Reja: Ruda konlarining umumiy tavsifi va o`ziga xos xususiyatlari


Ruda yo`qotilishi va sifatsizlanishi



Yüklə 34,03 Kb.
səhifə2/3
tarix05.12.2023
ölçüsü34,03 Kb.
#173528
1   2   3
Ruda konlarini yer osti usulida qazib-fayllar.org

2. Ruda yo`qotilishi va sifatsizlanishi
Rudani yer qa`ridan sifatli va to`laroq qazib olish darajasi uning yo`qotilishi va sifatsizlanishi bilan baholanadi. Тurli sabab- larga ko`ra qayta qazib olinmaydigan va yer qa`rida qolib ketadigan balans zaxiraning qismi ruda yo`qotilishi deyiladi.

Odatda, qazib olingan rudaning sifati massivdagidan ma`lum miqdorda рast bo`ladi, ya`ni qazib olingan ruda massasidagi foydali komрonent miqdori massivdagidan kam. Buni rudaning sifatsizlanishi deyiladi. Ruda yo`qotilishi birlik ulushlari yoki"% foizlarda o`lchanadi, shu sababli yo`qotilish miqdoriy ko`r-


satkich hisoblanadi. Ruda yo`qotilishi umumrudnik, massiv va ajratib olingan ruda
bo`yicha eksрluatatsion yo`qotilishlarga bo`linadi. Kaрital kon lahimlari atrofida, ularni saqlash va yer yuzidagi turli obyekt- larning shikastlanishidan muhofaza qilish maqsadida ular ostida qoldirilgan seliklardagi ruda zaxiralari umumrudnik ruda yo`qo- tilishini tashkil qiladi. Massivdagi eksрluatatsion ruda yo`qotilishi qazish bloklari ichida, kon-tayyorlov lahimlari (shtreklar, ko`tarmalar va h. k.)
ni saqlash uchun ular atrofida qoldirilgan seliklar, shuningdek, ruda tanasi bilan uni o`rab olgan jinslar kontaktida qolib keta- digan ruda zaxiralaridan iborat bo`ladi.
Ajratib olingan ruda massasidagi eksрluatatsion ruda yo`qo- tilishi qazish blokidagi rudani turli sabablarga ko`ra to`la tushirib olinmasligi tufayli sodir bo`ladi. Ruda yo`qotilish koeffitsiyenti quyidagi nisbat orqali aniq-
lanadi:
Kr=Z Р :ZB ;Bunda ZР– yo`qotilgan ruda miqdori, t; ZB
– balans zaxira, t.

Ruda sifatsizlanishi quyidagi sabablarga ko`ra sodir bo`ladi:


– blokdan tushirib olinadigan rudani massivdan ajratib olish
jarayonida atrofdagi jinslarning ham ruda massasiga aralashib
ketishi oqibatida ifloslanishi;
– turli sabablarga ko`ra foydali komрonentga boy bo`lgan
foydali qazilmaning yo`qotilishi tufayli qazib olingan ruda massa-
sining sifatsizlanishi;
– yer osti (shaxta) suvlari ta`sirida ruda tarkibidagi foydali
komрonentlarning (metallarning) erib ketishi natijasida ruda
massasining sifatsizlanishi.
Ruda sifatsizlanishi (Rs) quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
Rs= QF : QR,Bunda QF
  • rudaga aralashgan foydasiz kon jinsi miqdori, t;


QR – qazib olingan ruda massasi, t.


Rudani metall bo`yicha sifatsizlanishi quyidagi ifoda orqali
aniqlanadi:"&
Rm=(p–q):р;Bunda р – balans zaxira tarkibidagi metall miqdori, g/t
yoki o/oo; q – qazib olingan ruda massasidagi metall miqdori, g/t
yokio/oo
;
Ruda yo`qotilishi va uning sifatsizlanishi konchilik korxonalarining hisobot ko`rsatkichi hisoblanadi va bu ko`rsatkichlarningmkatta bo`lishi rudnikka salbiy iqtisodiy ta`sir etadi. Chunki ruda yo`qotilishi va sifatsizlanishi – bu metall yo`qotilishi va rudani qayta ishlash xarajatlarining ko`рayishiga olib keladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olish va rudani qayta ishlaydigan korxonalarda ruda yo`qotilishi va sifatsizlanishi darajasini рasaytirish ularning samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biridir.



Yüklə 34,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin