Reja: Resurslar bilan ta’minlanganlik



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#192125
mavzusbiznesn24



Mavzu: Biznes rejani resurslar bilan taʼminlash
Reja:
1. Resurslar bilan ta’minlanganlik
2.Biznesning (tadbirkorlikning) resurslar bilan to’liq ta’minlanganligi
3.Geosiyosiy keskinliklar va ta'minot zanjiri muammolari
Ma’lumki, biznes-reja korxona faoliyatining joriy va istiqboldagi
strategiyasini amalga oshirish, birinchi navbatda, nimani, qancha va kim uchun ishlab
chiqarish vazifasini bajarishga xizmat qilishi lozim. Mazkur ishlab chiqarish strategiyasi,
tabiiyki, biznes-rejani tuzish bosqichidayoq resurslar ta’minoti bilan mustahkamlanishi
lozim.
Resurslar bilan ta’minlanganlik – biznesning asosiy qoidalaridan biri
bo’lib, mulkchilik qaysi shaklida ekanligidan qat’i nazar majburiy hisoblanadi. Moddiy,
mehnat, moliyaviy va texnik-texnologik resurslarsiz mahsulotni ishlab chiqarish
jarayonining imkoni yo’qligi ham isbot talab qilmaydigan qoidadir. Shu sababli yangi yoki
joriy ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida doimo resurslar bilan ta’minlaganlik
masalasi yuzaga chiqadi. To’g’ri, bu vazifani hal qilish metodikasi ko’p jihatdan resurslar
turi, ishlab chiqarish miqyosi va xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Aytish kerakki, o’tmishda, iqtisodiyotda davlat mulki asosiy o’rinni egallagan, korxonalarni
zarur moddiy-texnik va moliyaviy resurslar bilan ta’minlash davlatning vazifasi bo’lgan
paytlarda bu masalalar korxonalarning «boshini og’ritmas» edi. Korxona davlatga qarashli
bo’lganligi sababli davlatning o’zi uning iqtisodiy barqarorligi, jumladan, uning resurslar
bilan ta’minlanganligi uchun javobgar bo’lgan.
Bugungi kunda iqtisodiyotda vaziyat umuman o’zgacha. Iqtisodiyotning
asosini mulkchilikning turli shakllari tashkil etadi. Davlat iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik
erkinligini,
qonunda
ko’rsatilgan
hollardan
tashqari,
korxonalarning
ishlab
chiqarish-xo’jalik faoliyatiga aralashmaslikni kafolatlaydi, mulkchilikning barcha
shakllarining tengligi va huquqiy himoya qilinishini ta’minlaydi. Korxona o’ziga tegishli
bo’lgan mulkni o’z hohishiga ko’ra boshqaradi. Shu bilan bir paytda u ishlab chiqarishni
zarur resurslar bilan ta’minlash masalalarini mavjud qonun-qoidalarni buzmasdan,


aylanma vositalarni tovar-moddiy boyliklarda band qilib qo’ymasdan hal qilishi lozim
bo’ladi.
Shuni qayd etib o’tish joizki, biznes-reja tuzish bo’yicha, ayniqsa, xorijiy
tavsiyalarda ishlab chiqarish rejasi, menejment, moliyaviy va boshqa masalalarni hal
qilishda bo’lgani kabi, resurslar ta’minotiga bag’ishlangan maxsus bo’lim yo’q.
Xorijda va mamlakatimizda to’plangan tajribalarning ko’rsatishicha, har qanday ish, har
qanday ishlab chiqarish moddiy, material va boshqa resurslar etarli bo’lgan hollardagina
rivojlanishi va kutilayotgan natijalarni berishi mumkin. Shuning uchun ham resurslar,
ayniqsa, moddiy resurslar butun yil davomida ishlab chiqarish sur’atining bir maromda
bo’lishini ta’minlash uchun sifat va miqdor jihatidan etarli bo’lishi kerak. Bunda
zahiralarning normativdan oshib ketishiga ham yo’l qo’ymaslik kerak, chunki bu
korxonaning pul resurslarini «ushlab» turadi va ularning xo’jalik aylanmasida ishtirok
etishiga yo’l qo’ymaydi.
Biznesning (tadbirkorlikning) resurslar bilan to’liq ta’minlanganligi ishlab
chiqarishning barcha bosqichlarida chiqarilayotgan mahsulot sifatiga salbiy ta’sir
ko’rsatmagan va belgilangan texnologik jarayonlarni buzmagan holda moddiy resurslarni
tejash bilan bog’liq bo’lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, korxonaning resurslar
ta’minoti sohasidagi siyosati resurslarni tejash siyosati bilan uyg’unlikda olib borilishi
lozim bo’lib, bu bugungi bozor munosabatlari talablardan tashqari ayrim resurs turlarining
taqchilligi bilan ham asoslanadi.
Moddiy resurslarni tejashning asosiy yo’nalishlari sifatida amaliyotda
quyidagilardan foydalanish mumkin:
•yo’qotish va chiqitlarni kamaytirish;
•brakni yo’qotish;
•xom-ashyo va materillar sarflashning progressiv usullarini ishlab chiqish;
•yangi texnologiyalarni joriy qilish;
•o’rinbosa materiallarni qo’llash, ikkilamchi xom-ashyodan foydalanish va hokazo.
Biznesning rivojlanishi, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi uchun
moddiy resurslar va ulardan oqilona foydalanish bilan birga investitsiyalar ham muhim
ahamiyat kasb etdai. Investitsiyalar yangi korxona yaratish uchun ham, mavjud korxonani
rivojlantirish uchun ham kerak bo’ladi. Bugungi sharoitlarda chet el investitsiyalarini jalb
qilishning ahamiyati katta bo’lib, ular respublikaning asosiy kapitaliga, jumladan,
korxonalarga kiritiluvchi mablag’lar miqdorini oshirish bilan birga ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash, zamonaviy raqobatbardosh mahsulot turlarini chiqarish va ularni
jahon standartlari talablariga etkazishga imkon beradi.
Biznesni (tadbirkorlikni) resurslar bilan ta’minlash oddiy va bir zumda
echiladigan masala emasligi shubhasiz, albatta. U korxonaning ishlab chiqarish dasturi
va marketing rejasini ishlab chiqish bilan bir paytda hal qilinishi lozim. Korxona
xodimlarining malakasi va mahorati bu ishda etakchi rollardan birini o’ynaydi. Resurslar
bilan ta’minlanganlik korxona biznes-rejasining muhim bo’limi bo’lib, iqtisodiy, texnik,
tashkilotchlik va boshqa bilimlarni talab qiladi.
Past hamkorlik davri”ning boshlanishi; WEF hisobotida "past o'sish, past


investitsiyalar va past hamkorlik davri" ta'kidlangan, global biznes potentsial chuqur
ta'sirga ega bo'lgan muammolar kaskadiga duch keladi. Bular iqlim oʻzgarishining
kuchayishi, resurslar tanqisligi, mojarolar xavfi ortishi va xalqaro hamkorlik mexanizmlari
samaradorligining pasayishi natijasida yuzaga keladi.
Global biznes xavfi va siyosati; Protektsionistik siyosatlar va milliy iqtisodiy
strategiyalarning kuchayishi borgan sari odatiy holga aylanib, global biznes urinishlarini
yanada murakkablashtirmoqda. Ushbu choralar G'arb boshchiligidagi globallashuv bilan
bog'liq bo'lgan tengsizliklar tufayli yuzaga kelgan. Xitoy va Rossiya kabi iqtisodiy qudratli
davlatlar oʻz iqtisodiy siyosatini oʻz-oʻzini taʼminlash foydasiga qayta koʻrib chiqmoqda, bu
esa xalqaro biznesning investitsiyalariga, taʼminot zanjirlariga, tovarlar narxiga va
transchegaraviy operatsiyalarga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda.
Global
biznesga
muvofiqlik
yuki
Liza
Robbins,
Kreston
Global
kompaniyasining bosh ijrochi direktori global hamkorlikning yo'qligi xalqaro biznes uchun
muvofiqlik yukini qanday oshirayotganini ta'kidlaydi. Korxonalar bog'liq bo'lgan
resurslarning uzluksiz oqimini buzadigan bir-biriga zid bo'lgan qoidalarning sezilarli
darajada o'sishi kuzatilmoqda.Liza tushuntirganidek, raqamli infratuzilma, ma'lumotlar
maxfiyligi va ma'lumotlarni himoya qilish qonunlaridagi mintaqaviy o'zgarishlar noyob
muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu nomuvofiqliklar ko'pmillatli biznes uchun, xususan,
buxgalteriya hisobi kabi sohalarda ma'lumotlarning erkin oqimini cheklash orqali
to'siqlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, iste'dodlar migratsiyasi yo'lidagi
to'siqlarning kuchayishi, Brexitdan keyingi eng yaxshi misol, milliylashtirilgan yoki
monomadaniy ishchi kuchiga olib kelishi mumkin, bu esa biznesdagi global hamkorlikni
qiyin vazifaga aylantiradi.
Interpreneur hisoboti xalqaro kengayish muammolarini ochib beradi Yaqinda
o'tkazilgan Kreston Global so'rovi bu qiyinchiliklarni yana bir bor ta'kidlaydi. Interpreneur
hisoboti, 2022-yilda chop etilgan boʻlib, u butun dunyo boʻylab 600 ta biznes rahbarlarini
jalb qildi, global kengayish ortidagi motivlarni soʻroq qildi va baʼzi toʻsiqlarni oʻrgandi.
So‘rovda qatnashgan 600 ta xalqaro biznes rahbarlarining 56 foizi xorijda o‘z biznesini
kengaytirishdan bosh tortgan, 32 foizi esa o‘z qarorini xalqaro ta’minot zanjiri
muammolari bilan bog‘lagan.
Geosiyosiy keskinliklar va ta'minot zanjiri muammolari
Xitoy, Tayvan va AQSh o'rtasidagi ziddiyatning kuchayishi tufayli yarimo'tkazgichlar global
bozoridagi tartibsizliklar bunday buzilishning yorqin misolidir. Mavjud vaziyat G'arb
davlatlarining katta vaqt va moliyaviy resurslarga qaramay, mahalliy ta'minot zanjirlarini
rivojlantirishga sarmoya kiritish zarurligini ta'kidlaydi.
Global biznes rahbarlariga maslahat Ushbu past hamkorlik davrida harakat qilish uchun
biznes rahbarlari ta'minot zanjiri diversifikatsiyasini o'rganishlari va inqirozga tayyorlikni
yaxshilash uchun boshqaruv kengashi darajasida geosiyosiy tajribani oshirishlari kerak.
Biroq, barqarorlik, moslashuvchanlik va xalqaro inqirozlarga tezda javob berish qobiliyati
global biznesning ushbu qiyin manzarada omon qolishi va muvaffaqiyati uchun hal
qiluvchi omillar bo'ladi. Global biznesning yangi paydo bo'lgan davri korxonalardan ajoyib
chidamlilikni namoyish etishni, imkoni bo'lgan joyda ishlashni va mavjudlari to'xtatilganda
yangi imkoniyatlardan foydalanishni talab qiladi.


Biznes va tadbirkorlik. Biznes - bozor iqtisodiyotining ustvor sohasi.
Biznesning maqsadi. O'zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish. Ishlab chiqarishda
nodavlat sektoming tutgan o'rni. Biznes va ahol bandligi. Iqtisodiyotning librallashtirish va
ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanishi Kichik biznesning rivojlanish ko'rsatkichlari.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining kichik biznesni qoilab-quw atlashga doir
Farmonlari va Qarorlari. YAIMda kichik biznesning ulushi. Korxonalarni moliyaviy
barqarorlig Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari
tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik
ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning
afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy
xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi.
Biznes rejada loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning
tavsifi hamda uning xaridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar; bozor
hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish
yuritishi, savdo hajmi, tovar (xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli boʻlgan raqobatchilar
(ularning mahsulotlari sifati va xaridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); marketing
xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining
shakkllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar);
mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat
qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil
etish; loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boʻyicha
barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan
moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda
olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi,
investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz ifodasini topadi.
Biznes reja ni ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi („birinchi rahbar“), firma
(xoʻjalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi.
Biznes reja ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga tayanib Biznes reja
yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarish rejasi biznes-rejaning muhim bo’limi bo’lib, odatda ishlab
chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu
bo’limda korxonaning ishlab chiqarish strategiyasi aks ettirilib, ishlab chiqarish jarayoni
texnologik va tashkiliy nuqtai nazardan batafsil bayon qilinadi. Ishlab chiqarish rejasining
asosiy vazifasi korxonaning belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda
ishlab chiqarish imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat.
Ishlab chiqarish rejasi bo’limi quyidagi tuzilmaga ega bo’lishi mumkin

ishlab chiqarish texnologiyasi;

ishlab chiqarish kooperatsiyasi;

ishlab chiqarish jarayoni nazorati;

atrof muhit muhofazasi tizimi;

ishlab chiqarish dasturi;

ishlab chiqarish rejasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan asoslanishi;

ishlab chiqarish rejasining resurslar bilan ta’minlanganligi.

xarajatlar bashorati


Noishlab chiqarish firmalari uchun uzoq muddatli aktivlar va aylanma mablag’larga
bo’lgan talab va harajatlar bashorati «Moliyaviy reja» bo’limida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish rеjasi
Ishlab chiqarish dasturini rеjalashtirish
Dizaynni rеjalashtirish
Assortimеntni rеjalashtirish
Mahsulot hajmini rеjalashtirish
Ishlab chiqarish dasturini bajarishni rеjalashtirish
Ishlab chiqarish tеxnologiyasini rеjalashtirish
Oqim tarzida ishlab chiqarish
Tayyorlash turini rеjalashtirish: - Donalab; -Sеriyali
Tayyorlashning sеx tamoyili
Ommaviy ishlab chiqarish rejasining tarkibini sxematik tarzda quyidagicha aks ettirish
mumkin.
Ishlab
chiqarish
texnologiyasi.
Ushbu
bo’limning
muhim
tashkil
etuvchilaridan biri ishlab chiqarish jarayonini bayon etish, ta’riflashdir. Unda ishlab
chiqarish shakli (donalab, seriyalab, ommaviy), uni tashkil etish uslublari, ishlab chiqarish
tsikli (davri) tuzilmasi aks ettiriladi. Texnologik jarayon chizmasini hamda yuk oqimi
chizmasini keltirish mumkin. Mavjud texnologiyani quyidagi yo’nalishlar bo’yicha
baxolanadi:

texnologiyaning zamonaviy talablarga mos kelishi:

ishlab chiqarish jarayonining avtomatlashganligi darajasi:

ishlab chiqarish jarayonining moslashuvchanligi, qayta sozlashga sarflanadigan
vaqtni qisqartirish:

mahsulot chiqarishni tezda qisqartirish yoki ko’paytirish imkoniyatlari.
Biznes-rejada
ko’zda
tutilgan
texnologiyani
takomillashtirish
va
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari belgilanadi.
Biznes-rejada texnologiyadagi taklif etilayotgan o’zgarishlar natijasida mahsulot sifati,
ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot bahosidagi o’zgarishlarni ko’rsatib o’tish kerak.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi. Agar ishlab chiqarish jarayonida ma’lum bir ishlarni
subpudratchilar ya’ni chetdan jalb qilinadigan ishlab chiqaruvchilar ishtirok etadigan
bo’lsa, buni biznes-rejada alohida qayd etish lozim. Kooperatsiya to’g’risidagi qarorning
asoslanishi hamda subpudratchi tomonidan etkazib beriladigan qismlar va yarim
fabrikatlarni ishlab chiqarish xarajatlarining minimumlari, tashib keltirish, nazorat nuqtai
nazaridan aniq hamkorlarni tanlashni asoslash bayon etiladi. Hamkorlarni tanlashda
ularning ishonchliligi, ishlab chiqarish, moliyaviy, xodimlar bo’yicha imkoniyatlari, nufuzi
hisobga olinadi.
Biznes-rejada subpudratchi-firmalarning nomi, joylashgan joyi va manzilgohi, ular
tomonidan bajariladigan ishlar turi va shartlari ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini nazorat qilish. Korxonada foydalaniladigan mahsulot
(xizmat) sifatini boshqarish tizimi ko’rib chiqiladi. Mahsulot sifatini nazorat qilishning
uslublari va vositalari, tarkibi bayon qilinadi. Mahsulot tayyorlash, xizmat ko’rsatish
sifatini tartibiga soluvchi me’yoriy-texnik xujjatlar ko’rsatilishi mumkin. Bundan tashqari
tannarxga kiruvchi materiallar, mehnat va boshqa elementlar bo’yicha xarajatlarni nazorat


qilish uslublari ko’rsatilishi ham mumkin.
Atrof muxitni himoya qilish tizimi. Biznes-rejada atmosfera, suv resurslari kabilarga
ta’sirni baholash keltiriladi. Chiqindilarni qayta ishlash, yo’q qilish bo’yicha tadbirlar
xarajatlari ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish dasturi bozorni o’rganish, korxona quvvatlarini baholash va sotuv
hajmini bashorat qilishdan so’ng ishlab chiqiladi. Gap shundaki, loyihalarning aksari qismi
uchun korxona ish boshlagan dastlabki yildayoq muvaffaqiyatga erishishi real vazifa
emas. Ishlab chiqarish faoliyati boshlangan zahoti belgilangan quvvat bilan mahsulot
ishlab chiqarish imkoniyatiga bo’lgan engil va oziq-ovqat sanoati uchun ham birinchi yilda
ishlab chiqarish hajmi korxona quvvatlari yo’l qo’yishi mumkin bo’lgandan kamroq
miqdorda rejalashtiriladi. Biroq bu doimiy qoidaga aylanib qolmasligi kerak.
Biznes-rejada har bir turdagi mahsulotning natural birliklaridagi ishlab chiqarish xajmi va
uning oxirgi uch yildagi o’zgarishlari to’g’risidagi hamda bu ko’rsatkichlarning kelgusi 3-5
yildagi qiymatlari keltiriladi. Ishlab chiqarish dasturining asosiy ko’rsatkichlari yalpi
mahsulot, tayyor (tovar) mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish (ishlov berish
tugallanmagan mahsulot) hisoblanadi.
Tayyor (tovar) mahsulot hajmi ishlab chiqarish dasturiga muvofiq, har bir mahsulot
turi uchun belgilangan narxlar bo’yicha quyidagicha aniqlanadi:
,
bu yerda
Qtm - tayyor mahsulot hajmi, qiymati, so’m;
a, , ... n — mahsulot (ish, xizmat) nomenklaturasi;
Qa, Qb,… Qn – mos keluvchi mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarishning yillik hajmi,
o’lchov birliklarida;
BBa, BBb, ... BBn — mos keluvchi mahsulot birligining bozor bahosi (narxi), so’m/birl.
Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi quyidagi formulaga asosan hisoblanadi:
Qtug = Qs Td TNr Kmah
bu erda:
Qtug - tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, so’m;
Qs - o’rtacha 1 sutkada mahsulot ishlab chiqarish xajmi, o’lchov birliklarida;
Td - ishlab chiqarish davri (tsikli) muddati, kun;
TNr - rejadagi mahsulot tannarxi, so’m/birl.;
Kmah - mahsulot bo’yicha xarajatlar o’sishining o’rtacha koeffitsienti (0,5 - 0,75 atrofida).
Yalpi mahsulot quyidagicha aniqlanishi mumkin:
Qya = Qtm 
Qtug
bu erda: Qtug - yil boshida va yil oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining
o’zgarishi.
Ishlab chiqarish xajmini mahsulot turlariga ko’ra davrlar bo’yicha bashorat qilish
quyidagicha amalga oshiriladi: birinchi yil-choraklar bo’yicha (zarur hollarda oylar
bo’yicha), ikkinchi yil-yarim yillik yoki choraklar bo’yicha, keyingi davrlar-butun yil bo’yicha


(7.1 -jadval)
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati bu belgilangan muddat ichida tayyorlanishi
mumkin bo’lgan mahsulot birligi yoki hajmidir. Qisqa vaqt uchun olingan korxona
quvvatlari doimiy kattalik bo’lishi mumkin. Bunda ishlab chiqarish hajmi va
chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi o’zgargan sari o’zgartirishlar kiritish zarurligini
nazarda tutish kerak.
Korxonaning zarur quvvatlarini aniqlash quyidagilarni hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy
tadqiqotlar davomida amalga oshiriladi:

muayyan mahsulot turi uchun bozorga kirib borish darajasi va talab bashorati;

talab qilinuvchi resurslarning mavjudligi;

ishlab chiqarish turi (donalab, seriyali va hokazo);

chiqarilayotgan mahsulot yoki ko’rsatilayotgan xizmat turi;

qo’llanayotgan texnologiya;

mazkur ishlab chiqarishning o’zini qoplovchi (rentabelli) minimal hajmi.
Korxonaning boshlang’ich (yil boshidagi), chiqish (yil oxiridagi), o’rtacha yillik va loyiha
quvvatini ajratib ko’rsatish mumkin. Bulardan oxirgisi qurilish loyihasida ko’rsatilgan
quvvatdir. Qayta ta’mirlash, kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashdan so’ng
loyiha quvvatiga o’zgartirish kiritish mumkin. Shu sababli amaliyotda ko’pincha loyiha
quvvati korxonaning amaldagi quvvati bilan taqqoslab ko’riladi. Korxonaning amaldagi
quvvati ishlab chiqarish dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati odatda etakchi (asosiy) tsexlarning quvvatiga,
tsexlar quvvati esa etakchi uchastkalar quvvatiga, uchastkalar quvvati esa etakchi
asbob-uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini
belgilab beruvchi asosiy elementlar quyidagilardan iborat:

asbob-uskunalarning tarkibi va turlari bo’yicha soni;

asbob-uskuna, qurilma va stanoklardan foydalanishning texnik-iqtisodiy normalari;

asbob-uskunalarning ishlash vaqti fondi;

ishchilar soni;



chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti.orxonadagi etakchi bo’g’in
(tsex) ishlab chiqarish quvvatini quyidagi formula asosida hisoblash mumkin:
bu erda:
M - sexning, uchastkaning ishlab chiqarish quvvati, belgilangan o’lchov birligida;
n - sexda (uchastkada) etakchi asbob-uskunalar soni;
Fmaks - etakchi asbob-uskuna ishlab berishi mumkin bo’lgan maksimal vaqt fondi, soat;
Mm - etakchi asbob-uskunada mahsulot tayyorlash uchun mehnat sig’imining progressiv
normasi, soat.
Korxonada mavjud quvvatlarning ishlab chiqarish dasturiga mos kelishini aniqlash
uchun o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab chiqiladi. U quyidagicha topiladi:
bu erda:
Mo’r. yil. - korxonaning o’rtacha yillik quvvati;
My.b. - yil boshidagi korxona quvvati;
Mk - yil davomida kiritilgan quvvat;
Mch - yil davomida ishlab chiqarishdan chiqib ketuvchi quvvat;
n1, n2 – mos holda quvvatlarni kiritish va chiqib ketishi davridan yil oxirigacha bo’lgan
to’liq oylar soni.
Quvvatlarni kiritish, chiqib ketishi va asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni
yaxshilash bilan bog’liq boshqa tadbirlar ko’pincha ishlab chiqarish quvvatlarining
balansini tuzish yo’li bilan hal qilinadi. Bunda korxonaning zarur quvvatlarga ehtiyoji va
ularni qoplash manbalari aniqlanadi.
Ishlab chiqarish dasturi hisob-kitob qilingan va quvvatlar tanlangandan so’ng moddiy
resurslarga ehtiyoj aniqlanadi. Resurslarga bo’lgan talabni, ehtiyojlarni hisoblash
quyidagilar bo’yicha amalga oshiriladi:

aylanma mablag’larga talab, ehtiyoj (asosiy va yordamchi materiallar, masalan,
xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar va boshqalar);

uzoq muddatli aktivlarga talab, extiyoj (asosiy ishlab chiqarish fondlari);

ish haqi to’lovlari uchun mablag’larga talab.
Resurslarga ehtiyojni aniqlash uchun determinant (normativ), statistik va empirik (tajriba
asosidagi) kabi turli usullar qo’llanishi mumkin.
Determinant (normativ) usul bilan mahsulot chiqarish uchun resurslarga bo’lgan ehtiyojni
aniqlash maqsadga muvofiq. Empirik va boshqa usullardan ta’mirlash-ekspluatatsiya
ishlariga materiallar extiyojlarini hisoblashda foydalanish mumkin.
Moddiy zahiralar hajmini aniqlash. Zahiralar asosan ishlab chiqarish jarayonini
noma’lum xarakterli xaridlarga bog’liqligini kamaytirish, texnologik ishlov berish bo’yicha
kelgusi operatsiyalarni ishlab chiqarish bosqichidagi avvalgi xatolardan mustaqil bo’lishi,
shuningdek, xaridorlar talabi barqaror bo’lmagan hollarda tayyor mahsulotning barqaror
taklifini ta’minlash uchun mo’ljallanadi.
Moddiy zahiralarni rejalashtirishda ularning optimal hajmiga rioya qilish kerak, chunki
zahiralarning kamayib ketishi mahsulot ishlab chiqarish va sotishda uzilishlarga sabab


bo’lishi, ortiqcha zahiralarning to’planib qolishi esa aylanma vositalarning bog’lanib
qolishi, kerditorlik qarzlarining ko’payishi, materiallarni olib kelish va saqlash uchun
xarajatlarning ortishiga olib kelishi mumkin. Bu esa korxonaning moliyaviy holatini
yomonlashtiradi.
Ushbu vazifani hal qilish uchun korxona zahiralarning belgilangan normasi – moddiy
resurslar minimal hajmiga amal qilishi lozim bo’lib, bu resurslar korxonaning to’xtovsiz
sur’atlarda ishlashini ta’minlashi lozim bo’ladi.
Zahiralar hajmini uchta asosiy omil belgilab beradi:

kundalik material iste’moli hajmi;

materiallar sarflanishi xarakteri (iste’molning bir xillik darajasi);

ikki marta material olib kelish o’rtasidagi vaqt.
Korxona aylanma mablag’larini normalashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zahiralarini
normalashtirish, shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor
mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog’liq vazifalarni echishga
olib keladi.
Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, korxonaning uzluksiz faoliyat yuritishini
ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar ishlab chiqarish zahiralari normativlardan
past bo’lsa, ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi, ishchi kuchi va uskunalarning
bekor turib qolishi, korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy ko’rsatkichlari pasayishiga
olib kelishi mumkin. Shu bilan bir paytda, ishlab chiqarish zahiralarining belgilangan
norma va normativlardan oshib ketishiga ham yo’l qo’ymaslik kerak, chunki bu
mablag’larning «muzlab» qolishiga va natijada korxonaning zarar ko’rishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish zahiralari joriy, sug’urta (kafolatli), tayyorlov (texnologik) va mavsumiy
turlarga bo’linadi.
Xom-ashyo va materiallar xaridi korxonaning xo’jalik faoliyatida muhim qadam
hisoblanadi. Bunda vazifa xarid qilinayotgan materiallar optimal hajmi qanday bo’lishini
aniqlashga borib taqaladi, chunki bir martalik xarid qilinadigan materiallar partiyasi
qanchalik katta bo’lsa, shuncha ko’p aylanma mablag’larni «bog’lab» qo’yishga to’g’ri
keladi va aksincha.
Resurslardan foydalanishni baholash. Biznes-rejani ishlab chiqishda korxonaning
resurslardan foydalanishini yoritib berish zarur.
Gap shundaki, talab qilinuvchi resurslar hajmini aniqlash bu hali rejalashtirishning
boshlanishi bo’lib, amaldagi biznesda bu resurslar qanday foydalanilishi muhim ahamiyat
kasb etadi.
Natural va qiymat o’lchamidagi amaldagi (o’tgan yilgi) va rejadagi (bashorat qilingan)
ko’rsatkichlar resurslardan foydalanishni tavsiflash uchun asos bo’la oladi. Rejadagi
ko’rsatkichlarning amaldagi ko’rsatkichlardan ortib ketishi korxonaning resurslardan
foydalanish siyosatida ijobiy o’zgarishlar ro’y berganligidan darak beradi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlariga bo’lgan talabni (extiyojni) aniqlash. Bu moddada
mavjud asosiy ishlab chiqarish fondlarining qisqacha tavsifi beriladi: tarkibi, tuzilmasi,
qiymati, texnik tavsifi, eskirish darajasi, ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish zaruriyati
ko’rsatiladi (7.2-jadval).
7.2-jadval
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibi tuzilishi va eskirishi.


Mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, modernizatsiya yoki rekonstruktsiya qilish
yoxud yangi ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog’liq savollar yoritiladi. Ularga
quyidagilar kiritilishi mumkin:

xujjatlarning mavjudligi;

qurilish-montaj ishlarini mo’ljallangan muddatlarda bajarilishini ta’minlovchi pudrat
tashkilotining mavjudligi;

xarajatlar va x.k.
Bularning asosida qo’shimcha uskunalarga talab va asosiy fondlar va nomoddiy
aktivlarga umumiy talab belgilanadi. Asosiy fondlarga extiyoj, asosiy fondlar turlari
bo’yicha ishlab chiqaruvchining normativlarga ko’ra aniqlanadi.
Aylanma mablag’larga bo’lgan extiyojning mufassal hisobini yangidan tashkil etilayotgan
korxonalar uchun amalga oshiriladi. Faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun aylanma
mablag’lar miqdoriga o’zgartirish kiritish, aylanma mablag’lar me’yorini aniqlashning
koeffitsentli uslubi yordamida yoritiladi.
Aylanma mablag’larga bo’lgan umumiy extiyoj ya’ni aylanma mablag’lar yalpi normativini
tashkil etuvchi elementlar normativlari yig’indisi sifatida aniqlanadi (7.3-jadval).
Xarajatlar bashorati. Bo’lim ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini
hisoblash bilan tugallanadi. Bo’limga ishlab chiqariladigan mahsulot kalkulyatsiyasi va
ishlab chiqarish xarajatlari smetasining barcha muddatlari bo’yicha hisoblar ilova qilinadi.
Moddiy resurslarga bo’lgan talabni jadval shaklida berish mumkin
Biznes-rejada material-xom ashyo va yoqilg’i-energetika resurslarini sotib olish shartlari,


etkazib beriladigan resurslarning nomenklaturasi, muddatlari va bahosi nuqtai nazaridan
ta’minotchilarning ishonchliligini ko’rsatib o’tiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari smetasi 7.4-jadval shaklida
rasmiylashtirilishi mumkin.
Biznes-reja-bu shunday xujjatki, firmaning unda o'z ishini qanday
boshlashi, qanday ishlab chiqarishini samarali yurgizish va tovarni bozorga olib chiqishi,
qanday texnologiyani qo'llashi, qachon dastlabki daromad olishi, tavakkalchilik (risk) ni
kamaytirishi, sarf-xarajat darajasi va foyda olishi, raqobat kurashida yutib chiqish kabi
ko'rsatkichlarning loyihasi o'z aksini topadi.
Beznes-reja korxona (firma)ning rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan asosiy
hujjatlardan biridir. Shu bilan birga firma taraqqiyotining umumiy kontseptsiyasiga
asoslanadi, strategiyaning iqtisodiy va moliyaviy jihatlarini birmuncha batafsil bayon etadi,
aniq-tayin chora-tadbirlarni texnik iqtisodiy jihatdan asoslab beradi.
Boshqacha qilib aytganda, biznes-reja tadbirkor uchun go'yo bir ish qurolidir,
aniqrog'i, kompasdir. U firmaning ish jarayonini tasvirlab, firma rahbarlarining o'z
maqsadlariga qay tariqa erishishlarini, birinchi galda ishning daromaddorligini qay tariqa
oshirish mumkinligini ko'rsatib beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja firmaga:
7. o 'sib borishga


8. bozorda yangi mavqelarni qo 'Iga kiritishga;
9. o'z taraqqiyotining istiqbollarini belgilab olishga;
10.yangi tovarlar ishlab chiqarish va yangi xizmat turlarini yaratishga;
11.yangi mo'ljallangan amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini
tanlab olishga yordam beradi;
Bozor munosabatlari rivojlangan sari rejaning ahamiyati tobora oshib boradi.
Biron-bir ishlab chiqarish, xususan, tijorat g'oyasini rejasiz amalga oshirib bo'lmasligini
xorijiy biznesmenlar allaqachon tushunib etganlar. Bu erda gap awalgi besh yillik
rejalarimiz haqida bormayapti. Xorijiy mamlakatlarning "Besh yillik rejalari" butunlay
boshqacha usulda tuziladi. Ularni biznes-reja deb yuritishadi.
Agar o'z faoliyatingizni biznes-rejasiz boshlaydigan bo'lsangiz, tez kunlar ichida
inqirozga uchrab, sinishingiz turgan gap! Hayron qolmang, chunki jahon amaliyotidan
bizga ma'lumki, biznes-reja ishbilarmonning hammasi uchun juda zarur, go'yoki suv bilan
havodek.
Nega deganda, biznes-reja-bu shunday narsaki, uning yordamida siz ko'p ishlarni
bajarishga qodirsiz. Masalan, siz o'z loyihangizni amalga oshirmoqchi yoki sotmoqchisiz.
Buning uchun esa sizga lozim bo'lgan mablag'ni bankdan qarzga olish paytida bankirni
o'zingizning biznes-rejangizdan xabardor etishingiz shart.
Bundan tashqari, bu narsa, o'z kelajagini bilishni xohlagan va o'z vazifasini aniq
hamda puxta tushunish niyatida yurgan kasbdoshlaringiz, to'g'rirog'i xodimlaringiz uchun
ham, eng avvalo yuqorida ta'kidlaganimizdek o'zingiz uchun ham juda keraklidir.
Biznes-reja korxonaning ichki hujjati bo'libgina qolmay, balki undan investorlar va
kreditorlarni taklif qilishda ham foydalanish mumkin. Investorlar tavakkal qilib sarmoya
berishdan awal loyihaning sinchiklab ishlab chiqilganiga ishonch hosil qilishlari va uning
samarali ekanligidan xabardor bo'lishlari kerak. Ular sarmoya berish imkoniyatlarini ko'rib
chiqishdan oldin biznes-rejani sinchiklab o'rganib chiqishadi. Shundan so'ng ular loyihani
ishlab chiqqanlar bilan uchrashadilar. Korxona o'z faoliyatini biznes-rejasiz boshlar ekan,
u albatta inqirozga uchrashi muqarrar.
Muvaffaqiyatli tuzilgan biznes-reja korxonaning holatini chuqur tahlil qilishga hamda
uning istiqboldagi rivojlanishiga xolisona va ob'ektiv baho berishga yordam beradi. U
muhim hujjat hisoblanadi. Shuning uchun ham uni begona odamlarga, shuningdek
korxona boshqaruviga aloqador bo'lmagan shaxslarga berish ta'qiqlanadi.
Biznes-reja bozor ehtiyojini inobatga olgan holda firmaning qisqa va uzoq muddatga
mo'ljallash, shuningdek zaruriy resurslarni olish maqsadida tuziladi. U tadbirkorga


quyidagi vazifalarni bajarishga, ya'ni:

firma faoliyatidagi aniq yo'nalishni, maqsadli bozorlar va u bozorlarda
firmaning
o'rnini aniqlashga;

firmaning qisqa va uzoq muddatli maqsadini belgilash va ularni amlga
oshirish
taktikasi
hamda
strategiyasini
ishlab
chiqishga.
Har
bir
strategiya
ijrosini
ta'minlovchi ma'sul, javobgar shaxslarni belgilashga;

tovar va xizmat turlarini tanlash va iste'molchilarga qilinadigan taklif tarkibini
belgilashga,
ularni
ishlab
chiqarish
va
sotishga
sarflanadigan
xarajatlarni
baholashga;

firma maqsadini amalga oshirish uchun mavjud kadrlar salohiyatining hamda
mehnat motivatsiyasining talab darajada ekanligini baholashga;

bozorni
o'rganish,
reklama,
sotishni
rag'batlantirish,
narx-navo,
sotish
shaxobchalari
va
hokazolar
bo'yicha
firma
marketingi
faoliyati
tarkibini
aniqlashga;

firma maqsadini amalga oshirishda mavjud moliyaviy va moddiy
resurslarning
muvafiqligini baholashga;

biznes-rejanibajarishga
xalaqit
beruvchi,
ko'zda
tutilmagan
qiyinchiliklar,
to'g'anoqlarni oldindan ko'ra bilishga yordam beradi.
Biznes-rejani nazarga olmagan tadbirkor kutilmagan noxushliklarga duch kelishi
tabiiy. Bu noxushliklar nafaqat tadbirkorning o'ziga, shu bilan birga uning boshlagan yoki
yurgizayotgan faoliyatiga qattiq zarba berishi mumkin. Shu sababli vaqtni ayamasdan
biznes-rejani tuzishga (uni tuzishga 200 odam-soatgacha vaqt talab qilinadi), so'ngra
faoliyatni boshlashga jazm etmoq zarur. Hattoki bozorda o'zgaruvchanlik intensiv bo'lgan
hollarda ham uni tuzishdan voz kechmaslik darkor.
Firma faoliyatini biznes-reja vositasida rejalashtirish quyidagi afzalliklarga ega:

firma rahbarlarini firma istiqboli bilan shug'ullanishga majbur qiladi;



firma
maqsadini
amalga
oshirish
uchun
zarur
bo'lgan
resurslarni
aniq
muvofiqlashtirishga imkon beradi;

firma faoliyatini nazorat qilish ko'rsatkichlarini o'rnatishga yordam beradi;

firma rahbari va ma'sul xodimlar majburiyatlarini yanada aniqroq o'rnatishga,
ularning javobgarligini oshirishga majbur qiladi;

firmani bozor vaziyatiga har doim tayyorlab boradi.
Qisqasi, biznes-reja tadbirkorga mazkur faoliyat uchun pul sarflash kerakligi, bu
sarf daromad olib keladimi, olingan daromad sarflangan xarajatni qoplab firma
rentabelligini ta'minlay oladimi degan savollarga javob beradi.
Biznes-reja quyidagi o'ta dolzarb vazifalarni echish uchun ham zarurdir:

mavjud va yangitdan tashkil topadigan xususiy va aktsiyador firmalarga
kredit
olish uchun;

davlat korxonalarni xususiylashtirish bo'yicha takliflarni asoslash uchun;

yangi faoliyatni boshlash va firmaning bo'lg'usi yo'nalishni aniqlash uchun;

chetdan investorlarni jalb qilish uchun;

qo'shma korxonalarni tashkil qilish uchun;

buyurtmachi yoki xaridor bilan yirik shartnomani tuzish uchun;

yangi malakali xodimlarni o'z firmangizga jalb qilish uchun;

tovaringizni yoki xizmat turlarini chetga chiqarishni asoslash va hokazolar
uchun.
Bu muammolarni echish uchun biznes-reja zarurdir va u awalgi ko'nikkan
texnik-iqtisodiy asoslash kabi xujjatning o'rnini bosmog'i darkor.
Biznes-rejani menejer, tadbirkor, firma, firmalar guruhi, konsalting tashkiloti
tayyorlashi mumkin. Biznes-rejani tuzish jarayoni tadbirkorlik g'oyasidan boshlanib,
olingan foydani uning ishtirokchilariga taqsimlash bilan yakunlanadi.
Biznes-rejani tuzishda rahbarning shaxsan ishtiroki juda zarurdir. Shuning uchun


ham ko'pgina xorijiy mamlakatlar banklari va investorlari, agar biznes-rejani boshidan
oxirigacha chetdan maslahatchi yollab bajargan va rahbar faqat qo'l qo'yganini bilib
qolsalar, bunday biznes-reja loyihasiga mablag' berishdan voz kechadilar.
Bu degani biznes-rejani ishlab chiqishda maslahatchilar hizmatidan foydalanmaslik
kerak degani emas, aksincha, investorlar tomonidan ekspert maslahatchilarning
xizmatidan biznes-rejani ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi qo'llab-quwatlanadi.
Gap bu erda boshqa narsada. Biznes-rejani ishlab chiqishda korxona rahbarining yoki
tadbirkorning shaxsan o'zi ishtirok etishi shart.
Firma yangi o'zlashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni mo'ljallagan bo'lsa-yu,
lekin bularni ishlab chiqarish uchun etarli quwatlarga ega bo'lmasa, u yo yangi quwatlarni
yuzaga keltirish uchun sarmoyalarni jalb qilish yo'lidan borishi, yoki ishning bir qismini
bajarib beradigan sheriklarni qidirib topish yo'liga kirishi mumkin. Bunday holda
biznes-reja sheriklar kapitalini inobatga olgan holda tuziladi.
Biznes-rejani yangi hissadorlar, kreditorlar, biznes sohasidagi sheriklar, mablag'
beruvchi xomiylar va chet el investorlarini qidirib topishda hammadan ko'p foydalaniladi.
Bunday sharoitda biznes-reja qachon, kim va nima uchun degan savollarga javob olish
uchun tuziladi.
Tadbirkor uchun uning biznesi hayot-mamotidir. Bank menejeri yoki chet el investori
uchun tayyorlangan bu xujjatlar ular qo'liga kelib tushadigan ko'plab xujjatlarning faqat
biridir. Siz bu reja bilan ularni ishontira olishingiz, o'zingizga jalb qila olishingiz va
pirovardda uni qo'llab-quvvatlashingizga erisha oolishingiz lozim.
Burring uchun siz tuzgan biznes-reja quyidagi talablarga javob berishi, ya'ni:

aniqvaravon;

qisqa va lo'nda;

mantiqan kuchli asoslangan;

to'g'ri va ishonchli;

raqam va faktlar bilan o'z tasdig'ini topgan bo'lishi shart.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin