Reja: O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish


-bob. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish va dublikatini berish



Yüklə 181,44 Kb.
səhifə3/4
tarix26.11.2022
ölçüsü181,44 Kb.
#70692
1   2   3   4
Metrologiya, standartlash, o‘zaro almashuvchanlik va mahsulotlarni sertifikatlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlari.

3-bob. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish va dublikatini berish
41. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
o‘lchash vositasining sifati yomonlashganligi bo‘yicha o‘lchash vositalari foydalanuvchilarining asosli shikoyatlari (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda o‘lchash vositalariga belgilangan talablarga nomuvofiqlik) mavjud bo‘lganda;
o‘lchash vositasining davriy metrologik tekshiruvi va uni nazoratdan o‘tkazish jarayonida o‘lchash vositasining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda o‘lchash vositalariga belgilangan talablar bo‘yicha nomuvofiqliklar soni ko‘payishi to‘g‘risida rasmiy ma’lumotlar (akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar) mavjud bo‘lganda;
ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘lchash vositasining konstuksiyasiga va ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi to‘g‘risida ijrochiga xabar berilmaganligi aniqlanganda.
42. Ijrochi ushbu Qoidalarning 41-bandda ko‘rsatilgan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar aniqlanganda o‘n ish kuni mobaynida tegishli xulosani rasmiylashtiradi va “O‘zstandart” agentligiga taqdim etadi.
Taqdim etilgan hulosa asosida “O‘zstandart” agentligi uch ish kuni mobaynida o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. “O‘zstandart” agentligining o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab ijrochi tomonidan uch ish kuni mobaynida u ariza beruvchiga yetkaziladi.
43. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish muddati kamchiliklarning xususiyatiga bog‘liq holda belgilanadi, biroq bu muddat “O‘zstandart” agentligining o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.
44. Ariza beruvchi tomonidan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etganida, yozma shakldagi ma’lumotni ijrochiga taqdim etadi.
45. Ijrochi o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida yozma shakldagi ma’lumotni olgan kundan e’tiboran uch ish kuni mobaynida “O‘zstandart” agentligiga o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi xulosani taqdim etadi.
46. Ijrochi tomonidan taqdim etilgan xulosa asosida “O‘zstandart” agentligi uch ish kuni mobaynida sertifikatning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu to‘g‘risida ijrochi tomonidan uch ish kuni mobaynida ariza beruvchiga xabar beradi.
47. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish bo‘yicha qarorda “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish holatlari ishlab chiqaruvchi tomonidan bartaraf etmaganda;
ishlab chiqaruvchi o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining amal qilishini bekor qilishi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
turi tasdiqlangan o‘lchash vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran.
48. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turining ta’rifi yo‘qotilganda yoki unga zarar yetkazilganda ijrochi tomonidan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikatining yoki o‘lchash vositalari turi ta’rifining dublikati ariza beruvchining arizasiga asosan o‘n ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi, bunda dublikatning yuqori qismi o‘ng tomoniga: “DUBLIKAT 20__ yil “___” ____________da BERILGAN” so‘zlari yoziladi.
49. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turning ta’rifidagi imloviy, grammatik xatolarni tuzatish o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turining ta’rifini bekor qilish hamda yangi o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turning ta’rifi oldin berilgan o‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikati yoki o‘lchash vositalari turining ta’rifidagi sana ko‘rsatilgan holda rasmiylashtirilishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.
50. O‘lchash vositalari turini tasdiqlash sertifikat amal qilishini to‘xtatib turish, tiklash va bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zstandart” agentligining rasmiy saytida ochiq e’lon qilinadi.

Yüklə 181,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin