Reja: Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari


Ta’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo‘llaniladi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə68/80
tarix28.09.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#150262
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
PEDAGOGIKA FANI UNI O`QITISH PREDMETI VA METODOLOGIYASI

Ta’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo‘llaniladi:
Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ularga muammoli, tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, masofali o‘qitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish mumkin. Mazkur texnologiyalar innovatsiya tavsifiga ega bo‘lib, novator o‘ qituvchilar, olimlar va izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan va amaliyotga keng tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘linganidan so‘ng uni amaliyotchi o‘qituvchilar o‘z faoliyatida qo‘llaydilar.
Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja o‘zida ma’lum bir o‘quv fanini o‘qitish jarayonini loyihalash va rejalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘qish darsini har safar texnologik modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak. Hozir ko‘p ta’kidlanayotgan texnologik model loyihalashga, texnologik xarita rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Natijada har bir fanni o‘ qitish texnologiyasi yuzaga keladi.
Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining ma’lum tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar.
Metodika- qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika” tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘ liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi.
Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay, maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’tiborni qaratadi.
2.Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. Didaktik tadqiqotlar ko‘rsatadiki, ta’lim metodlari nomenklaturasi (nomlanishi) va tasnifi ularni ishlab chiqishda tanlangan yondashuvga bog‘liq holda juda xilma-xil ekanligi bilan xarakterli. Ulardan eng muhimlariga to‘xtalamiz.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin