3. Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo’llari
Yerdan va suvdan samarali foydalanish nafaqat Hozirgi kunning hatto kelajakda xam talab qilinadigan dolzarb va zarurat masaladir.
Yer va suvdan foydalanish darajasini va samaradorligini oshirish yo’llari quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi.
a) qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining tatibidan va imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish zarur.
Albatta, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan yaxshi foydalanilgan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va aholiningi ehtiyojini inobatga olish kyerak. Lekin shunday bo’lganda, yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil etish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho’r bosgan yerlarga kuzgi don ekinlarini joylashtirsak samaradorlikni pasaytiradi. Hozirda O’zbekistondagi jami sug’oriladigan yerlarning 47.8% sho’rlanmagan, 30.8% kam sho’rlangan, 17.2 % o’rtacha sho’rlangan va 4.2% kuchli sho’rlangan yerlardir.
Respublikamizdagi qishloq xo’jalik yerlarinig meliorativ holati bo’yicha ularning 38% yaxshi, 53.4% qoniqarli va 8.2% qoniqarsiz ya’ni meliorativ holati yomon yerlardir.
Dostları ilə paylaş: |