Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org
1-slayd
Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy- axloqiy negizlari O’zbekistonni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li
to’rta asosiy negizga asoslanadi
Bu negizlar:
2-slayd
Milliy va umuminsoniy tamoyillar.
Milliy
tamoyillar
Xalqimiz hayotida jamoa bo’lib yashash ruhining ustunligi.
Jamoa timsoli bo’lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi.
Ota-ona, mahalla-ko’y, umuman jamoaga yuksak hurmat-e’tibor.
Millatning o’lmas ruhi bo’lgan ona tiliga muhabbat.
Kattaga - hurmat, kichikka –izzat.
Mehr-muhabbat, go’zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi-ayol zotiga ehtirom.
Sabr-bardosh va mehnatsevarlik.
Halollik, mehr-oqibat va h.k.
Bu tushunchalar bir-biri bilar uzviy bog’liq bo’lib, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishda muhim vazifa va manba hisoblanadi. 2002 yil 29 avgust Oliy Majlisning 9-sessiyasida Prezidentimiz Islom Karimov “O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asolarini shakllantirishning aososiy yo’nalishlari” mahruzasida jamiyatni ma’naviy yangilash lozimligi tushunchasini mohiyatan ochib berdi. “Barcha islohatlarning bosh yo’nalishi va samaradorligi pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezonidir” deb bu masalaga alohida ehtibor qaratgan edi. Inson manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur sharoit, imkoniyat yaratish orqali demokratik jamiyatni barpo etish mumkin. Prezidentimiz bu masalaga diqqat berib, “Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ma’naviy merosi ming yillik tariximiz va madaniyatimizga asoslangan ma’naviy hayotimizni tiklay boshladik. Dinimiz, tilimizga qaytdik, milliy urf-odatlarimiz va anhanalarimiz, xullas inson ma’naviyatiga daxldor barcha boyliklarimiz qaytadan qad rostlamoqda”.
Barkamol shaxs-demokratik jamiyat tushunchasidir. Ma’naviy barkamol inson xaqidagi ijtimoiy-siyosiy qarashlar, falsafiy fikrlar tarixda kecha paydo bo’lgan emas. Uning tarixiy ildizlari SHarq mutafakkirlari ijodiy, falsafiy tahlimotlariga borib taqaladi. SHu sabab “Biz sog’lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz” degan edi I.Karimov.Prezidentimiz bu borada komil insonga tahrif berib, ongi yuksak, mustaqil fikrli, xulq atvori bilan ibratli, bilimli, mahrifatli kishini tushunishini bayon etgan edi. SHu boisdan ham jamiyatning ma’naviy yangilanishi demokratik jamiyat barpo etish omilidir. Milliy-ma’naviy negizlarni bilish uchun tarixni, milliy o’zlikni anglash ham zarur, chunki xalq ma’naviyatning asosidir.
Darhaqiqat, demokratiya har bir inson uchun oliy qadriyatga, jamiyatning boyligiga aylanmog’i kerak. Busiz u shunchaki nazariya yoki qog’ozda qolgan qonunligicha qoladi, xolos. “Barcha islohotlarimizning bosh yo’nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezonidir.”41 Negaki, bozor iqtisodiyotini barpo etish birdan-bir maqsad emas. Barcha islohotlar – iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlardan ko’zlangan pirovard maqsad insonning mehnat, ijodiy va ma’naviy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishdan iborat. «SHu sababli – deb ta’kidlagan edi – Prezident I.A.Karimov – jamiyatning sifat jihatidan yangi holatga o’tishida bizga islohot chog’ida odamlar moddiy ahvoli keskin yomonlashadigan, axloqiy qadriyatlar, ma’naviy tayanchlar barbod bo’ladigan, o’tish davrining barcha qiyinchiliklari aholi yelkasiga tushadigan andoza maqbul emas»42. Binobarin, eng avvalo, erkin fikrlaydigan odamgina o’z Vatanining haqiqiy farzandiga aylanadi. CHunki tafakkur ozod bo’lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutilmasa, inson to’la ozod bo’lolmaydi. Inson ozod emas ekan - jamiyat demokratik tamoyillarni qabul qilmaydi.
Demak, inson manfaatlarini amalga oshirish uchun zarur sharoit, imkoniyat yaratish orqaligina demokratik jamiyatni barpo etish mumkin.