20- mavzu Пулнинг халкаро муносабатлардаги ҳаракати
Uzoq muddatli istiqboldagi valuta kurslari. Valuta kursi ham erkin bozordagi har qanday mahsulotning yoki aktivning narxi talab va taklif nisbati orqali aniqlangandek aniqlanadi. Tahlilimizni osonlashtirish uchun erkin bozordagi valuta kursini ikkita qismga bo’lamiz.Birinchi valuta kursini qanday qilib muddatli davrga o’rnatilishini tahlil qilamiz, keyin olingan bilimlardan foydalangan holda valuta kursini qanday qilib qisqa muddatga o’rnatilishini ko’rib chiqamiz.
Davlatlararo kelishuvlar bilan o'rnatiladigan valyuta munosabatlarini tashkil etishning davlat-huquqiy shakli sifatidagi valyuta tizimi bir vaqtning o'zida paydo bo'lgani yo'q. Uning pul tizimidan ajrab chiqishi va mustaqil kategoriyaga aylanishi qiymat pul shaklining uzoq rivojlanishi hamda pul o'rnini bosuvchilar paydo bo'lishi jarayonida sodir bo'lgan.
Pul tizimi qiymatning pul shakli pul vazifasining noyob metallarga va so'ng oltinga o'tishi bilan vujudga keladi. Bunda pul tizimini tashkil etish asoslari barcha mamlakatlar uchun umumiy bo'lgan. Bu birinchi navbatda pul metalidan tangalarning erkin zarb etilishi, qiymat belgilarini to'sqinliksiz oltinga almashtirilishi va oltinning bir mamlakatdan boshqa mamlakatga erkin harakatidan iboratdir.