Idealistik monizm esa,
materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo„q
bo„lmasligi va birinchi asosiga ega bo„lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi.
Bunda ob‟ektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o„lmas g„oyalar, zardo„shtiylikda
olov, o„rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va o„z-o„zidan rivojlanadigan
«mutlaq g„oya») va sub‟ektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy
holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruksiyalari, «elementlari»dan
keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin.
Dualizm bi
rinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy yondashuv (lot. dualis –
ikki yoqlama). Nemis faylasufi X.Volf 18 asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga
kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g„oyalar va aql-idrokning
alohida o„rnini aniqlashga harakat qilgan. X.Volfning falsafaga oid qo„llanmalari barcha o„quv
yurtlarida o„qitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular universitet
ta‟limining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan.
Plyuralizm dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko„proq mohiyat borligini tan
oluvchi ta‟limotdir. «Plyuralizm» (lot. – ko„plik, ko„p xillik, ko„p sonlik) atamasini ham X.Volf
1712 yilda taklif qilgan. Bu tushuncha ontologiyada ayniqsa, jiddiy qiyinchiliklar tug„dirgan.
Chunki ayni shu ta‟limotda borliqning ko„p sonli mustaqil va o„zaro bog„lanmaydigan asoslari
ilgari surilgan.
Leybnitsning «monadologiyasi», ya‟ni monadalar haqidagi ta‟limoti plyuralizmning
klassik ko„rinishi hisoblanadi. Ushbu ta‟limotga ko„ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy
substansiyalardan tashkil topadi. Ammo, plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari
surilgan ko„rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to„rt asosi haqidagi
ta‟limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: