Koʻpgina yarimoʻtkazgichlar bosim ostida metall holatga oʻtadi (oltingugurt 8 120000 atm. bosimi ostida metallga aylanadi). Tashqi bosim tufayli 1 atomga toʻgʻri keladigan hajm atomning odatdagi hajmidan kichik boʻlib qolganda atomlar oʻz indivialligini yoʻqotadi va modsa oʻta siqilgan electron yadroviy plazmaga aylanadi.

Moddaning bunday holatini oʻrganish, xususan, yulduzlarning strukturasini tushunish uchun juda muhim. Qattiq jismning tuzilishi va xossalarining oʻzgarishi (fazaviy oʻtishlar), temperatura oʻzgarganda, magnit maydon taʼsirida va boshqalar tashqi taʼsirlar natijasida ham yuz berishi mumkin.
Qattiq jismlar fizikasi zamonaviy materialshunoslikning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli maktab fizika kursida qattiq jismlar fizikasini o‘rganishga bag‘ishlangan o‘quv materiali qattiq jismning tuzilishi va xossalari haqidagi fanning zamonaviy holatini aks ettirmogi lozim. Fizika kursida qattiq jismlarning tuzilishi va xossalarni o‘rganish, qattiq jismlarni olish va ulardan amalda foydalanish masalalari bilan uzviy bog‘liqdir. Zamonaviy ishlab chiqarishning ilmiy asoslari qattiq jismlarning texnikada qo‘llanilishining fizik asoslari haqidagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi. Binobarin, o‘quv materialining mavzusi konstruksion va qurilish materiallari zamonaviy texnologiyasining asosida yotuvchi ma’lum fizik g‘oyalarni aks ettirishi lozim. Bu o‘quvchilarga qattiq jismlarning mexanik xossalari va tuzilishini o‘zgartirish haqidagi umumiy tushunchalarni olish imkonini beradi. Ideal va real kristallarning tuzilishini bilish maktabda metallar va yarim o‘tkazgichlarning tuzilishi hamda ularning elektr o‘tkazuvchanligi mexanizmini o‘rganish uchun kerak bo‘ladi.