Xarakterning plastikligi, mustahkamligi uni shakllantirishning zaruriy sharti sanaladi. Xarakterning barqarorligi, plastikligi o`ziga xos individual xususiyatga ega bo`lib, uning tuzilish xislati sifatida mujassamlashadi. Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy tizimga bog`liqligiga binoan muayyan darajada shaxs muno-sabatlarining mazmuni bilan belgilanadi.

Qobiliyat va iste`dod haqida tushuncha Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya `ni bir odam-ning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta `rifla-nadi. Qobiliyatlar taraq-qiyotining yuksak bosqichi iste`dod deb ataladi.
Qobiliyatlarning tuzilishi. Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xoh ta`lim, xoh mehnat, xoh o`yin, xoh sport boiishidan qat`i nazar, uning bilish jarayonlariga, aqliy xislatlariga, emotsional-irodaviy jabhalariga, sensomotor sohasiga, xarakterologik xususiyatla-riga muayyan talablarni qo`yadi va ularning hamkorlikdagi sa`y-harakati tufayli muvaffaqiyatlarga erishiladi. Psixologik ma`lumotlar-ga qaraganda, insondagi yuksak ko`rsatkichga erishgan sifat harchand ustuvorlikka ega bo`lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo`lmaydi.
Iste`dod, u`ning tuzilishi Iste`dod o`zining umumiy va maxsus sifatlari yig`indisi bilan ijodiy yutuq imkoniyatining ayniyatidir. Iste`dod mahoratning dastlabki sharti hisoblansada, lekin ular bir-biridan muayyan darajada tafovutlanadi. Iste`dod katta, ijodiy va zo`r mehnat mahsulidir, mehnat esa hayotiy tajriba va ko`nikmalar zaruriy majmuasining manbai hisoblanadi. Ijodiyotning sharti hayotiy tajriba, zaruriy ko`nikma va malakalar yig`indisining mavjudligidir.