Reja: Perforatorlar haqida umumiy tushuncha



Yüklə 256,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix22.03.2023
ölçüsü256,39 Kb.
#89024
1   2   3
1-tajriba ishi

Perforatorning ishlash prinsipi. Zarb beruvchi porshen siqilgan havo 
ta’sirida oldinga va orqaga harakatlanadi. Bu harakatlar havotaqsimlash 
qurilmasining siqilgan havoni silindrning o’ng va chap yuzalariga navbatma-
navbat uzatishi natijasida sodir bo’ladi. Oldinga harakatlanish vaqtida zarb 
beruvchi porshen ishchi qadami oxirida perforatordagi burg’ilash asbobini tutib 
turuvchi qismiga zarb kuchini yetkazadi; zarb beruvchi porshen orqaga 
harakatlanganda xrapovik qurilma 5 va buriluvchi vint 6 lar yordamida ma’lum 
burchakka buriladi. Bunda u o’ziga birikib to’rgan buksa 13 i grandbuksa 14 va
burg’ilash asbobi xam buriladi. 
Kolonkali perforatorlar – (62-rasm) tayanch kolonkalarga yoki yuklash 
mashinalari manipulyatorlariga, hamda maxsus o’rnatish moslamasiga ega bo’lgan 
qurilmalarga o’rnatiladi. Bu turdagi perforatorlar qattiq tog’ jinslaridan shpurlar va 
skvajinalar o’tishga mo’ljallangan.
62-rasm. 
Tayanch 
kolonkalarga o’rnatilgan pnevmatik 
perforator. 
63-rasm. Shenyang kompaniyasining YSP45 teleskopik perforatori. 


Kolonkali perforatorlar qattiqligi f=20 bo’lgan tog’ jinslaridan burg’ilash-
portlatish usuli bilan lahim o’tishda diametri 40-65 mm va chuqurligi 25 m gacha 
bo’lgan shpurlar va skvajinalar (perforator PK75) burg’ilashga mo’ljallangan.
Kolonkali perforatorlar ko’chiriluvchi perforatorlarga nisbatan quvvatli va 
og’ir mashina hisoblanadi. Ular uzatuvchi qismi va ikkita aoosiy – aylantiruvchi va 
zarb beruvchi mexanizmlardan iborat bo’lib, aylantirib-zarb berish usuli bilan 
burg’ilaydi. Burg’ilash asbobining mustaqil ravishda aylanishini alohida planetar 
tuzilishga ega bo’lgan pnevmomotor bajaradi. Bu esa reduktor vazifasini ham 
bajarib, konstruktsiyasining oddiyligini ta’minlaydi.
Teleskopik perforatorlar – (63-rasm) konstruktiv yaxlit mashina hisoblanib, 
perforator va pnevmotutgich o’za’ro tortuvchi bolьtlar bilan birlashtirilgandir. Bu 
turdagi perforatorlar qattiq tog’ jinslaridan vosstayuщiylar o’tishda shpur va 
skvajinalar burg’ilashga xizmat qiladi. 
Teleskopik PT29M (PT38) perforatorlari qattiqligi f=17 bo’lgan tog’ 
jinslaridan vosstayuщiy o’tishda diametri 36-40 mm va uzunligi 4 m gacha bo’lgan 
shpurlar burg’ilashga, PT36M (PT48) perforatorlari esa f=20 bo’lgan tog’ 
jinslaridan diametri 52-85 mm va chuqurligi 15 m gacha bo’lgan vosstayuщiy 
skvajinalarini burg’ilashga mo’ljallangan.
Teleskopik perforatorlarning konstruktsiyasi ko’chiriluvchi perforatorlardan 
farq qiluvchi jihati shundaki, unda burg’ilash shlamini keng profilda harakatini 
ta’minlovchi pnevmouzatgich qurilmasi mavjuddir.
Havo taqsimlash qurilmasi tuzilishi bo’yicha perforatorlar zolotnikli, 
klapanli va klapansiz taqsimlanishli bo’ladi. 
Zarb chastotasi bo’yicha perforatorlar sinflarga bo’linadi – bir minutda 1800 
zarb va tez zarbli – 2300 va ko’p zarb chastotali 
Nazorat savollari: 
1. Perforatorlar haqida umumiy tushuncha. 
2. Perforatorlar turlari. 
3. Perforatorlar tuzilishini o`rganish. 
4. Perforatorlar ish prinsiplarini o`rganish. 



Yüklə 256,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin