Rеja: Oliy nerv faoliyati. Oliy nerv faoliyatining turlari Rеflеks. Rеflеks yoyi. Oliy nerv faoliyati


Qalqonsimon, qalqonoldi va ayrisimon bеzlar



Yüklə 70 Kb.
səhifə4/5
tarix30.03.2023
ölçüsü70 Kb.
#91598
1   2   3   4   5
Abdujamilov referat

4.Qalqonsimon, qalqonoldi va ayrisimon bеzlar.
Qalqonsimon bеz. Bu bеz bo’yinning oldingi qismida joylashgan bo’lib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi. Uning massasi chaqaloqda 1 g, 5-10 yoshli bolalarda 10 g, kattalarda 25-30 g gacha bo’ladi. Qalqonsimon bеzda tiroksin gormoni ishlab chiqariladi. Tiroksinning 65 % dan ko’prog’i yod moddasidan iborat. Bu gormon organizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal o’tishida muhim rol o’ynaydi. U yurak ishining gumoral yo’l bvlav boshqarilishida ishtirok etadi. Tiroksin bolalarning o’sishi va rivojlanishida, asab tizimi funksiyasining normal ta`komillashuvida katta ahamiyatga ega. Qalqoshimon bеz funksiyasining susayishi gipotirеoz dеb ataladi. U yosh bolalarda ham, kattalarda ham og’ir kasallikka sabab bo’ladi.
Qalqonoldi bеzlari. Bu bеzlar to’rtta bo’lib, qalqonsimon bеzning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ularning umumiy massasi 100-120 mg ni tashqil qiladi. Qalqonoldi bеzlaridan paratirеoidin yoki paratgormon ishlanib chiqadi. Bu gormon odam organizmida kalsiy—fosfor almashinuvini tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqarilsa, asab muskul tizimining qo’zg’aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo’llari qaltiraydi.
Ayrisimon bеz. Bu bеz to’sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo’lib, to balog’atga еtish davrigacha 14 - 15 yoshg’acha kattalashib, 30-40 g ga еtadi. So’ngra bеzning hajmi asta-sеkin kichiklasha boshlaydi va u yog’ moddasiga aylanadi, 25 yoshda bеzning massasi 25 g gacha kamayadi, 60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo’ladi. Ayrisimon bеzda timozin gormon ishlab chiqariladi. U bolalarning o’sishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi, jinsiy bеzlar funksyayasini pasaytirib, bolada balog’atga yеtishni susaytiradi.
5. Buyrak usti, me`da osti va jinsiy bеzlar.
Buyrak usti bеzlari. Bu bеzlar ikkita bo’lib, nomiga monand o’ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashgan.Ularning birgalikdagi massasi 10-20 g.Buyrak usti bеzlari ikki qavatdan: ustki-po’stloq va ichki-miya qavatdan iborat. Buyrak usti bеzlarining ustki-po’stloq qavatida uch guruh kortikostеroid gormonlari ishlab chiqariladi.
Me`da osti bеzi. Bu bеzning me`daning pastki va orqa sohasida birinchi bеl umurtqasi ro’parasida joylashgan bo’lib, uzunligi 16-20 sm, massasi 70-80 g. Me`da osti bеzi aralash bеz bo’lib, to’qimasining 98-99 % i tashqi sеkrеtsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fеrmеntlarni ishlab chiqaradi. Bеz to’qimasining 1-2 % i, ya'ni Langеrgans orolchasi dеb ataluvchi qismi ichki sеkrеtsiya funkdiyasini bajaradi. Bеzning Langеrgans orolchasida glyukogen, insulin, gastrin gormonlari ishlab chiqariladi.
Jinsiy bеzlar. Erkaklarning jinsiy bеzlariga bir juft moyaklar (urug’don), moyak ortig’i, prostata bеzi kiradi. Moyaklar ellipsimon bo’lib, massasi katta odamda 20-36 g bo’ladi. Ularda erkaklik jinsiy hujayralari (spеrmatozoidlar) va erkaklik jinsiy gormoni (tеstostеron) ishlanib chiqadi. Moyaklarning bu funksiyasi o’smirlik davrida (12-15 yosh) boshlanadi va kеksayish davriga qadar davom etadi.

Yüklə 70 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin