O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichlari
Inson, fuqaro, tadbirkor uchun ma`lumot ochiqroq bo`ldi. Hattoki xorijda ham shuni tan olishdiki, O`zbekiston elektron hukumat va boshqaruv sohasida loyihalarni amalga oshirish sur`ati bo`yicha yetakchilardan biriga aylanmoqda. Bu juda muhim-davlat, jamiyat va biznesning o`zaro aloqasi jarayonlarni optimallashtirish bo`yicha haqiqiy mexanizmlar paydo bo`lmoqda. Fuqaro uchun ma`lumot olish huquqi texnologik yechimni olayapti.

Juda keng ko`lamli vazifalar qo`yilgan, ko`plab yo`nalishlar bo`yicha jiddiy loyihalar va dasturlar amalga oshirilmoqda. Mening fikrimcha, bu barcha loyiha va dasturlarni bir vaqtning o`zida bajarish byudjet uchun juda kuchlu yukdir. Albatta, dastur va loyihalarni amalga oshirishda ustuvor yo`nalishlar belgilaab olinadi. Hammasini birdaniga qilish imkonsiz.
Modomiki, uzoq muddatli maqsad aniq bo‘larkan, unda ta’lim islohoti unga muvofiq ravishda tizimli xarakter kasb etdi. Birinchi navbatda, maktabgacha ta’limga yuqori e’tibor ajratila boshlandi, chunki aynan bolalik davrida tafakkur, bilimga muhabbat, ma’naviy va estetik tasavvurlarga muhim asos joylanadi. Bu maqsadlarga erishish uchun 2017 yili Maktabgacha ta’lim vazirligi bunyod etildi va 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Qabul qilingan qarorlar natijasida 2020 yilga kelib bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish 2015 yil ko‘rsatkichlariga solishtirganda bir necha barobarga ortdi. Masalan, Qashqadaryo viloyatida – 3,4 barobarga, Jizzaxda – 4 marotaba, Namanganda– 3 marotaba, Samarqandda – 3,1 barobarga va Toshkent viloyatida – 1,6 barobarga o‘sdi. Bu beshta viloyatda respublikadagi 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan umumiy bolalar sonidan 43,9foiz bolalar istiqomat qiladilar.