Oldingi tahrirga qarang. (8-band “i” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son) umumta’lim muassasalarida pullik xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek homiylik va xayriya mablag‘lari orqali budjetdan tashqari jamg‘armalarni shakllantirish amaliyotini joriy etish;
k) xalq ta’limini boshqarishda strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllarini yaratish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar, sohada xalqaro tajribadan kelib chiqib ilg‘or yutuqlardan foydalanish amaliyotini kengaytirish:
xalq ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirishning kelajak modelini shakllantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini ko‘tarishga yordam beruvchi uzoq muddatli ssenariy asosida strategik rejalashtirish tizimini yaratish;
konferensiya, ko‘rgazma va boshqa tadbirlar yordamida mamlakatning xalq ta’limi sohasidagi yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash;
xalq ta’limi boshqaruvi sohasiga ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatning zamonaviy yutuqlarini joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish;
budjetdan tashqari manbalardan, homiylardan mablag‘lar tushishi va taqsimlanishini nazorat qilish maqsadida raqamli onlayn-platformalarni yaratish;
zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda virtual ta’lim metodlarini joriy etish;
ma’muriy va ta’lim jarayonlarini optimallashtirish uchun zamonaviy blokcheyn texnologiyalarini joriy etish;
l) davlat-xususiy sheriklik asosida umumta’lim tarmog‘ini rivojlantirish hisobiga xalq ta’limi tizimida raqobat muhitini kengaytirish:
nodavlat umumta’lim maktablariga davlat subsidiyalarini berish mexanizmini yaratish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
xalq ta’limi sohasida davlat-xususiy sheriklikning yangi turlarini joriy etish;
m) yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish:
yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish;
yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish;
yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish;
yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish;
o‘quvchi-qizlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish.