Metrologiya, standartlash, o‘zaro almashuvchanlik va mahsulotlarni sertifikatlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va me’yoriy hujjatlari.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar 51. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan o‘lchash vositalarining sinov natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini inobatga olgan holda “O‘zstandart” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
52. O‘lchash vositalarini davlat sinovlaridan o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
53. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.