Reja: Ontologiya borliq haqidagi ta‟limot. Falsafa tarixida borliq haqidagi qarashlar evolyusiyasi


«Substansiya» tushunchasi ko„plikda qo„llanilishi mumkin emas



Yüklə 404,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix16.03.2023
ölçüsü404,46 Kb.
#88116
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
«Substansiya» tushunchasi ko„plikda qo„llanilishi mumkin emas. Uning ko„pligi 
g„oyasi mazkur tushunchaning ta‟rifiga zid, chunki mazkur maqomga da‟vogar ikki yoki bir 
necha narsa mavjud bo„lgan taqdirda, ularning birontasi ham substansiya hisoblanmaydi.
Alximiklar mazkur atamani ko„plikda qo„llab, «substansiyali shakllar», «substansiyaga xos 
sifatlar» to„g„risida so„z yuritganda, unga qo„pol fizik ma‟no yuklaganlar. Ayni holda 
substansiya moddaga tenglashtirilgan. Ular substansiyaning xossa va shakllari o„zgarmas, lekin 
tegishli ta‟sirlar natijasida bir-biriga aylanishi mumkin, degan noto„g„ri xulosaga kelganlar.
Aktual va potensial borliq. Aktual borliq borliqning ayni paytda va shu joydagi voqelikda 
namoyon bo„lib turgan va shu voqelik bilan aloqadorlikdagi qismi. Bu ob‟ektiv reallik 
tushunchasiga mos keladi, chunki ob‟ektiv reallik borliqning shu joyda berilgan va shu onda 
amal qilayotgan qismidir. Dunyoning hamma tomoni birdan berilgan emas. Biz borliqning 
hozirgi zamonga tegishli qismi bilangina aloqadamiz. Bu qismi o„tmishga aylanib, uning o„rnini 
kelajakdagi qismi egallaydi. Hozirgi zamonda kelgusi voqelikning kurtaklari mujassamlashgan 
bo„ladi. Aktual borliqning hali voqelikka aylanmagan va kelgusida voqelikka aylanadigan 
murtak holidagi qismi potensial borliq deyiladi. Potensial borliq hali voqelikka aylanishga 
ulgurmagan, salohiyotdagi aktual borliqdir. 
Real va virtual borliq. Borliqning biz uchun mavjud qismi real borliq deyiladi. Real 
borliqni naqd borliq ham deyish mumkin. Ammo borliqning shunday qismi ham borki, uning 
bo„lishi ham, bo„lmasligi ham mumkin. Borliqning bunday qismi ehtimoliy mazmunga ega. U 
hali reallikdan uzoqda. Mana shunday mazmundagi borliq virtual (lot. virtuales - ehtimol) borliq 
deyiladi. 
Tabiiy va ijtimoiy borliq. Tabiiy borliq deganda odatda atrofimizdagi jismoniy narsalar 
(jismlar), jarayonlar, tabiatning holatlari nazarda tutiladi. Tabiiy borliq ikki qismga ajraladi: 
birinchisi - azaliy tabiiy borliq, ya‟ni tabiatning tabiiy borlig„i. U insondan ilgari insonning 
ishtirokisiz mavjud bo„lgan. Buni birlamchi tabiat deb ham atashadi; ikkinchisi - inson ishtiroki 
bilan vujudga kelgan narsalar (jismlar), hodisa va jarayonlarni o„z ichiga oluvchi hosilaviy tabiiy 
borliq. Uni ikkilamchi tabiat deb ham atash mumkin.
Ikkilamchi tabiat doirasida borliqning quyidagi ko„rinishlarini kuzatish mumkin: 
- inson borlig„i - insonning narsalar dunyosidagi borlig„i va maxsus insoniy borliqdan 
iborat; 
- ma‟naviy borliq - individuallashgan va ob‟ektivlashgan (individuallikdan tashqaridagi) 
ma‟naviy borliqdan iborat; 
- sotsial borliq - ayrim odamning jamiyatdagi va tarix jarayonidagi borlig„i hamda 
jamiyatning borlig„i - ijtimoiy borliq. 
Olamda nimaiki mavjud bo„lsa, ularning hammasi birgalikda keng ma‟noda «yaxlit 
dunyo» ni tashkil etadi va uni ba‟zan «haqiqiy borliq» deb ham atashadi. Forobiy barcha mavjud 
narsalarning yig„indisi dunyoni tashkil qiladi, «hamma narsaning umumiy jinsi olamdir» va 
«olamdan tashqarida hech nima yo„qdir» deb hisoblagan. YAxlit holda butun dunyoning asosida 
nima yotadi? Bu savolga javob berishda faylasuflar turli xil konsepsiyalarda fikr Yuritishadi. Bu 
joyda asosan uch xil muhim konsepsiyani ko„rsatish mumkin. Ularga monistik, dualistik va 
plYuralistik konsepsiyalar kiradi. 

Yüklə 404,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin