Alyumin qotishmalarining asosiy legirlovchi elementlari: Cu, Mg, Si, Mn, Zn va kamroq: Ni, Li, Ti, Beriliy, Tsirkoniy. Bularning ko‘pchiligi chegaralangan qattiq eritma hosil qiladi.Alyumin qotishmalari quyidagi mezonlar bo‘yicha klassifikatsiya qilinadi:
a) Ishlab-chiqarish texnologiyasi.
b) Termik ishlashga moyilligi.
v) Xossalariga qarab.
Barcha alyumin qotishmalarini uchta gruppaga bo‘lish mumkin:
1. Deformatsiyalanadigan qotishmalar (termik ishlash natijasida puxtalanadigan va puxtalanmaydigan)
2. Quyma qotishmalar
3. Kukun metallurgiyasi asosida olina digan qotishmalar: SAP, SAS. Deformatsiyalanadigan va quyma alyumin qotishmalari orasidagi chegara - bu alyumin qattiq eritmasini evtektika haroratida to‘yinish chegarasidir. Rasmga qarang: A - deformatsiyalanadigan qotishma. Bu ham ikki bo‘lakdan iborat:
Puxtalanadigan va puxtalanmaydigan qotishmalar chegarasi - bu alyumin qattiq eritmasini uy haroratida to‘yinish chegarasidir.
Rasm 12.1 A - deformatsiyalanadigan qotishma V - quyma qotishma I - puxtalanmaydigan termik ishlash bilan II - puxtalanadigan termik ishlash bilan.
Bronzalar
Bronzalar
Mis qotishmasida asosiy komponentlar kalay; Al; beriliy; Si; qo‘rg‘oshin bo‘lsa, qotishma bronza deyiladi. Markalanishi: BR OF 6,5-0,15 da 6,5% - kalay, 0,15% - fosfor bor; qolgani mis.
Misning nikelь va boshqa legirlovchi elementlar bilan qotishmalari bronzaning alohida turlari bo‘lib, ularni melьxior, neyzilьber, kunial, kopelyam deb nomlashadi. Masalan, melьxior MNJ Mts 30-1-1 da 29-33% Ni va Co; 0,5-1% - Mts; 0,5-1% - Fe bor, qolgani mis.
Bronzalar 2 turga bo‘linadi: a)qalayli; b) maxsus-qalaysiz.
Qalayli bronzalar yuqori antifriktsion-ishkalanib yeyilishga qarshiligi xususiyatiga ega, kizib ketishga befarq, sovuqka chidamli, magnit emas. Kamchiligi quymada govaklar hosil bo‘lishiga moyiligi.
Fosfor bilan legirlansa, mexanik, texnologik va antifriktsion xossalari ortadi. Qo‘rg‘oshin qo‘shilsa; zichligi oshadi, antifriktsionligi ortadi; qirqib ishlash osonlashadi; lekin mexanik xossalari yomonlashadi. Rux texnologik xossalarni yaxshilaydi, temir (0,09%) mexanik xossalarni yaxshilaydi.
Legirlash darajasi meoridan oshirib yuborilsa, korroziya bardoshligi va texnologik xossalari birdaniga (rezko) pasayadi.