Benomuslar shahrining odamlari fozillar shahri odamlariday baxt-saodatni, haqtaoloni, u yaratgan hilqatlarni, aqlni va boshqa narsalarni biladilar, va ularga ishonadilar, ammo ularga amal qilmay, yuqorida aytganimiz jaholatdagi shaharlarning aholisiga o’xshab yashaydilar.
Beqaror shahar. Bunday shahar aholsining nazariy qarashlari va amaliy ishlari avvallari fozillar shahri aholisining qarashlari va ishlariga o’xshash bo’lgan, ammo keyinchalik bu yurtga begona g’oyalar asta kirib olib, uning aholisi qarashlarini butunlay o’zgartirib yuborgan.
Adashgan shahar aholisining fikricha, baxt-saodatga faqat o’lgandan keyin yetishish mumkin. Ammo, bu shahar xalqining Alloh-taolo azza va jalla haqida, uning yaratgan hilqatlari va faol aqlga doir fikr-mulohazalari, tasavvurlari shu qadar chalkashib ketganki, bunday tasavvurlar halol yashash uchun asos bo’lolmaydi, bu (chalkash) tasavvurlar Alloh yaratgan hilqatlarning suvratlarini ham aslini ham aks ettirmaydi.
Bunday shaharning birinchi boshlig’i o’zini ilohiy nur sohibi qilib ko’rsatadi, ammo aslida bunday emas; u o’zining ilohiyligini isbotlash uchun aldov, riyo, kibruhavo bilan ish tutadi.
Bunday shaharlarning hokimlari fozillar shahri hokimlarining teskarisidir. Shaharni boshqarish usullari ham mutlaqo qarama-qarshidir. Bu fikr shu shaharlar aholisiga ham taalluqlidir. Fozii shaharlarning bir-biriga izdosh bo’lgan imomboshliqlari yagona abadiy boshliqning yagona ruhini mujassam etadilar. Mabodo bir zamonda ko’pchilik shunday shaharlarning hokimlari yashasalar ular ham birgalikda yagona abadiy hukmdorni, ularning ruhlari esa yagona abadiy hukmdor ruhini mujassam etadilar. Fozillar shahri odamlaridan ba’zilari hamma uchun mushtarak - umumiy bo’lgan bilimlarni o’rganib ish yuritadilar, ba’zilari esa faqat muayyan mavqedagi odamlar bilishi zarur bo’lgan bilimlarni o’rganish va ish yuritish bilan shug’ullanadilar. Bu odamlarning har biri, shunday umumiy va xususiy bilimlar va faoliyatiar orqali saodatga erishadilar. Har bir shaxs baxt - saodatga eltuvchi faoliyat bilan qancha uzoqroq va avvalgidan yanada yaxshiroq shug’ullanaversa uning ko’ngli, ruhiy holati ham shunga muvofiq komilroq, fozilroq bo’lib boradi.
Forobiy jaholatdagi va adashgan shaharlar ahli qarashlari haqida so’z yuritib shunday yozadi, «Aholilarining diniy e’tiqodlari xurofiy, xato dunyo-qarashlarga asoslangan shaharlarni jaholatdagi yoki adashgan shaharlar deymiz”.
Ularning ba’zilari bunday fikrlashadi: ba’zi mavjudotlar bir-biriga qarshidir va bir-birlarini yo’q qilishga intiladilar. Mazkur mavjudotlarning har biri yashash sharoitida shunday quvvat maxfuzga egaki, shu narsa vositasida u qarama-qarshi mavjudotdan o’zini himoya qiladi va o’z zotini yo’qolib ketishdan asrab qoladi. U, yashash sharoitida yana shunday quvvatga egaki, shu narsa vositasida u o’ziga qarshi narsani yo’qotib, o’rnida o’ziga o’xshash mavjudotni paydo qiladi.
Va nihoyat, unga shunday bir qobiliyat beriladiki, shuning yordamida u turli narsalardan foydalanib, yashash uchun doimiy yaxshi sharoit vujudga keltirishga intiladi.
Mazkur mavjudotlarning ko’pchiligi o’zlariga ato etilgan qobiliyat tufayli qarshi ish ko’ruvchi (tug’dirgan mashaqqatlarni) yengib o’ta oladilar. Shu tarzda olamdagi har bir mavjudot o’ziga qarshi va umuman boshqa mavjudotlarni yo’qotib, o’z yashash sharoitini yaxshilashga intiladi. Bizga shunday ko’rinadiki, olamdagi barcha mavjudotlar faqat o’z yashash sharoitlarini yaxshilash uchun, o’ziga foyda keltirmay zarar keltiradigan boshqa barcha mavjudotlarni yo’qotish uchun, faqat o’zining yaxshiroq yashashini ta’minlash uchun dunyoga kelgan. Biz hayotda juda ko’p hayvonlarga tashlanib, o’zlariga tuzukroq foyda chiqmasa ham ularga zarar yetkazish va yo’q qilish uchun hamla qiladigan juda ko’p hayvonlarni ko’ramiz. Go’yo ularning har biri dunyoda faqat o’zi yashashi kerakday, boshqa mavjudotlarning yashashi unga zarar keltiradiganday, shu hayvon borligining o’zi uning uchun zararday, tabiatda boshqalarni yo’q qilishga intiluvchi hayvonlarni uchratamiz. Mabodo, biror mavjudot boshqa mavjudotlarni yo’q qilishni ko’zlamaganida ham, o’z foydasi uchun ularni qiynab ishlatishga intiladi. Ba’zi navdagi mavjudotlar boshqa navdagi mavjudotlar bilan huddi shunday munosabatdadirlar. Hatto bir navdagi mavjudotlar o’zaro ham shunday munosabatdadirlar. Bu mavjudotlar shunday yaralganki, doimo bir-biriga qarshi kurashib, birbirlariga dushmanlik qiladilar. Eng kuchlilari boshqalariga nisbatan mukammalroq tuzilgan bo’ladi. G’olib kelganlar ham bir-birini yo’qotishga urinadilar, go’yo boshqa mavjudotlar nomukammalday, ularning borligi bularga zarar keltiradiganday, yoxud boshqalar ularga faqat (qulday) xizmat qilish uchun yaralganday, barchasi bir-birini ezib ishlatishga intiladi.
Mana shu hodisalarda hech bir tartib, izchillik yo’q, deb o’ylashadi; mavjudotlarning shu fe’1-atvorlarida turli darajalari yo’q deb o’ylaydilar: bu mavjudotlarning turli xususiyatlari ularning o’z fe’1-atvoridan kelib chiqmasdan, tartibsiz yuzaga chiqaveradi, deb o’ylaydilar. Biz kuzatgan ma’lum mavjudotlarda ham shu va shunga o’xshash hodisalarni ko’ramiz.
Ba’zilarning o’ylashicha, mavjudotlarning tug’ma fe’l-atvori shunday. Bu mavjudotlar o’zlarining aqlsiz yoxud aqlli hayvonlarga o’xshash tabiatlariga ko’ra, o’z bilganlaricha, erkin holda harakal qiladilar. Shundaylarning fikricha (tabiatan) shaharlar bir biriga qarshi kurashishlari, o’zaro dushmanlik qilishlari zarur. Ularning (fazilatlik) darajalari yo’q, birlari boshqalariga nisbatan hurmatga sazovorroq emaslar, ularning hatti-harakatlarida izchillik, tartib yo’q, deb o’ylaydilar. Ular har bir odam o’zidagi barcha noz-ne’matlardan o’zi foydalanishi, shaxsiy manfaati uchun boshqalarga qarshi kurashishi kerak, eng baxtli odam shu kurashda dushraanlarni yengib chiqqan odamdir, deb o’ylaydilar.
Mana shu (sabab) larning hammasi tufayli ko’pchilik shahariarda jaholatdagi shaharlar aholisining qarashlariga xos fikr-aqidalar kelib chiqadi. Ba’zilar, odamlar o’rtasida tabiiy yoki ixtiyoriy bog’lanishlar yo’q, har bir odarni o’z manfaati uchun boshqalarning manfaatiga zarar yetkazishi, biri boshqasiga begona bo’lishi zarur, mabodo ular birlashsalar ham zarurat, majburiyat tufayli birlashadilar, o’zaro murosaga kelishsalar harn faqat biri g’olib chiqib, boshqalari mag’lub bo’lganida kelishadilar, deb o’ylaydilar. Bunda ular tashqaridan ta’sir etuvchi bir kuch tazyiqida o’zaro kelishuvga majbur bo’ladilar, agar ana shu kuch yo’qolsa kelishuv ham yo’qoladi, yana begonalashuv paydo bo’ladi va ular tarqalib ketadilar, deb hisoblaydilar. Insoniyatga xos hayvoniy aqidalardan biri mana shu aqidadir.
Boshqa ba’zilar esa, odamlar ayrim holda yashaganlarida yordamchilar va xizmatchilarsiz o’zlarining hayotiy ehtiyojlarini qondirolmagani uchun, shularning g’amxo’rligisiz yashay olmaganlari uchun birlashib yashash foydalidir, deb o’ylaydilar.
Ba’zilar fikricha, bunday birlashuv majburlash, zo’rlik ishlatish bilan amalga oshadi, yordamchilarga ehtiyoji bor odam boshqa odamlarning bir guruhini o’ziga bo’ysundiradi va o’sha guruhni o’zi uchun ishlatadi.
3.