14-MA`RUZA. SAMARQAND VILOYATINING TABIIY VA MADANIY TURISTIK RESURSLARI
Reja:
Samarqand viloyatining geografik orni va joylashuvining turizmdagi ahamiyati
Turizmda innovatsiyalarning hududiy jihatlari
Samarqand viloyatida innovatsion loyihalarni amalga oshirish muammolari
4.Samarqand viloyatining geografik orni va joylashuvining turizmdagi ahamiyati
Samarqand viloyati 15 yanvar 1938 yilda tashkil etilgan bolib, maydoni 16,8 ming kv.km yoki respublikamiz hududining 3,7 foizini egallaydi. Hududi jihatdan Ozbekistonning boshqa viloyatlaridan kichik bolishiga qaramasdan, viloyat aholi soni boyicha respublikada 1-orinda turadi, bu yerda 1.01.2018-yil malumotiga kora 3719,6 ming aholi istiqomat qiladi. Bu shundan dalolat beradiki, viloyat aholisining zichligi ortacha mamlakat korsatgichiga qaraganda ancha yuqoridir.
9-jadval
Samarqand viloyati qishloq tumanlarning maydoni va aholisi (2018-y)
Qisloq tumanlari
Tashkil topgan yili
Tuman markazi
Maydoni, ming km
Aholisi ming kishi
Aholi zichligi, 1 kv km, kishi
1
Bulungur
29.09.1926
Bulungur sh.
0,76
178,9
235,4
2
Jomboy
07.12.1970
Jomboy sh.
0,55
163,1
296,5
3
Ishtixon
18.05.1943
Ishtixon sh.
0,72
241,9
335,9
4
Kattaqorgon
02.02.1929
Payshanba sh
1,39
261,6
188,2
5
Narpay
29.09.1926
Oqtosh sh.
0,44
204,9
465,6
6
Nurobod
26.11.1975
Nurobod sh.
4,86
143,8
29,5
7
Oqdaryo
25.12.1968
Loyish sh.
0,37
152,7
412,7
8
Payariq
29.09.1926
Payariq sh.
1,29
238,7
185,0
9
Pastdargom
29.09.1926
Juma sh.
0,87
338,8
389,4
10
Paxtachi
12.04.1973
Ziyodin sh
1,38
138,4
100,2
11
Samarqand
29.09.1926
Gulobod sh
0,48
241,1
502,2
12
Toyloq
09.04.1992
Toyloq sh
0,28
191,7
684,6
13
Urgut
31.12.1964
Urgut sh.
1,12
481,6
430,0
14
Qoshrobod
03.04.1978
Qoshrobod sh
2,16
125,4
58,0
15
Viloyat boyicha
01.15.1938
Samarqand sh.
16,8
3719,6
221,4
Samarqand viloyati mamuriy jihatdan 14 ta qishloq tumanlari, 11 ta shahar va 88 ta shaharga, 125 ta qishloq fuqorolar yiginlari va 1829 ta qishloq aholi punktlari, 1112 ta mahalla va 430 ta shahar mahallalaridan iborat (2018-y).
10-jadval
Samarqand viloyati mamuriy-hududiy bolinishi
Qisloq tumanlari
Tashkil topgan yili
Tuman markazi
Maydoni, ming km
Aholisi ming kishi
Aholi zichligi, kv km, kishi
1
Bulungur
29.09.1926
Bulungur sh.
0,76
178,9
235,4
2
Jomboy
07.12.1970
Jomboy sh.
0,55
163,1
296,5
3
Ishtixon
18.05.1943
Ishtixon sh.
0,72
241,9
335,9
4
Kattaqorgon
02.02.1929
Payshanba sh.
1,39
261,6
188,2
5
Narpay
29.09.1926
Oqtosh sh.
0,44
204,9
465,6
6
Nurobod
26.11.1975
Nurobod sh.
4,86
143,8
29,5
7
Oqdaryo
25.12.1968
Loyish sh.
0,37
152,7
412,7
8
Payariq
29.09.1926
Payariq sh.
1,29
238,7
185,0
9
Pastdargom
29.09.1926
Juma sh.
0,87
338,8
389,4
10
Paxtachi
12.04.1973
Ziyodin sh.
1,38
138,4
100,2
11
Samarqand
29.09.1926
Gulobod sh.
0,48
241,1
502,2
12
Toyloq
09.04.1992
Toyloq sh.
0,28
191,7
684,6
13
Urgut
31.12.1964
Urgut sh.
1,12
481,6
430,0
14
Qoshrobod
03.04.1978
Qoshrobod sh
2,16
125,4
58,0
15
Viloyat boyicha
01.15.1938
Samarqand sh.
16,8
3719,6
221,4
Jadvaldan korinib turibdiki, maydoni jihatdan eng katta tuman Nurobod, qoshrobod bolib, keying orinlarni Kattaqorgon va Paxtachi tumanlari egallaydi. Aholi sonining kopligi jihatdan esa Urgut, Samarqand va Pastdargom tumanlari ajralib turadi. Viloyatda aholi zichligi 1 kv.km.da 221,4 ming kishini tashkil etadi. Bu jihatdan tumanlar orasida eng yuqori korsatgich Toyloq tumanida bolib bu yerda zichlik 684,6 kishi, Samarqand tumanida 502,2 kishiga teng. Shuningdek, aholi zichligi Narpay, Oqdaryo tumanlarida ham yuqori hisoblanadi. Aholi zichligining eng past korsatkichlari bilan Nurobod va Qoshrobod tumanlari ajralib turadi. Samarqand viloyati respublikamiz miqyosida alohida oringa ega bolib, bu yerda mashinasozlik, ximiya va oziq-ovqat sanoatlari,tamaki, paxta, uzum etishtirish rivojlangan, shuningdek xalqaro turizmga ham ixtisoslashgandir. Viloyatimiz Ozbekistonning markaziy qismida, qulay geografik va Zarafshon daryosining gidrogeografik torida joylashgan. Viloyat garb va shimoliy-garbda Navoiy, shimoliy-sharqda Tojikistonning Sugd viloyati Panjakent tumani bilan chegaralanadi. Viloyat Zarafshon vodiysida, Zarafshon daryosini orta qismida joylashgan, u vodiyni sugorishda va aholi joylashuvida hamda qadim zamonlarda aholi punktlari paydo bolishda asosiy rol oynaydi. Zarafshonning doiymiy suv zahiralariga ega bolgan irmoqlari deyarli yoq. Samarqanddan yuqoriroqda, Tojikiston Respublikasining Panjakent tumaniga qoshni joyda, Zarafshonning tog oraliqlaridan boshlanadi. Ulardan eng muhimi qadimgi Dargom hisoblanadi, aynan ana shu kanaldan eski Anhor kanali suv oladi va u Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanini ham sugoradi. Kattaqorgon, Oqdaryo, Tusunsoy suv omborlari, Narpay, Bulungur kanallari, Beshariq arigi ham dehqonchilik rivoj topgan hududlarni suv bilan taminlaydi. Shu orinda takidlash joizki, viloyat iqtisodiyotini shakillanishida mineral resurslarga kora agroiqlimiy sharoitning roli katta. Shuningdek, bu yerda turizm va rekreatsiya resurslari mavjud bolib, ularning ahamiyati ham sezilarli darajada yuqoridir. Rekreatsiya resurslari, xususan tog etaklarida, soy boylarida juda kop va ulardan foydalanish katta ahamiyatga ega. Ekoturizm nuqtaiy nazardan gorlar, Urgut chinor va buloqlari diqqatga sazovar joylar hisoblanadi.
Samarqand viloyati ozining turistik salohiyati boyicha nafaqat Ozbekistonda, balki dunyoda ham mashhurdir. Viloyatdagi tarixiy, arxitektura va arxeologik obidalar, tabiiy rekreatsiya maskanlari, diniy qadamjolar hamda oziga xos madaniy-etnografik ananalar mintaqa turizm xazinasi hisoblanadi.
Samarqand viloyatida turistik obektlarni organish va baholash, mintaqa turizmini rivojlantirish hamda hududiy tashkil etishda quyidagi masalalarga ahamiyat berish lozimdir:
turizmni milliy va mintaqaviy iqtisodiyotdagi orni hamda uning oziga xos jihatlarini asoslab berish;
turizmni iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning oziga xos yonalishi sifatida organish;
Samarqand viloyatida turizmni tashkil etish va uni rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlarni tahlil qilish va baholash;
mintaqani turistik jihatdan rayonlashtirish va turistik marshrutlarni aniqlash;
Samarqand viloyatida turizmning rivojlanish muammolarini tadqiq etish va ularni ilmiy asosda echish boyicha ustuvor yonalishlarni belgilash va h.k.
Samarqand viloyatida mahalliy va xalqaro turizmni rivojlantirishda sayyohlikning turli yonalishlarini, jumladan, tabiiyrekreatsiya, tarixiy, diniy va madaniy, etnografik turlarini hududiy jihatdan tahlil etish hamda soha oldida turgan muammolar va ularning echimini topish mazkur ishning asosiy himoya jihatlarini belgilaydi.
Turizmni tashkil etish va yuksaltirish mintaqada mavjud sayyohlik marshrutlarini organish va yangilarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Ammo tahlillar shuni korsatadiki, Samarqand shahridan boshlanadigan eng katta turistik marshrutlar Samarqand-Urgut, Samarqand-Omonqoton, Samarqand-Nurobod-Tim, Samarqand-Kattaqorgon (Kattaqorgon shahri va suv ombori), Samarqand-Miyonqol oroli (Oqdaryo-Ishtixon tumanlari) va boshqa turistik marshrutlarning hozirgi kunga qadar imkoniyatlari aniqlanmagan. Mazkur yonalishdagi sayohatlarda turizmning turli xillaridan (avtotransport, piyoda, otda, tuyada va h.k) foydalanish mumkin. Togli mintaqa marshrutlarida qatnashish uchun esa kishi jismonan baquvvat bolishi kerak. Bu oz navbatida keksa va orta yoshdagi sayyohlarni tog marshrutlaridan barhamand etishda qulayliklar yaratishni talab qiladi. Shu maqsadda maxsus yolaklar va osma kotargich elektr yollari barpo etish nihoyatda zarurdir. Bunday tadbirlarni amalga oshirish mintaqa tog turizmining kelajakda yuksalishiga va sayyohlik oqimining osishiga olib kelishi shubhasizdir.
Viloyatga keladigan sayyohlarning sonini oshirish va jahon andozalari talabida xizmat korsatishni tashkil etish mintaqa turizmining eng muhim vazifalaridan biridir. Buning uchun sayyohlik bilan shugullanuvchi orta va kichik turistik firma va korxonalar faolligini oshirish, sayyohlar talabini organish kabi muammolarni hal qilish talab etiladi. Bizning fikrimizcha, mintaqa turizmini rivojlantirish uchun avvalo:
sayyohlik firmalariga dastlabki imtiyozli sarmoyalarni maqsadli ajratish va moddiy texnik bazasini mustahkamlashga yordam berish;
turizm sohasi boyicha tadqiqot olib boradigan oliy oquv yurtlari bilan hamkorlikda ish olib borish;
turli yonalishda faoliyat yuritadigan malakali kadrlar masalasi va mavjud mutaxassislar malakasini xorijiy davlatlarda oshirish;
xorijiy davlatlarda faoliyat korsatadigan kichik sayyohlik firmalar ish faoliyatini organish;
kichik va orta sayyohlik korxonalarining sayyohlik imkoniyatlari-
dan samarali foydalanishni yolga qoyish uchun marketing xizmatiga etiborni qaratish;
hududiy turistik majmualar shakllanishini takomillashtirish va ularni tegishli infratuzilma tizimi bilan taminlash;
turizm sohasi orqali aholining bandlik darajasini yaxshilash va h.k.
Bundan tashqiri, viloyat hududidagi barcha turistik obektlarni kadastrlash, yani tarixiy obidalar, arxitektura, arxeologik yodgorliklar, diniy qadamjolarni, xonaqo va masjidlar turistik obektlar royxatiga kiritilishi va baholanishi kerak. Shu bilan birga etnografik, tarixiy va qadimiy mahallalar, choyxonalar, milliy ananalar, urf-odatlar, hunarmandchilik va boshqalar ham inobatga olinishi lozim.
Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish uchun, bizningcha, quyidagi muammolar hal etilishi lozim:
viloyatda turizm sohasida faoliyat korsatayotgan tadbirkorlarga amaliy yordam berish, xorijiy hamkorlarni topish, huquqiy maslahat va uslubiy yordam korsatish, dunyo mamlakatlarida otkaziladigan sayyohlik yarmarkalarida qatnashish va ularni viloyatda tashkil etish;
milliy ananalarni namoyon etuvchi mahalla va choyxonalar hamda qadimiy memorchilik usullari saqlanib qolgan uylarni aniqlash va turistik marshrutlarga kiritish;
Samarqand shahrida foytun aravalarda sayr qilishni uyushtirish hamda Afrosiyob hududida orta asr ananalariga xos hovli qurish, xalq amaliy sanati, xalq ogzaki ijodi, milliy urf odatlar, marosimlarni sayyohlarga namoyish etishni tashkil qilish;
viloyat hududigi turistik obektlarga boruvchi yollarni tamirlash va obodonchilik ishlarini olib borish;
mintaqa hududidagi toglarning rekreatsiya imkoniyatlari hamda sayyohlik yonalishlarini aniqlash, tumanlardagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, dam olish maskanlarini organish, marshrutlariga kiritish;
Samarqand viloyatidagi mavjud turistik obektlarni keng tashviqot qilish, xususan ularning rivojlangan, ayniqsa musulmon davlatlarida reklamasini tashkil etish va h.k.
Turizmda innovatsiyalarning hududiy jihatlari
Innovatsiya atamasi lotincha novatio sozidan olingan bolib, yangilanish (yoki ozgarish), “ deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit Innovatio korinishida tarjima qilsak ozgarishlar yonalishida deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bolib, XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo boldi. Innovatsiya tushunchasi ozining yangi hayotini innovatsion kombinatsiyalarni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi ozgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y.Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900-yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qollashga kiritgan dastlabki olimlardan edi. Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. Hudud innovatsion muhitini shakllantirish uchun: maqsad, ilhom, diqqatni jalb etish, boshqa joydan farqli jihati, barcha narsalarni shubha g`alviridan o`tkazish, jarayon, etakchilik, tashabbuskorlik muhimdir.
Innovatsiya bu bozor talabidan kelib chiqqan holda jarayonlar va mahsulotlarning sifatli osish samaradorligini taminlash uchun joriy etilgan yangilikdir. Inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi hisoblanadi. YAngi istemolchilik xususiyatlari yoki ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini sifatli oshirish orqali bozorga mahsulot (tovarlar va xizmatlar)ni etkazib berish innovatsiyaga misol bola oladi. Binobarin, turizmda innovatsiyalarni kiritish turistlar oqimining oshirish va motivatsiyasi shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Chunonchi, turizm faoliyatida jozibadorlik (attraktivnost) innovatsiya bilan bog‘liqdir. “Jozibadorlik-innovatsiya-turizm” tushunchalari hudud turistik salohiyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ӯzbekiston turizm sohasida ulkan imkoniyatlarga ega, xususan mamlakatda jami 7300 tadan ortiq madaniy meros obektlari, shu jumladan 4300 tadan ortiq arxeologik obektlar, 2000 dan ortiq arxitektura obektlari mavjud. Ulardan 500 tadan ortiq turistlar tashrifi uchun sharoit tashkil qilingan hamda turizm yonalishiga kiritilgan. 8 ta quriqlanadigan hudud, 3 ta milliy tabiat boglari, 6 ta tabiat yodgorliklari, 11 ta davlat buyurtmaxonalari mavjud. Mavjud imkoniyatlar yanada kengroq organadigan bolsak, yuqoridagi korsatkichdan ancha kop turistik maskanlarni kashf qilish mumkin. Statistik malumotlarga kora, 2017 yilda respublikaga tashrif buyuradigan turistlar soni 2 mln 520 ming nafardan ortigini tashkil etdi va 2016 yilga nisbatan 44,3 % oshgan. Bu oz navbatida Prezidentimiz SH.Mirziyoevning sohaga qaratilgan katta etiborning natijasidir. Mamlakatga tashrif buyuradigan turistlarning 2 mln 150 ming ortigi bu qoshni Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan Qozogistondan - 1,7 mln kishi, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan - 150 ming kishi, uzoq uzoq xorijiy mamlakatlar - 220 ming nafar fuqarolari tashkil etdi. Bu korsatkich bugungi turistik salohiyat oldida katta natija deb bolmaydi.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi «Ozbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boyicha qoshimcha tashkiliy chora-tadbirlar togrisida»gi PF-5326-son Farmonining 10 bandida turistik kartalar tayyorlash masalasining qoyilganligi geograflar oldiga katta vazifalar belgilab beradi. Shuningdek, farmon bandlarida hududlar turistik imkoniyatlarini yanada rivojlantirish masalalari ham belgilab qoyilgan. Demak, turizmda innovatsiyalarni kiritish uchun hudud egasi bolgan geograflar oldiga muhim tadqiqotlar olib borishni har bir hudud, tuman, qishloq, tog va daryolar, chollar turistik nuqtai nazaridan tadqiq etilishi taqaozo qilmoqda. Turizmda innovatsiyalarning jadal rivojlanishi 1972 yilda United States Luggage kompaniyasi xodimi Bernard Devid Sadou tomonidan gildirakli jomadonlar ixtirosi uchun patent olinishi bilan boshlangan.
O`zbekistonga kelgan turistik tashriflarning aksariyati Samarqandga kelishadi. Bu viloyat uchun katta imkoniyatdir. Prezidentimiz Samarqand viloyatiga tashrifi chogida Samarqand bugungi kunda 5 mln turistni qabul qilishi kerakligi, bu esa minglab ish orinlari demakdir, deb takidlagan edi. Darhaqiqat, Samarqand viloyati ozining ulkan turistik salohiyati bilan jahonga mashhurdir. Ammo viloyatning tumanlaridagi turistik salohiyatidan samarali foydalanish uchun imkoniyatlar yuqori bolishiga qaramasdan ulardan samarali foydalanilmayapti. Buni quyidagi jadval malumotlaridan korin mumkin.
11-jadval
Samarqand viloyatidagi mavjud tarixiy obidalar* (2017 yil 1 yanvar holatiga)
№
Tuman, shaharlar nomi
Jami tarixiy obidalar soni
shundan:
Muzeylar soni
Me’moriy obektlar soni
Arxeologiya obe’ktlar soni
Ziyoratgoh joylar soni
Monumen-
tal ob’ektlar soni
Viloyat bo‘yicha
1626
11
581
975
34
36
shaharlar:
1
Samarqand
490
9
417
14
23
36
2
Kattaqo`rgon
23
1
23
-
-
-
tumanlar:
3
Bulungur
25
-
6
19
-
-
4
Jomboy
45
-
6
39
-
-
5
Ishtixon
70
-
8
62
-
-
6
Kattaqo`rgon
50
-
8
42
-
-
7
Qo`shrabot
57
-
3
54
-
-
8
Narpay
56
-
10
46
-
-
9
Nurobod
55
1
5
50
-
-
10
Oqdaryo
114
-
8
105
1
-
11
Payariq
97
-
6
91
-
-
12
Pastdargom
148
-
3
144
1
-
13
Paxtachi
41
-
9
32
-
-
14
Samarqand
140
-
34
102
4
-
15
Tayloq
71
-
13
58
-
-
16
Urgut
144
-
22
117
5
-
*viloyat Madaniy meros obektlarini muxofaza qilish va ulardan foydalanish Davlat inspeksiyasining malumotiga asosan
Yuqoridagi jadvaldan korinib turibdiki, viloyatning aksariyat tumanlarida turistik obektlar mavjud. Ammo mavjud imkoniyatlardan barcha tumanlar ham foydalana olmayapti. Chunki, turizmning innovatsion imkoniyatlari hududlarda yangi ish orinlari yaratish, qoshimcha daromad manbai sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga turtki beradi.
Innovatsiya foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish orinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni ornatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. Shu jihatdan turmahsulot qay darajada yangi bolishi, turistik tovar va xizmatlarning hudud sharoitidan kelib chiqqan holda yaratilishi turistik innovatsiyani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Nazarimizda biz uchun odatiy xolatga aylanib qolgan turobekt, ekolandshaft, obidalar, aynan boshqa hududdan kelgan turist uchun qiziqarli innovatsion turistik mahsulot hisoblanishini nazardan chetda qoldirmaslik lozimdir. Shuning uchun turistik mahsulotning naqadar jozibadorligi turistik innovatsion loyihalarni yaratish, jumladan geografik tadqiqotlar darajasida izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Maktab olkashunosligida oquvchi uchun ozini orab turgan olam va atrof muhit togrisidagi tushuncha sakkiz kilometr radiusdagi voqea va hodisalarni qamrab oladi. Maktab yoshidagi oquvchilar uchun hudud kolami naqadar yiriklashib borsa, ularning dunyoqarashi, oz olkasini yaxshiroq bilishga bolgan qiziqishi va maktab turizmini hududiy tashkil etishda ishtiroki naqadar muhimligini tushunib etadi. Vaholanki, Germaniya talim tizimida maktab yoshidagi oquvchi maktabni tugatgunga qadar 16 ta federal yerlarni oz kozi bilan korishi geografiya fanlari dasturlarida mavjud. Binobirin, Yevropa turizmi tarixi ham maktab oquvchilarining Yevropa mamlakatlari boylab sayohati tarixi bilan bogliqdir. Shuning uchun maktab turizmini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish muhim innovatsiyalardan biri hisoblanadi.
Samarqand viloyatida innovatsion loyihalarni amalga oshirish muammolari
Jahonda aholining dam olishi va xordiq chiqarishida tematik parklar muhim rol oynaydi. Tematik parklarni tashkil qilish goyasi XIX asrning ohirlarida Yevropa davlatlarida shakllandi. Shu davrda kopgina Yevropa davlatlarining poytaxt shaharlarida tematik parklar tashkil etila boshlandi. Bugungi kunga kelib Yevropada minglab akvoparklardan tashqari 20 dan ortiq yirik dunyoga mashhur tematik parklar faoliyat olib, yiliga 2 mln.dan 10 mln.gacha tashriflarni amalga oshirgan. Tematik parklarga asos qilib ertaklar va afsonaviy qaxramonlar, attraksionlar, ovqatlanish obektlari, magazinlar, avtoturarjoylar mavjmuasidan tashkil topgan. Ozbekistonda 220 taga yaqin turli park va atraksionlar shakllangan. Ularga tashriflarni nafaqat bolalar uchun, balki ommabop tashriflarni amalga oshirish uchun keng kolamli tadbirlar, xorijiy tajribalarni ozlashtirish talab etiladi.
Yevropada ommalashgan tematik parklar Germaniya, Daniya, Niderlandiyada nafaqat tematik park sifatida balki, tematik park zonalari sifatida tashkil etilgan. Ispaniyadagi Port Aventura tematik parki yozgi turistik mavsum uchun ochilgan. U 115 gektar bolib, unda 30 ta attraksion va 30 ta restoran va kafe-barlar, 22 ta magazin va avtoturarjoy mavjud. Buyuk Britaniyadagi Sega Uorld, Fransiyadagi Evro Disneylend kabilar dunyoga mashhurdir. Dunyo boyicha 1000 dan ortiq tematik parklar mavjud bolib, shulardan 600 tasi AQSHda faoliyat olib boradi. Masalan, Florida shtatidagi Disney World va Universal Studios tematik parklari dunyoga mashhurdir. Tematik parklarni tashkil etishning asosida kongil ocharlik tomosha qilish goyalari etadi. Shu sababli tematik parklarda har xil korinishdagi atraksion oyinlarni tashkil qilish etadi. Parkdagi boshqa yordamchi tarmoqlar ana shu kongilochar oyinlarni tashkil qilishga xizmat qiladi. Tematik parklarni tashkil qiluvchilarning fikriga kora tematik parklar bu aholining oilaviy dam olishi tomosha qilishiga asoslanadi. Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi malumotlariga kora Ozbekistonda zamonaviy tematik parklar tashkil etish vaqti kelgan. Masalan, Buxorodagi Arkda, Samarqanddagi Amir Temur boglari, Xivada Jaloliddin Manguberdi tematik paklari, Surxondaryoda Avesto kabi mavzularda tematik parklarni tashkil etish imkoniyatlari yuqoridir. Hozirgi zamon tematik parklari nafaqat har xil korinishdagi oyinlardan iborat bolibgina qolmasdan balki tarixiy manbaalarni ham ozida mujassamlashtirmogi lozim. Shu munosabat bilan tematik parklar har xil mavzularga asoslanib tashkil qilinishi, yani tarixiy, madaniy yodgorliklar turli xil tabiiy geografik obektlar, sport yonalishlari boyicha tashkil etilishi mumkin. Shu munosabat bilan hozirgi zamonda tashkil qilinayotgan ayrim parklar faqat bir yonalishda bolmasdan balki bir necha mavzularni ozida qamrab olishi mumkin. Shuning uchun biz Samarqand viloyati boyicha quyidagi tematik parklarni tashkil etish mumkin deb hisoblaymiz:
- Afrosiyob tematik parki (Afrosiyob harobalari va uning atrofida)
-Amir Temur boglari tematik parki (Samarqand tumanida)
- Zarafshon milliy bogi tematik parki (Jomboy tumanida)
-Urgut tematik parki (Urgut shahri va uning atrofida)
-Omonqoton tematik parki (Omonqoton massivida)
-Ohalik tematik parki (Ohalik massivida)
-Nurobod tematik parki (Jom qishlogida)
-Kattaqorgon tematik parki (Kattaqorgon suv ombori hududida)
-Ergash Jumanbulbul tematik parki (Qoshrabot tumanida)
-Fozil Yoldosh ogli tematik parki (Bulungur tumanida)
Buning uchun ushbu xududlarda mavzuli parklarni tashkil qilish imkoniyatlarini geografik jihatdan har tomonlama organish kerak. Bundan tashqari, viloyatda mavzuli parklarni tashkil qilish sohasi boyicha xorijiy tajriba va malakali kadrlar malakasini oshirish va loyihalar ishlab chiqishga etibor qaratish muxim ahamiyat kasb etadi.
Seminar 14. Nazorat savollari:
1.Samarqand viloyati maydoni va aholisi jihatidan tutgan ornini aniqlang?
2.Samarqand viloyati necha tuman mavjud?
3.Samarqand viloyatida eng ommabop turistik marshrutlarni bilasizmi?
4.Chor-Chinor ziyoratgohi qaysi tumanda joylashgan?
5.SHumpeter qaysi terminni birinchi bolib ishlatgan?
6.Gildirakli jamodon ixtirochisi kim?
7.Samarqand viloyatida qancha tarixiy obidalar mavjudligini bilasizmi?
8.Samarqand viloyatida qanday tematik parklar tashkil etish mumkin?
Foydalangan adabiyotlar:
1.Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Ozbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boyicha qoshimcha tashkiliy chora-tadbirlar togrisida»gi PF-5326-son Farmoni.-Toshkent shahri, 2018 yil 7 fevral
2.Abduhakimov A. O`zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari va uni mamlakat iqtisodiyotiga ahamiyati.-Uzbekistan Today.-2018
4.Абдухакимов А. Что такое тематические парки, зачем они нужны Узбекистану и при чем тут бизнес.-Т.,2018
3.A’zamov S. Turizmda innovatsiyalar: soha taraqqiyoti va kadrlar masalasi-Toshkent, 2017
5.Артёмова Е.Н., Козлова В.А. Основы гостеприимства и туризма. Учебное пособие. - Орёл: Орёл ГТУ, 2005. - 104 с.
6.Сенин В. С. Организация международного туризма: Учебник. – 2-е изд., перераб. и доп. – М.: Финансы и статистика, 2003.
7.Руденко Л.Л. Международный туризм: правовые акты. - М.: Финансы и статистика, 2002.
8.Soliev A.S., Usmonov M.R. Turizm geografiyasi.-Samarqand, 2005
9.Samarqand viloyat Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan
foydalanish Davlat inspeksiyasining ma’lumotlari, 2017
10.www. samstat.uz
Dostları ilə paylaş: |