O’quv faoliyatini rag`batlantiruvchi va qarashlarnichuqurlashtiruvchi metodlar Inson faoliyatining tuzilishini turlicha tadqiq etish shuni ko’rsatadiki, hamma vaqt unda motivatsiya komponenti zarurligi namoyon bo’ladi. Agar shaxsda kuchli, yorqin, chuqur bilim olishga ehtiyoj bo’lsa, har qanday faoliyat shu vaqtda samarali va sifatli natija beradi. Bu holatda shaxs har qanday qiyinchilik, to’siqlarni, murakkab vaziyatlarni ham yengib, maqsad sari intiladi. Xuddi shu narsa o’quv faoliyatiga ham tegishlidir. Agar o’quvchida o’qishga nisbatan ijodiy munosabat, bilim olishga kuchli intilish bo’lsa va u doimiy ehtiyojga aylansa, o’quv jarayonining natijasi yuqori bo’ladi. Buning uchun butun o’qitish metodlari boyligini nafaqat bilimlarni yetkazish, balki motivlarni chuqurlashtirishga ham sarflash kerak.