Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun indeksi”da O’zbekiston xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo’yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritilib, 70,6 ball bilan 5 pog’onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasidan 134-o’rinni (2019 yilda – 139-o’rin) egallagan.

Qarorga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o’rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimi yaratildi. Milliy monitoring tizimini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida tadqiqot institutlariga xalqaro reytinglar biriktirilib, ular zimmasiga xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, O’zbekistonning xalqaro reytinglardagi past ko’rsatkichlariga sabab bo’layotgan asosiy omillarni aniqlash vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, internet tarmog’ida “O’zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushirildi. Mazkur portalda xalqaro reytinglar bo’yicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni o’rganish va e’lon qilish muddatlarini ko’rsatgan holda tegishli yo’nalishlar bo’yicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari yoritib boriladi. O’z navbatida, O’zbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan reytinglar metodologiyasi tasdiqlanib, mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o’rnini, shu jumladan, tadqiqot institutlarining ma’lumotlari va o’rganish natijalarini hisobga olgan holda yaxshilash bo’yicha har yili «Yo’l xaritalari» ishlab chiqildi.