Olimning «Nurlarning yangi turi haqida» sarlavhali birinchi maqolasida Rentgen o‘zi kashf qilgan nurlar xossalarini tavsifladi, bu maqola butun dunyoni aylanib chiqdi va keyin barcha Yevropa tillarida alohida kitobcha shaklida bosildi.
Ammo, Rentgen sirli nurlar tabiatini tushuntirib bera olmadi. U elektronlarning mavjudligini bilmas edi, ana shu elektronlarning trubka shishasida tormozlanishi rentgen nurlar va ko‘rinadigan yashil yorug‘lik paydo bo‘lishining sababi edi. Zaryadli zarra modda ichiga uchib kirganda tormozlanadi va, o‘z tezligini yo‘qotadi va elektromagnit to‘lqinlarini nurlantiradi. Rentgen nurlar to‘lqin uzunligi diapazoni dan gacha oraliqda yotadi. Elektromagnit to‘lqinlar shkalasida ular ul’trabinafsha nurlanish va gamma-nurlanish orasidagi joyni egallaydi. Tormozlovchi elektronlar dastasi turli to‘lqin uzunlikka () ega bo‘lgan to‘lqinlarni nurlantiradi. Bu to‘lqinlar uzluksiz rentgen spektr tashkil qiladi, lekin, bundan boshqa ning muayyan qiymatlariga ega bo‘lgan to‘lqinlar guruhiga tegishli ayrim spektral chiziqlar ham mavjud bo‘ladi. Ularning tabiati quyidagicha: tushayotgan zarralar atomni ionlaydi va hosil bo‘lgan bo‘sh o‘rinlarga yuqoriroq energiya sathlaridagi elektronlar o‘tadi. Bunda muayyan energiyali kvant nurlantiriladi. Bo‘sh sath atomning tashqi elektronlar qobig‘ida hosil bo‘lganda ko‘rinadigan yorug‘lik yoki ultrabinafsha nurlar kvanti nurlantiriladi, bo‘sh sath ichki qobiqda hosil bo‘lganda esa kattaroq energiyali va mos ravishda kichikroq to‘lqin uzunlikli kvant, ya’ni rentgen kvant nurlantiriladi. Bu nurlanish elektronlar dastasi bombardimon qilayotgan anod materialini xarakterlaydi. Shuning uchun u xarakteristik nurlanish deyiladi.
1962 yilni rentgen astronomiyasi to‘g‘ilgan yil, deb hisoblash mumkin. Yadro nurlanishlari detektorlari dastavval raketalarda, keyin esa sun’iy yo‘ldoshlarda kosmosga ko‘tariladi. Quyosh va yulduzlarning yer atmosferasidan o‘ta olmaydigan rentgen nurlanishi o‘rganildi. Ko‘p kosmik obektlar – rentgen nurlarini nurlantirgichlar kashf qilindi.