivojlanishi, hunarmandchilik va tashqi savdo aloqalari tarixini о‘rganish uchun qimmatli manbalar beradigan ilm xazinasidir. Numizmatika ba’zan tarixning muhim sahifalari bо‘lgan о‘z zamonasining siyosiy-iqtisodiy tuzilmalarini ochib berishda qimmatli ma’lumotlarni, ya’ni tarixiy hujjatlarda о‘rganilmagan, qayd qilinmagan voqealarni, podsholarning hukmronlik qilgan yillari, nomlarini aniqlashda asosiy manba bо‘lib xizmat qiladi. Ilk о‘rta asrlarda Sharq musulmon davlatlarida zarb qilingan tangalarga mahalliy hukmdorlar о‘zlari bilan birga halifa nomini ham qо‘shib zarb qilganlar. Chunki halifa Xudoning yerdagi noibi, diniy va siyosiy hokimiyat ramzi hisoblangan. Agar tangalarda halifa nomi qayd qilinmagan bо‘lsa, demak yerli hokimiyat va Amir-al-Mо‘min о‘rtasida nizo borligini va yoki unga qaram emas, davlatning mustaqilligini kо‘rsatadigan dalil bо‘lgan.
Tangalar nafaqat siyosiy balki, madaniyat san’atga ham oid qimmatli ma’lumotlarni beradi. Ular arxitektura yodgorliklari suratini aks ettirganligini, ularga qarab me’morlar binolarni ham ta’mirlashi mumkin. Jumladan, Afinada zarb etilgan bir tangada Akropoldagi Dionis teatri tasvirlangan. Bu bilan Akropolning qaysi tomonida bu teatr joylashgan о‘rni aniqlangan.
Xazina va tanga pullar topilmasi bugungi kunda maxsus tadqiqotlarning asosiy ob’ktlari hisoblanadi. Bu manba orqali numizmat tanga pullar zarb qilingan vaqtdagi pul muomalasiga, savdo yо‘llariga va iqtisodiy aloqalariga oid savollarga javob topishi mumkin. Sо‘nggi 40-yillar mobaynida numizmatika yordamchi tarix fanlari doirasidan bir muncha chetga chiqdi, ammo о‘zida yordamchi tarix fani funksiyasini saqlab qoldi. (Bu yillar mobaynida uning mustaqil tarix faniga aylanishi uchun sharoit vujudga keldi).