Reja: Raqobatning iqtisodiy mazmuni va shaklla nishining asosiy tamoyillari



Yüklə 27,62 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü27,62 Kb.
#99840

Mavzu: Raqobatning asosiy shakllari va usullari
Reja:
1.Raqobatning iqtisodiy mazmuni va shaklla nishining asosiy tamoyillari
2.Raqobat nazariyalari
3.Raqobatning asosiy vazifalari, turlari va usullari
4.Raqobat strategiyasi va raqobat bosqichlari
5.Mukammal va nomukammal raqobat tushun chasi mazmuni.
6.Raqobatbardoshlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni va o’ziga xos xususiyatlari.


Raqobat - iqtisodiy kategoriya sifatida bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi, bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlari dan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o’zi ning yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyat laridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo’lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchi lik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakl larini o’zgartirib boradi.Raqobat tushunchasi shu qadar serqirraki, uni qandaydir yagona umumiy ta’rif bilan qamrab olish mumkin emas. «Raqobat» tushunchasini aniqlashtirish ning ba’zi bir nuqtai nazarlariga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Raqobat tushunchasi turli izohli lug’at va malumot ma’lumotnomalarda turlicha ta’riflanadi. Jumladan, «Yazыk biznesa» nomli lug’atda: «Raqobat (lotincha concurrere – to’qnashuv; inglizcha competition, rivalry) – bozorda ishtirok etayotgan korxonalar o’rtasidagi o’z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyat larini ta’minlash, xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o’zaro ta’sir, o’zaro aloqa va kurash iqtisodiy jarayonidir. Raqobat va monopoliya dialektik birlikni tashqil etib, doimo bozorda bir-birlariga qarama-qarshi turadilar», deb ifodalan gan. Bundan ko’rinadiki, raqobatni nafaqat kurash, balki o’zaro ta’sir va aloqa jarayoni sifatida ham talqin etilgan.Raqobat kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv mexanizmlari haqida dastlab ki to’laqonli nazariy qoidalar faqat XVIII asrning o’rtalariga kelib paydo bo’lgan.Har bir bozor o’zining xususiyatlariga ega bo’lishiga qaramay, raqobatning mohiyati uning tabiati va intensivligini ochib berish va baholash imkonini beruvchi yagona kontseptsiya orqali ifodalanishi mumkin. Raqobat ko’p qirrali iqti sodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ekt lari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifo dalaydi.Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy man faatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglata di.Raqobat kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv mexa nizmlari haqida dastlabki to’laqonli nazariy qoidalar faqat XVIII asrning o’rtalariga kelib paydo bo’lgan. Bunda klassik siyosiy iqtisod vaqillari sanalgan A.Smit va D.Rikardoning xizmatlari kattadir. Keyingi davrlarda F.Perru, A.Marshall, Dj.Keyns, V.Leontev, Y.Shumpe ter, P.Sraffa, M.Porter, F.Kotler va boshqalar ning mehnatlari tufayli raqobat nazariyasi yanada rivoj topdi. Raqobat mohiyatiga to’xtalar ekanmiz, uni asosan uch xil yondashuvga bo’lish mumkin. Jumladan, xulq-atvor yondashuvi, strukturali yondashuv va funktsional yondashuv. Raqobatning xulq-at vor yondashuviga A.Smitning qarashlarini kiri tish mumkin. U raqobatni bozor sub’ektlari o’rtasida tovarlar xarid qilish va sotish borasida qulayroq sharoitlar uchun olib boriladigan, to’g’ri, halol, til biriktirishlarsiz kurash, muso baqa bilan bog’lagan. U raqobat kurashining asosiy usuli deb narx o’zgarishlarini bilgan. Bunda u jamoa irodasi (ixtiyori) bilan boshqarilmaydigan, umumiy mo’ljallarga ega bo’lmagan bozorda qat’iy xulq-atvor qoidala riga amal qilishini qayd etgan. F.Perru raqo batni doimiy tahdidli harakat sifatida tushun tiradi. Inson o’z manfaatini ko’zlab qimmatroq sotib, arzon xarid qilishga intiladi.Shuning uchun raqobat bilan doimiy to’qashishga to’g’ri keladi. Strukturali yondashuvda asosiy e’tibor raqobatchilarning o’zaro kurashidan bozor strukturasi, unda hukmronlik qiluvchi shart-sharoitlar tahliliga ko’chib o’tadi. Masalan, K.R. Makkonnell va S.L. Bryuning asarlarida aytib o’tilishicha, raqobat bozorda ko’p sonli mustaqil xaridor va sotuvchilar mavjudligi, xaridor va sotuvchilar uchun bozorga erkin kirish va undan chiqish imkoniyatidir.Raqobat mohiyatini aniqlashga uchinchi yondashuvni funktsional yondashuv sifatida tavsiflash mumkin. U raqobatning iqtisodiyotda o’ynaydigan rolini ko’rib chiqadi. Xususan, Y.Shumpeter iqtisodiy rivojlanish nazariyasi doirasida raqobatni esqilikning yangilik bilan raqiblik kurashi sifatida ta’riflagan. Yangiliklar kiritish bozor tomonidan shubha bilan qabul qilinadi, biroq agar novator ularni amalga oshirishning uddasidan chiqsa, raqobat mexanizmi eskirgan texnologiyalardan foydala nuvchi korxonalarni bozordan siqib chiqara di.Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko’plab ta’riflari mavjud.Jumladan, Sh.Shod monov, U.G’afurovlar tomonidan tayyorlan gan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida raqobat ga berilgan ta’rifda asosan ikki jihat:
1) uning iqtisodiy manfaatlar to’qnashuvidan iborat ekanligi;
2) yuqori foyda va naflikka ega bo’lish uchun kurash ilgari suriladi,
Ya’ni: raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashishidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o’rtasida sarflan gan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko’proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi. Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib kursatish mumkin:

  • tartibga solish vazifasi;

  • resurslarni joylashtirish vazifasi;

  • innovatsion vazifa;

  • moslashtirish vazifasi; - taqsimlash vazifasi; - nazorat qilish vazifasi.

Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko’rib chiqish zarur. O’z miqyosiga ko’ra raqobat ikki turga – tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovar ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Har bir tarmoqdagi mavjud korxonalarning texnika bilan ta’minlanish va mehnat unumdorligi darajalari turlicha bo’lganligi sababli, ushbu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo’lmaydi. Shuningdek Makkonel va Bryu o`zlarining “Economics” kitobida iqtisodiyotda sof raqobat ni kamdan-kam hollarda uchrashini ta`kidlab o`tganlar.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat. Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo’lib ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchi larning shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi. Uning asosiy va eng ko’p qo’llaniladigan ko’rinishi – «narxlar jangi» deb ataladiki, bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun narxni vaqti-vaqti bilan yoki o’zoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo’llash uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashqil qilishi kerak bo’ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor qiymatidan past bo’lib, Mazkur tovar narxini pasaytirish imkonini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri – demping narxlarni qo’llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o’zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxi dan ham past bo’lgan narxlarda sotadi. Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo’qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda o’zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.Ayrim xollar da narx yordamida raqobatlashishning belgilan gan narxlardan chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo’shib berish, muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida raqobat qilish o’z o’rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o’z mahsuloti narxini pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday harakat qilishiga olib keladi. Natijada firmalarning bozordagi mavqei o’zgarmay, faqat tarmoq bo’yicha foyda hajmi ni kamaytiradi.
Narxsiz raqobat raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat kursatish, ishlab chiqaruv chi firmaning obro’-e’tibori hisoblanadi.
Bozor iktisodiyotining ilk belgilari paydo bo’lishi bilan unga xos raqobat xam yuzaga ke ladi. Iqtisodiyot rivojiga mos xolda raqobatchi lik munosabatlari xam takomillashib boradi. Bozor raqobati tarixan 4 bosqichdan o’tadi.
Birinchi bosqich - bu natural xo’jalikidan bozor iktisodiyotining dastlabki shakllariga utish bo’lib, bu davrda raqobat mayda tovar ishlab chiqaruvchilar urtasida boradi. Bu bosqichda raqobat maxalliy bozorlar doirasida borasida, u bir turdagi tovar ishlab chiqaruvchilar urtasida bo’ladi. Raqobatda golib chikish vositasi tajriba tuplab, mexnat maxoratini oshirish xisoblanadi.
Ikkinchi bosqich - bu kapitalistik erkin raqo bat bosqichidir. Bu bosqich tovar xo’jaligining ommaviy tus olishi bilan, mayda tovar ishlab chiqarishr urniga yirik mashinalar tizimiga va yollangan mexnatga tayangan tovar ishlab chiqarishrning kelishi bilan xarakterlanadi. Raqobatni cheklashlar bo’lmaydi, u erkin kurashga aylanadi, bu kurash maxalliy bozorlar doirasidan chikib, milliy bozor mikyosida yuz beradi. Raqobat shiddatli boradi, uning ishtirokchilari strategiyasichilikdan iborat bo’ladi. Raqobatda g’olib chiqishning sharti yangi texnikani joriy etib, mexnat unumdorligini ustirish, yangi tovarlarni ishlab chiqarishr bo’ladi.
Uchinchi bosqich - bu monopol raqobat bosqichi bo’lib, u yakka xokimlikka intiluvchi yirik korxonalarning kurashidir. Raqobat iqti sodni monopollashgan va monopollashmagan soxalarida aloxida boradi, ammo bu soxalar urtasida xam kurash ketadi. Raqobatda yengib chiqish shartlari ikkinchi bosqichdagidek bo’ladi, ammo o’zaro kurashda bozorni egallab olish, siyosiy xokimiyatdan foydalanish kabilar keng qo’llanadi. bu bosqichda monopol raqobat yetakchi bo’lsa-da, erkin raqobat yuqolib ketmaydi, u ikkinchi katorga suriladi. iqtisodi yotda monopol raqobat soxasi va erkin raqobat soxalariga ajralish bo’ladi. “monopol raqobatda taklif qilinayotgan mahsulot turi bir xil, ammo ba`zi jihatlarda mahsulotlar bir-biridan farq qiladi”
To’rtinchi bosqich - yangicha erkin raqobat bosqichi bo’lib, u aralash iqtisodiyotga xosdir. bu bosqichda raqobatchilar g’oyat strategiya sichilik bo’lib, ular yirik korporatsiyalar,o’rta cha, mayda va uta mayda korxonalardan iborat bo’ladi. Raqobat doirasi kengayib, u ishlab chiqarishdan tashqari, xizmat ko’rsatish soxasida xam faollashadi, u moliya bozoriga shiddat bilan kirib boradi, xatto sayoxat biznesi, shou (tomosha) biznes, sport biznesi, xarbiy biznes kabilarni xam o’z damiga tortadi. Raqobatlashuv baynalmilallashib, xalkaro bozor doirasida xam yuz beradi. Eng yangi texnika-texnologiyani qullash, boshkarishni kompyuterlashtirish, tovar tarkibini zudlik bilan yangilash, eng malakali ish kuchiga ega bo’lish, informatsiyadan foydalanish va, nixoyat, zamonaviy marketing xizmatini uyushtirish raqobatda yengib chikish shartiga aylanadi.Raqobatni, uning vujudga kelishi va amal qilishidagi tabiiylik, bu jarayonlarga tashqi kuchlarning ta’sir qilish darajasidan kelib chiqqan holda ikki asosiy guruhga – mukammal va nomukammal raqobatga ajratish mumkin.
-Monopolistik raqobat Mukammal raqobatni tavsiflovchi bir qator belgilar mavjud bo’lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

      • bozor ishtirokchilari (ham sotuvchilar, ham xaridorlar) sonining ahamiyatli darajada ko’p bo’lishi;

      • iqtisodiy resurslarning harakatchanli gi, ulardan foydalanishda hech qanday cheklov yoki to’siqlarning mavjud bo’lmasligi;

      • bozorga kirish va undan chiqishning erkinligi;

      • sotuvchilarning o’zaro mustaqilligi, ular xatti-harakatining birbiriga bog’liq bo’lmasligi;

      • ishlab chiqarilgan mahsulotning bir xil ko’rinishda ekanligi;

      • ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmida ishlab chiqaruvchilar ulushining ahamiyatli jihatdan farq qilmasligi;

      • xo’jalik yuritishda qo’l keluvchi axborotlar (masalan, tovarlar narxi, ularning o’zgarish ehtimoli, hajmi, sifati va boshqalar) to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lish imkoniyati.

Mukammal raqobatning yagona ko’rinishi – sof yoki erkin raqobatdir. Sof raqobat gomogen mahsulotning savdo-sotig’i bilan shug’ullanuv chi ko’plab sotuvchi va xaridorlarning mavjud ligi bilan tavsiflanadi.Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab sotuvchilar o’zlari ning mahsulotlarini taklif qiladilar. Bunday sharoitda bozorda mahsulot tabaqalashuvi mavjud bo’lmay, ko’p sonli sotuvchi va xaridorlar, erkin holda harakat qilib, bozor narxining shakllanishiga ta’sir ko’rsata olmaydi lar.Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko’payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot bahosiga sezilarli ta’sir kursatmaydi.Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi.Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda «samarali raqobat» tushunchasi ham qo’llaniladi. Samarali (real) raqobat bozorda sof raqobat yoki mukammal raqobat sharoiti mavjud bo’lmagan holda ham undagi sotuvchi va xaridorlar bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda harakat qilgan chog’da vujudga keladi.Sof raqobat, umuman olganda, raqobat ning har bir shakli ham milliy iqtisodiyotda alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini batafsil o’rganish, cheksiz ko’p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita bir xil tarmoqni topish qiyinligini kursatadi.Nomukammal raqobat XIX asrning oxirlarida ishlab chiqarish va kapitalning kontsentratsiyasi jarayonining kuchayishi natija sida monopol tuzilmalarning tarkib topishi bilan vujudga keldi. «Monopoliya» atamasi (grekcha monos – yagona, poleo - sotaman) tarmoqning yagona ishlab chiqaruvchidan iborat bo’lishini anglatib, u ishlab chiqarish hajmi va narx ustidan nazorat o’rnatish imkoniyatiga ega bo’ladi. Monopolistning asosiy belgilari sifatida ishlab chiqarishning yuqori darajadagi kontsentatsiyala shuvi; uning muayyan tovar bozoridagi ustun mavqega egaligi; ishlab chiqarish hajmiga bevosita ta’sir o’tkazish orqali monopol narxni belgilashi va, tegishli ravishda, monopol foyda olish imkoniyati.Monopoliyalar tarmoqqa kirish dagi iqtisodiy, texnik, huquqiy va boshqa ko’rinishdagi to’siqlarning mavjud bo’lishi natijasida paydo bo’lib, ularning asosiylari sifatida quyidagilarni kursatish mumkin:
1.ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to’siqlar;
2.tabiiy monopoliyalar tavsifidagi to’siqlar;
3. patent va litsenziyalar;
4. iqtisodiy resurslarning muhim turlariga xususiy mulkchilik va h.k.
Oligopoliya tushunchasi (grekcha oligos – ozchilik, poleo – sotaman) ishlab chiqarish va bozorda uncha ko’p bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilarning hukmron mavqeini anglatadi. Shunga ko’ra, oligopolistik raqobat tarmoqdagi tovar ishlab chiqarish va sotish hajmini to’liq egallab olgan bir necha yirik firmalar o’rtasidagi iqtisodiy kurashni ifodalaydi. Oligopolistik tarmoqda bir xil (po’lat, mis, alyuminiy, qo’rg’oshin, temir va boshqalar) yoki tabaqalashgan (avtomobillar, kir yuvish vositalari, tamaki mahsulotlari, maishiy elektr buyumlari va boshqalar) mahsulotlar ishlab chiqariladi.Oligopoliya sharoitidagi raqobat o’zaro bog’liq bo’lib, bunday tarmoqdagi hech bir firma o’zining narx siyosatini mustaqil o’zgartirishga botina olmaydi. Chunki, oligo poliya bozorida narx vositasidagi raqobatlashuv uning ishtirokchilariga naf keltirmaydi. Agar raqiblardan biri, boshqalarni bozordan siqib chiqarish maqsadida, narxni pasaytirsa, qolgan ishlab chiqaruvchilar ham o’z xaridorlarini yo’qotmaslik uchun o’z tovarlari narxlarini pasaytiradilar. Natijada Mazkur tovar ning umumiy narxi pasayib, oligopolistlarning foydasi kamayadi, bozordagi ulushlar esa avvalgi holatida saqlanib qoladi. Boshqa firmalar tovar larining narxi o’zgarmagani holda, biron-bir firmaning o’z tovarlari narxini oshirishi esa, uning bozordagi sotish hajmining qisqarishiga yoki bozordan siqib chiqarilishiga olib keladi.Shunga ko’ra, oligopolistik raqobat sharo itida firmalar narx siyosatini o’zaro bog’liq holda olib boradilar. Bunda nisbatan yirik firma narx belgilash bo’yicha yetakchilik qilib, qolgan firmalar esa uning xattiharakatiga ergashadi lar.Biroq, oligopolistik tarmoqda firmalar soni ning ko’p bo’lmasligi yashirincha kelishuv, ya’ni narxlarning maqbul darajasini belgilash, sotish bozorlarini bo’lib olish va boshqa yo’llar orqali raqobatni cheklash uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek, oligopoliya sharoitida narxsiz raqobatga asosiy o’rin beriladi. Chunki, bir tomondan, raqobatchilar uchun o’z mahsulotlari sifati va reklamasini o’zgartirish ancha murak kab jarayon hisoblansa, boshqa tomondan, kamdan-kam holda narxsiz raqobatni ta’minlash uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega bo’ladi lar.Shuningdek, ba’zi adabiyotlarda nomukam mal raqobatning monopsoniya, oligopsoniya, duopoliya, bilateral monopoliya singari shakllari ning mavjudligi ham ta’kidlanadi. Jumladan, «Monopsoniya – muayyan tovarning yagona xaridori monopoliyasi mavjud bo’lgan bozor tuzilmasi turi. O’z xarid hajmini cheklash orqali xaridor sotuvchi daromadining bir qismini yo’qotish hisobiga monopol foyda olish imkoniga ega bo’ladi.«Klassik» va «neoklassik» lar fikricha sof raqobat iqtisodiy o’sishning xal qiluvchi sharti deb hisoblagan bo’lsa, E.Chemberlin ta’limotiga ko’ra, raqobat - monopolistlar orasida ham raqobat doimo mavjud, bu baholi va baholanmagan raqobat rivoji orqali namoyon bo’ladi (mahsulot va reklama sifatini takomillashtirish bilan bog’liq). Birinchi marta iqtisodiy liberalizm g’oyasida real hayotda sof raqobat ham, sof monopoliya ham mavjud emas degan fikr paydo bo’ldi, o’z mohiyatiga ko’ra monopolistik raqobat ko’p sonli sotuvchilar o’rtasida kuzatiladi, bu raqobat darajasi bir-birini qoplaydigan raqobatlashayot gan tovarlar soni ortishi bilan kuchayib bora di.Bundan shunday muhim xulosa chiqariladiki, monopolistik raqobat sharoitida haridor raqobatlashayotgan bir tovarni boshqasidan, bir sotuvchini (mutlaq noevivalent bir xil tovarni) boshqa sotuvchidan afzal qurishi mumkin. E.Chemberlin mantiqi bo’yicha, kichik yoki o’rtacha sotuvchi va ishlab chiqaruvchi ham monopolist bo’lishi va yirik korxona sub’ekti bilan bo’ladigan musobaqada bemalol ishtirok etishi mumkin. Chunki (markscha tanqidlarga qaramay) monopoliya kapital va ishlab chiqarish kontseptsiyasi, kapital markazlashuvining zaruriy oqibati emasdir, bozor iqtisodiyoti kuchayib borayotgan tendentsiyalar raqobati xosdir. Amalda monopoliya va monopol bo’lmagan (nomonopol) korxonalar o’rtasidagi farq minemallashtiriladi.Olim 1937 yil o’z kitobiga qo’shimcha sifatida «Nomukammmal raqobat» va «Monopolistik raqobat» kategoriyalari to’g’risidagi tushuntirishlarda bir tomonlilik mavjudligini ta’kidlaydi, birdan-bir hodisaning ikki nomi sifatida qarashlarda o’zaro o’xshashlik yetarli baholanadi, ammo ularning farqi deyarli sezilmaydi, deb hisoblaydi u. Ko’pchilik bu farqning ahamiyatini tushunmas dan, masala faqat terminologiya bilan bog’liq deb o’ylashlari mumkin.E.Chemberlin o’z tadqi qotlari xulosasida raqobat sharoitida monopoliya tabiiy mohiyatiga mustaxkam ishonch bildiradi; tadbirkorlik ko’p hollarda o’z monopoliyasini barpo qilish uchun, imkoni boricha boshqa tadbirkorlar o’z monopoliyasini kengaytirishiga qarshi choralarni kengaytirish va kuchaytirish harakatini qiladi. Olimning fikri bo’yicha, asosiy vazifa shundaki, iqtisodiyot fani «mahsulot doim deffentsiatsiyalashgan bo’lishi sharoitini to’la anglashi shart» dir; bundan buyon sof raqobatni barcha sohalarda farovonlik iqtisodiyoti «ideal» (bekamu-ko’st) deb qarash mumkin emas. Keyin chalik E.Chemberlin va uning monopolistik raqobat nazariyasi tarafdorlari tomonidan «guruhiy monopoliya» sharoitida ham raqobat saqlanishi to’g’risidagi qoidani ilgari surishgan. Bunda gap sherikraqobatchilar o’rtasida bozorda ularning ta’sir doiralarini bo’lib olish to’g’risida boradi. Asosiy maqsad turlicha tovar mahsuloti bahosini eng yuqori harajatlar darajasidan past bo’lmagan holda realizatsiya qilishdir.Hozirgi davrda mahsulotning istisno sifati bilan birga, qo’shimcha baholanmagan monopolistik raqobat shartlari kuchayib bormoqda, bo’lar alohida tovar yaratuvchi tomonidan yaratilgan texnik takomillashuv, firmaga obro’-e’tibor keltiradi gan sharoitning ta’minlovchi haridorlarga max sus hizmat va boshqalar.Kembrij universitetini bitirgan va A.Marshall maktabining taniqli vakili va davomchisidir. 1965-1971 yillar shu univer sitetda professor lovozimida dars bergan.Uning dastlabki asari «Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi» 1933 yili, ya’ni muallif 30 yoshligida yozilgan va unga mashhurlik keltirdi. Asardagi bosh g’oya monopoliyalar faoliyatida bozorlar jihatini aniqlashdir. Bu sharoitdagi raqobat iqtisodiyotdagi muvozanatni bo’zadi va nomukammaldir (Chemberlinda-monopolistik). Dastlabki vazifa: o’z mahsulotiga ega bo’lgan ishlab chiqaruvchi-monopolistik baholar belgila nishining mexanizmini aniqlash. Bahoning miq dori, sotuvchi o’rnatgan shu bahoda haridorning mahsulotni sotib olish va monopol foyda tabiati o’rnatiladi. Ammo Robinsonning mantiqiy fikr lashi Chemberlinnikidan farq qiladi. Robinson fikricha nomukammal raqobat tufayli, avvalo raqobatli xo’jalik tizimi normal muvozanat holatining bo’tunlay bo’zulishi va yo’nalishi, xatto yollanma mehnatning «ekspluatatsiya» sidir. Chemberlin esa bu masalani bozorning tabiiy muvozanati bilan chambarchas bog’liqdir deb qaragan.Robinson monopoliyaga salbiy munosabat bildirib, uni bozor sharoitdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni izdan chiqaruv chi omil sifatida qaraydi.Yuqorida barcha g’oyalar jamlanib, real hayotda nomukammal raqobat sharoitida ishlab chiqarish omillari ekspluatatsiyasi tendentsiyasi paydo bo’lishiga yordam beradi.bu xolat avval o’zaro raqobatlash gan ko’pgina firmalarni yutib yurovuchi yirik birlashmanig paydo bo’lishi bilan yanada kuchayadi. Boshqaruv birligi hajmi (kursatkichi) ning yiriklashuvi(yakka boshqaruv) boylikni taqsimlashdagi adolatsizlikni yanada kuchayishi ni zaruriy ravishda keltirib chiqaradi. Bu ancha inqilobiy g’oya bo’lib, Chemberlinning monopo liya istiqboli to’g’risidagi optimistik fikricha qarshidir. Ishlab chiqarishning monopolizatsi yasi muammosi bilan «samaradorlik yoki adolat» degan dilemmani (ya’ni unisi yoki bunisi) yechish zarurati ilgari suriladi.
Mamlakat va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlanishini tartibga solishning muhim yo’nalishlaridan biri ularning raqobatbardoshli gini oshirish bilan bog’liq. O’zbekiston Respub likasi 1-Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o’tgan laridek: «Mamlakatning raqobatbardoshligini ta’minlash uchun iqtisodiyotni tarkibiy o’zgar tirish jarayonlarini chuqurlashtirish siyosatini davom ettirish lozim». Ushbu ustuvor yo’nalish ma’lum darajada mintaqalarga ham taalluqlidir. Raqobatbardoshlik tushunchasi XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida xorijiy davlatlarda mintaqaviy siyosatni belgilab beruvchi asosiy tamoyilga aylanmoqda. Iqtisod chi olimlar tomo nidan mintaqaviy raqobatbar doshlikka bag’ish langan bir qator monografiya lar, maqolalar chop etilmoqda va maxsus ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.Mintaqalar raqobatbardosh ligi nazariyasi endigina shakllana yotganligi sababli uning mazmuni, tushunchasi bo’yicha olimlar o’rtasida turli qarashlar va ta’riflar mavjud. Fikrimizcha mintaqa raqobatbar doshligi - uning raqobatbardoshlik afzalliklari dan samarali foydalangan holda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmat kursatishni tashqil etish asosida aholi turmush darajasini oshirishdan iborat.Mintaqalar o’rtasidagi raqobat bardoshlik jarayoni mamlakatlar, tarmoqlar va korxonalar o’rtasidagi aniq bir ko’rinishga ega bo’lmaydi. Ushbu jarayon yetarlicha o’zoq va murakkab bo’lib, mintaqalarning raqobatbar doshligi, birinchi navbatda investitsiyalarni jalb qilgan holda har bir hududning raqobat afzalliklaridan samarali foydalanishga qaratilgan dir. Mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirish ularning o’zoq muddatli rivojlantirish strategiya sining asosini tashqil qiladi.Xalqaro tajriba va olib borilgan tadqiqotlarning kursatishicha mintaqaning raqobatbardoshligi ko’p jihatdan uning tabiiy-iqtisodiy salohiyatining mavjudligi va darajasi bilan aniqlanadi. Salohiyatni baho lashga asoslangan yondashuv mintaqaning raqo bat afzalliklarini aniq kursatib beradi. Bunda mintaqaning raqobatbardoshligini shakllantiruv chi asosiy salohiyat turlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Mintaqa raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir kursatuvchi asosiy salohiyatlar quyidagilar hisoblanadi: tabiiy resurslar salohi yati, inson omili, moliyaviy, ekologik va institutsional o’zgarishlar.Raqobatbardoshlikda rajasini oshirishning dastlabki bosqichida trans port-geografik joylashuv, agroiqlim sharoitlari, yer-suv, mineral-hom ashyo va mahalliy resurs larni o’zida jamlovchi tabiiy resurslar salohiyati asosiy o’rin egallaydi. Mintaqa raqobatbar doshligi ko’p jihatdan nisbiy afzalliklarga, birinchidan tabiiy boyliklarga, ikkinchidan mintaqani rivojlantirishni davlat tomonidan tar tibga solishning samaradorligiga, uchinchidan innovatsion loyihalardan unumli foydalanishga bog’liqdir.
Yüklə 27,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin