Reja Qishloq xo`jalik hayvonlarni kelib chiqishi va evolutsiyas
3.Qishloq xo‘jalik hayvonlarining ekstereri, intereri va konstitutsiyasi. Qadim zamonlardan buyon kishilar xonaki hayvonlarni tana tuzilishiga qarab baholanganlar, asosan shu ko‘rsatkich bo‘yicha hayvonlarni urchitishga qoldirganlar. Tana va uning qismlari yaxshi rivojlangan, kelishgan hayvonlarni urchitishga qoldirish, ularning mahsuldorligini oshirishga sabab bo‘lgan, ya’ni yelini mo‘tanosib rivojlangan, hajmdor bo‘lsa sersutlikka sabab bo‘lgan, yoki juni o‘sgan va mayin bo‘lsa serjunlikni ta’minlagan va hokazo. Lekin bu jarayon ongli kechmagan. Bejiz mashhur turkman shoiri: “... bir bedovni saylab olar bo‘lsangiz siynasi, sag‘rini kelishin ko‘ring”, dYemagan. Keyinchalik hayvonlarni tana tuzilishi maqsadli tanlash orqali amalga oshirilib o‘zi uchun kerakli tana tuzilishiga mos mahsulot yo‘nalishidagi hayvonlarni shakllantirishga erishadilar, sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramollar; salt miniluvchi va og‘ir yuk tortuvchi otlar; jun, barra teri, po‘stinbop teri, go‘sht-yog‘ beruvchi qo‘ylar; go‘sht va yog‘ yo‘nalishidagi cho‘chqalar; tuxum va go‘sht yo‘nalishidagi parrandalar va hokazo. 14 Hayvonlar tashqi tuzilishini baholash nazariy va amaliy ahamiyatga ega, ya’ni ajdodlari tana tuzilishi tahlili asosida avlod ko‘rsatkichlarini faraz qilish, tana qism va a’zolarnini mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash muhim ahamiyat kasb etadi. Eksterer – tashqi tuzilishi (tashqi shakl) bo‘lib, hayvonlarda ma’lum sharoitda irsiyat ta’sirida shakllanib, yosh ulg‘ayishi bilan o‘zgardi. Eksterer to‘g‘risida fan qishloq xo‘jalik hayvonlarini ularning tashqi tuzilishiga qarab xo‘jalik va nasl qiymatini aniqlashni ta’minlaydi. Hayvonning tashqi tuzilishi, uning tanasining ayrim qismlarini rivojlanishiga qarab qaysi mahsuldorlik yo‘nalishiga mansubligini aniqlash imkonini beradi. Masalan : A) sut yo‘nalishidagi qoramollarda go‘shtdor qoramollarga nisbatan muskul va yog‘ to‘qimalari yaxshi rivojlangan. Tanasi uchburchak, ba’zi suyaklari bo‘rtib turadi, teri yupqa burmali, egiluvchan, oson tortiladi. Ularda sut hosil qilish a’zolari va qorni juda yaxshi rivojlangan. Boshi uzun va tor. Kuragi unchalik yaxshi rivojlanmagan (eni torroq). Oyoqlari mustahkam, to‘g‘ri qo‘yilgan, go‘shtdor qoramollarga nisbatan biroz uzunroq bo‘ladi. B) go‘shtdor qoramollar tanasi chuqur va keng, kuchli rivojlangan muskul va teri osti qatlamiga ega. Terisi yumshoq, nozik. Boshi yengil, kalta, keng. Buyni kalta, yo‘g‘on. Ko‘kragi keng va chuqur. Yag‘rini, beli, biqini uzun, keng va go‘shtdor. Orqa qismi uzun, keng, tekis bo‘lib muskullar bilan to‘lishgan. Oyoqlari kaltaroq bo‘lib, keng qo‘yilgan, ko‘pincha biroz egilgan bo‘ladi. Tashqi tana tuzilishi hayvonlarning jinsiga qarab ham farqlanadi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining ba’zi tana a’zolari jinsiy belgi bo‘lib hisoblanadi.