1. Organizmning ichki muhiti . Qon 2. Qonning tarkibi, xossalari. Qon ivishi 3. Qon aylanish doiralari haqida umumiy ma''lumot. 4. Yurak va qon tomirlar faoliyatining boshqarilishi 5. Xulosa 6. Adabbiyotlar
Organizmning ichki muhiti Qon haqida fikr yuritishdan oldin organizmning ichki muhiti haqida tushunchaga ega bo'lish zarur. Chunki qon organizm ichki muhitining bir qismi hisoblanadi. Organizmning ichki muhitiga hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi suyuqlik kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqlik o'z navbatida hujayralararo va tomirlar ichidagi (qon va limfa) suyuqliklarga bo'linadi.
Odam tanasi massasining o'rtacha 60% ini suv tashkil qiladi. Shundan 35%i hujayra ichidagi va 25%i hujayra tashqarisidagi suyuqlikdir. Qon hujayra tashqarisidagi suyuqlikning tarkibiy qismi bo'lib, uning miqdori tana massasining o'rtacha 7% ini tashkil qiladi. Shundan qon plazmasi tana massasining 4,5-5% ini tashkil etadi. Organizm qancha yosh bo'lsa, tana massasining ko'proq qismini - 65-70% ini suyuqlik tashkil qiladi. Bu yosh organizmda moddalar almashinuvi jarayoni keksalardagiga nisbatan ancha faol o'tishini ta'minlaydi.
Organizmning ichki muhiti, ya'ni yuqoridagi suyuqliklarning miqdori, kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi va barcha fizik-kimyoviy xususiyatlari nisbiy doimiydir. Bu nisbiy doimiylik xususiyati gomeostaz deb atalib, u hujayralar vato'qimalarning normal ish faoliyati uchun qulay sharoit hisoblanadi.
Ichki muhitning nisbiy doimiyligi organizmning ko'pchilik organlar sistemasi (nerv-endokrin, ovqat hazm qilish, qon ayla¬nish, nafas olish, ayirish kabilar)ning birgalikdagi faoliyati orqali ta'minIanadi. Shuning uchun ham organizmning barcha hujayralari, to'qimalari, organlari va sistemalari yaxlit, bir butun bo'lib, ular ish faoliyatida bir-biri bilan mustahkam bog'langan. Biror organning ish faoliyati buzilsa (kasallik tufayli), ichki muhitning nisbiy doimiyligi ham buziladi. Masalan, oshqozon¬ichak, jigar, buyrak kasalliklarida ichki muhitning doimiyligi buziladi. Natijada hujayra ichidagi, hujayra oraliq va qon suyuqligining miqdori hamda kimyoviy tarkibi o'zgaradi. Bu esa o'z navbatida barcha a'zolarining ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatib, kasallik belgilari yana ham kuchayishiga sabab bo'ladi.
!chki muhitning o'zgarishiga tashqi muhit sharoiti ham ta'sir ko'rsatadi. Ma'lumki, Markaziy Osiyoning issiq iqlim sharoitida yoz oylarida ko'p terlash, nafasning tezlashuvi natijasida kishi organizmi ko'p suyuqlik yo'qotadi. Bu esa hujayra, hujayralararo va qon suyuqlikIari miqdorining kamayishiga, ularning kimyoviy tarkibi o'zgarishiga sabab bo']adi.
.Shuningdek, issiq vaqtda odam jismoniy mehnat qilganda ham terlash orqali ko'p suyuqlik yo'qotadi. Shuning uchun bunday sharoitda organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligini saqlash maqsadida terlash orqali yo'qolgan suyuqlik o'mi yetarli miqdorda suv (suyuqlik) iste'mol qilish bilan to'ldiriladi. Ich ketish, qusish va ko'p terlash natijasida organizmdan suv bilan birga tuzlar ham yo'qotiladi. Shuning uchun iste'mol qilinadigan suvga bir oz tuz qo'shilsa yoki mineral suv iste'mol qilinsa, ichki muhit suyuqliklarining faqat miqdori emas, balki kimyoviy tarkibining doimiyligi ham saqlanadi. Qon quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
1. Qonning tashuvchilik vazijasi. Oshqozon-ichaklarda hazmbo'lgan oziq moddalar (oqsillar, yog'lar, uglevodlar, mineral tuzlar, vitaminlar; suv) qon va limfa tomirlariga so'riIib, qon orqali hujayralarga yetkaziladi. Shuningdek, qon o'pkadan kislorod qabul qilib, hujayralarga olib boradi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq (zaharli) moddalar va karbonat kislota qonga o'tadi. Bu moddalar qon orqali ayirish va nafas oIish organlariga yetkaziIib, tashqariga chiqarib yuboriladi.
2. Qon barcha to 'qima va organlar funksiyasini gumoral yo 'l bilan boshqarilishida ishtirok etadi. Endokrin bezlarda sintez qilin¬gan gormonlar - biologik faol moddalar qonga o'tib, u orqali to'qima va organlarga yetkaziladi va ular nerv sistemasi bilan birga nerv-gumoral boshqarilishini ta'minlaydi.
3. Qon organizmni himoya qilish (immunitet) junksiyasini bajaradi. Qon tarkibidagi leykotsitIar (oq qon tanachalari) orga¬nizmga kirgan mikroblarni yutish, parchalash va eritib yuborish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, qon zardobida maxsus oqsiI zar¬rachalar (antitelalar) bo'lib, ular mikroblarni bir-biriga yopish¬tiradi va eritib yuboradi. Shunday qiIib, qonning immunitetIik funksiyasi organizmning har xiI yuqumIi kasaIliklardan saqla¬nishiga yordam beradi.
4. Qon tana haroratining nisbiy doimiyligini saqlashda ishtirok etadi. Qonning uzluksiz harakati orqali moddalar almashinuvi natijasida hosiI bo'lgan issiqlik energiyasi tananing barcha qismIariga
tarqalib, ulardagi harorat doimiyligini ta'minlaydi.