Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə21/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

2. Milliy davlatchilikda: 1)dan milliy xususiyatlarni hetiborga olish lozim. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda birinchi tamoyilga ko’ra o’zbek xalqining o’ziga xosligi, uning boy tarixiy anhanalari, davlat boshqaruvi, o’ziga xos fikrlash tarzi qadimgi davrlardan rivojlanib kelganligi, yahni mentalitetini hisobga olish lozim. 2) Albatta islom dini qadriyatlarini nazarda tutish kerak, bu o’tmish islom madaniyati bilan bog’liqdir. 3)dan O’zbekistondagi demografik vaziyatni, yahni aholi va bolalarning boshqa mintaqalarga nisbatan boshqacha ekanligi, bolaparvar inson ekanligi xususiyatlarini inobatga olish. 4)dan O’zbekistonning qulay geosiyosiy makonda joylashganligi, SHarqu G’arbni bog’lovchi darvoza ekanligini hisobga olish. 5) dan O’zbekistonda 120 dan oshiq milliy etnik xalqlarning istiqomat qilishini hisobga olish. 6)dan O’zbekistonning o’ziga xos iqlimi, tabiiy sharoitlarini hisobga olish. 7) O’zbekiston yetarli salohiyatga ega bo’lgan jamiyat va davlat ekanligini hisobga olish.

3. Islom davlatchiligida din davlat siyosati darajasiga ko’tariladi. Bunga bir qancha arab va islom davlatlarini misol qilib keltirish mumkin.
Albatta O’zbekiston o’z milliy davlatchiligini rivojlantirib, dunyoviy davlat qurish yo’lidan borishda yuqorida aytilgan asosiy elementlarga ehtibor beribgina qolmay, o’z oldiga qo’ygan vazifalarni, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalarda belgilab olish imkoniyati mavjud bo’ladi.

  1. Prezident Islom Karimov «O’zbek modeli»ni 1992-93 yillarda o’zining «O’zbekistonning o’z ictiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston­­bozor munosabatlariga o’tishning o’z yo’li» asarlarida ilmiy jihatdan asoslab berdi. Prezidentimiz har bir mamlakat o’ziga xos «o’tish davri»dan borib, islohotlarni amalga oshirishi mumkinligini aytgan edi. Bu modellar klassik (anhanaviy) asosda kechishi mumkin. Bunda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish bir necha yillar, hatto asrlarni o’z ichiga olgan.


Umuman «O’zbek modeli» bugungi kunda o’zini to’la oqlamoqda va bu model asosida iqtisodiyotda, siyosatda, ma’naviyatda katta muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.


O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot dasturi bo’lib, bu dastur ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning g’oyaviy-nazariy negizini tashkil etadi. Mazkur islohotlar mustaqillik yillarida bir nechta bosqichlarni bosib o’tadi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida eski mahmuriy-buyruqbozlik tizimi tugatildi va milliy davlatchilikning siyosiy-huquqiy poydevori barpo etildi. Keyingi bosqichda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning huquqiy asosi yaratildi, iqtisodiyotning barqarorlashuviga erishildi. Islohotlarning navbatdagi bosqichida davlatimiz rahbari I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli dasturiy asarida belgilab berilgan olti ustuvor vazifalar amalga oshirila boshlandi. Bu vazifalar quyidagilardan iborat:
1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish;
2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish;
3. Jamiyatimiz kelajagini belgilab beruvchi kadrlar siyosati;
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o’sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish;
5. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash;
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlash;4



Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin