Reja:
1. Qoziq ishlarining ahamiyati , ular to’g’risida umumiy
tushunchalar va turlari.
2. Qoziq qoqishning asosiy usullari.
3. Har xil sharoitli qoziq ishlarini bajarish.
4. Qoziq qoqish mexanizmlarining ish unumdorligi.
5. Qoziq ishlarini bajarishda nazorat.
Gidrotexnika qurilishlarining o’ziga xos hususiyatlaridan biri murakkab
tabiiy sharoitd a bajarilishidir . Ob’yektlarni markaziy aholi yashash joylaridan
olisda joylashishi, injenerlik kommunikatsiyalarining hamma joyda ham mavjud
bo’lmasligi, geologik, metereologik va gidrogeologik sharoitlarning murakkabligi
bilan harakterlanadi. Ko’rsatilg an sharoitlardan kelib chiqib gidrotexnik inshootlar
qurilishida qoziqlardan foydalaniladi . Qurilishda qoziqlar tepadan ta’sir etadigan
kuchni yerni pastki qatlamlariga o’tkazish uchun qo’llaniladi..
Agarda qoziq yukni o’ziga qabul qilib yerning ma’lum p astki (chuqur
joyidagi) qattiq qatlamga o’tkazsa, ya’ni yukning asosiy vazni pastki qatlam
asosida tutib turilsa buni ustun qoziq deb tushuniladi (10.1 -rasm,a). Agarda qoziq
311
yukni qabul qilib atrofdagi gruntga, uning ishqalanish qarshiligi hisobiga (atrofi va
pastki uchi) o’tkazsa, uni muallaq qoziq deb tushuniladi (10.1 -rasm,b) .
10.1-rasm.Qoziqlarning turlari va qoziqli asoslar:
A-ustun qoziq; b-muallaq qoziq; v-qiya qoziqlar; g-qoziqli maydon; d-qoziqlar
kusti; e-qoziqni qoqishda uning atrofi gruntini zichlanish sxemasi.
Qoziqning o’z atrof grunt ta’sirisiz ko’tarilish mumkin bo’lgan tashqi kuch
miqdori uning tutib turish qobiliyati deyiladi . Qoziqning tutib turish qobiliyatiga
uning atrofi gruntining zichlanishi ham ta’sir etadi. Inshoot maydoni bo’yicha bir
tekisda taqsimlangan qoziqlarni – qoziqli fundament deyiladi. Bunda qoziqlar
inshoot fundamenti vazifasi va funksiyasini bajaradi.
Qurilish amaliyotida bir nechta qoziqni bir joyga to’plab ishlatish ham
ma’lum. Qoziqlar to’p–to’p shaklda ishlatiladi. Bularni qoziqlar kusti
deyiladi(10.1-rasm,d). Gorizontal yoki qiya kuchlarni qabul qilish uchun
gorizontal yoki qiya qoziqlar qo’llaniladi(10.1 -rasm,v). Bundan tashqari shpunt
qoziqlar ham gidrotexnik qurilishida ishlatiladi . Buning uchun qoziqlar qulf
moslamasi bilan ishlab chiqariladi. Bir qoziq qoqiladi, uning yondan qiya qilib
qoqiladi va shpunt katorlarini hosil qilinadi. Yo’naltirilgan gorizontal ushlab
turishni quvvatlovchi va shpunt qatorlarini belgilangan y o`nalishda tutadiganlarini
mayak deb tushuniladi.
Qurilishda qo’llaniladigan qoziqlarni yasaladigan materiallari bo’yicha
quyidagi turlari mavjud: yog’och, temir-beton, metall, beton, grunt va
kombinatsiyalashgan
312
Ularning ko’proq tarqalganlari yog’och va temir-beton qoziqlari hamda
yog’och va metall shpuntlardir. Ko’rsatilganlardan tashqari tiqib (ya’ni
yerga)
hosil qilinadigan qoziqlar mavjud(10.2 -rasm).
Qoziq ishlari kompleksiga quyidagilar kiradi: qoziqni yasash; ishni bajarish
uchun hududni tayyorlash va geodizik belgilash; qurilish maydoniga
keltirish,
yig’ish, asbobni rostlash va sinab ko’rish; tayyor qoziqlarni qoqish joyiga
tashib kelish; quduqni yoki shpunkani botirish (qoqish); qoziqni belgilangan
sathda qirqish; jihozlar demontaji.
10.2-rasm.Qoziqni gruntga botirish usullari:
a-qoqish(mexanik); b-yuvish; v-titratma botirish; g-titratma qoqish; d-
yuvish bilan titratma
botirish; e-bosimli titratish; j-burab kiritish.
Qoziq yoki shtunt qoqishning amaliyotda quyidagi usullari mavjud:
qoqish (mexanik zarba bilan);
yuvib (gruntni) kiritish;
titratish bilan;
titratish -qoqish;
bosimli titratish bilan;
burab kiritish. 313
Qoziq qoqishda kopr qurilmasidan foydalaniladi. Kopr qurilmasi (10.3 -rasm) qoziq qoqish qurilmasini va qoziqni
belgilangan holatda ushlab turish uchun
qo’llaniladi. Ular yig’ma yechiladigan tuzilma b o`lib, baza mexanizmi va
moslamalari bilan ishlatiladi, asosan bir kovishli ekskvatorlarga almashtiriladigan
ishchi jihoz sifatida hamda universal, yarim universal rels bazali va boshqa
tuzilmali asos qismli tuzilmalari mavju d.
Har qanday kopr qurilmasining asosiy ishchi ko’rsatkichi uning xartum
uzunligidir, chunki u qoziq uzunligi va qoqish mexanizmi o’lchamlarini ishlash
imkoniyatini belgilaydi. Qiya qoziqlar qiyalanadigan kopr qurilmalari yordamida
qoqiladi. Ko’p ish hajmli joylarda yirik o’lchamli katta kopr qurilmalaridan
foydalaniladi. Aksincha, kam ish hajmli joylarda ekskvator yoki traktor bazasidagi
kopr qurilmalaridan foydalaniladi.
Kopr qurilmasi xartumining balandligi, yuk ko’tarish qobiliyati, man
yovrli
mobilliligi hisobga olinib jamlanadi .
Koprning talab etiladigan balandligi (1 0.1)
Nk = Ns+1m+ 1ex+ 1 h (10.1)
Qoziqni qoqish (mexanik ta’sir bilan) usuli eng ko’p amaliyotda tarqalgan
bo’lib, unda qoziqning o’tkirlangan uchi gruntga kiradi. Natijada grunt
zarrachalarini atrofga va qisman pastga siljitadi. Qoziqni qoqishda sarflanadigan
energiyani miqdori ko’p faktorlarga bog’liq: qoziqning o’lchamlariga, gruntning
qurilish hossalariga, qoqish chuqurligi, qoqishning tuzilish ko’rsatkichlari va
boshqalar qoziqni qoqish unumdorligiga ta’sir etadi. Granulametrik tarkibi mayda
donador zarralardan tashkil topgan gruntlarda qoziqni qoqish osonro q, aksincha
bog’lanmagan tarkibida yirik o’lchamli aralashmalar bor gruntlarda qiyinroq
bo’ladi.
Qoziq qoqishda birlik vaqt ichidagi zarbalar soni yoki qoziqni gruntga
kiritishni o’lchov o’tkazish uchun bajarilgan zarbalar seriyasi qoziq qoqish
amaliyotida «zalog» deb tushuniladi. Bir zalogda qoziqni botirilishi (yerga kirishi
miqdori) «otkaz» deyiladi. «Otkaz» miqdori bo’yicha qoziqning tutib turish
qobiliyati baholanadi.
Qoziq qoqishni amalga oshiradigan har xil tuzilmali bolg’alar mavjud (10.4 -rasm). Ularning kiritish
qobiliyatini harakterlovchi asosiy ko’rsatkichlari bo’lib
zarba berish qismining massasi va bir zarbaning energiyasi hisoblanadi. Bu 316
energiya jismning erkin tushish balandligi va siqilgan havo, suv bug’ining
ta’siridan, yoqilg’ining yonishidan olinadigan qo’shimcha ene rgiyadan hosil
bo’ladi.
Qoziq ishlarini quruq joyda yoki suv bosgan joyda bajarishga to’g’ri keladi.
Birinchi holatda qoziq ishlari bajariladigan joy mexanizmlarini erkin harakatlanish
uchun tekislangan bo’lishi lozim. Agarda tekislash ishlarini bajarish imkoniyati
bo’lmasa bunday holatda vaqtinchalik qoziqlarga yoki taxlangan shpallarga
o’rnatilgan ko’priklardan foydalaniladi (10.6 -rasm).
324
Bunday inshootlarni tuzilishini jihozlarining og’irlik kuchini hisobga olib
bajariladi.
Ikkinchi holatda p ioner usulidan foydalaniladi. Bunda suzuvchi koprlardan
yoki chuqur bo’lmagan joylarda vaqtinchalik harraklar, vaqtinchalik qoziqlardan
foydalanib ish bajariladi. Qalin muz qatlami bor joylarda esa muz ustida yurib ish
bajariladi.(10.7-rasm).
Kopr alohida yo’l qismlari bo’lgan chana yoki relsda harakatlanishi
mumkin. Bunday holatda qoqilgan qoziq ustiga ko’chma yo’l yotqiziladi (10.6 -rasm,a,b. 1 -holat).
Koprning 1 -uchastkada ishini bajarish davomida navbatdagi
uchastkada 1-uchastkadagidek ish olib boriladi (II-holat). I-uchastkadagi yo’l
qismi ko’chirilib III-qismiga o’tkaziladi va shu tartibda ishni davom
ettiriladi(10.8 -rasm).
Ushbu mexanizmlar ham har qanday mexanizmlar kabi qoziq qoqish qismi
bo’yicha) o’lchanadi. Shpuntlar bo’lsa ular qatorining uzunligida yoki
chuqurligida o’lchanadi. Shu sababli ish unumdorliklarini m/smena,
dona/smena
da o’lchanishi qabul qilingan. Qoziqni qoqish davriy qaytalanmaydigan TSiklni
tashkil etuvchilar miqdori ustanovkalarning, ishlarning qanchalik
darajada mexanizatsiyalashganlik darajasi bilan bog’liq. Koprning
harakatlanishi,
harakatlanish masofasi, massasi, xizmat ko’rsatuvchining malakasi va tajribasi
tsiklga tasir etuvchi elementlar hisoblanadi. Bular amaliyotda o’rtacha 50 foizni
tashkil etadi. Shu sababli kopr qurilmasini tanlashda yuqoridagi harakteriga
ko’p
etibor berish kerak bo’ladi.
Qoziq ishlari asosan yopilib ketadagan ish turiga kiradi. Shu sababli ishni
bajarishning har – bir bosqichida nazorat ishlarini olib borish kerak bo’ladi. Qoziq
ishlarining asosiy hujjatlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi. Asosni geodezik
tafsiloti akti, qoziqni qabul qilish yoki un i sinash akti, qoziqni sinov namunasining
dinamik va statik nagruzkalar (yuklar) ga tekshiruvi ma’lumotlari, qoziqni qoqish
jurnali, qoziqlarni joylashganligi bo’yicha ijro plani.
330
Qoziqni namuna yukiga tekshiruv uning amaliy tutib turish qobiliyatini
aniqlash maqsadida o’tkaziladi hamda qoqishda «otkaz» miqdori aniqlanadi.
Qoziqni qoqish jarayoni bo’yicha jurnal to’ldiriladi. Unda qoquvchi
mexanizm, uning harakteristikasi, hisobiy otkaz 10 zarba uchun ma’lumotlar
yoziladi. Qoziqni otkaz miqdori hisobiy miqdorga teng kelmaguncha qoqiladi.
Zalog doimiy qiymatiga (kamida uch marta bir xil miqdorga) etmaguncha qoqish
davom ettiriiladi. Qoqish jarayoni nol qiymatga uchrasa (qoziq qattiq to’siqqa
uchrasa) uni chiqarib olinadi yoki qirqiladi, uning o’rniga uzoq b o’lmagan
masofada 1-2 ta qo’shimcha qoziq qoqiladi.
Ijro chizmasi qoziqlarning amaliy joylashishini, loyihadan farqini
ko’rsatadi. Sezilarli farq bo’lganda qoziqlarni to’g’irlash, sug’urish,
qayta qoqish
ishlari bajariladi.
Qoziqlarning fazodagi holati, tutib turish qobiliyati tekshiriladi.
Qoziqni tutib turish qobiliyatini asosan statistik usul bilan aniqlanadi.
Buning uchun qoziqka yuk qo’yiladi yoki maxsus domkratlar bilan ta’sir
etiladi.
Qoziqka qo’yilgan kuchning miqdori b o’yicha uning gruntga ta’sirini
o’zgarishi
bilan tutib turish miqdori aniqlanadi. Bu ish k o’p mehnat va vaqt talab
qiladi. Shu
sababli k o’pchilik holatlarda dinamik ta’sir k o’rsatish bilan sinov -
nazorat ishlari
olib boriladi
Dostları ilə paylaş: |