1-MAVZU. SHAXSIY KOMPYUTERLARNING TA’MINOTI VA UNING TURLARI
Reja:
Shaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari
Kompyuterning interfeysi
Kompyuterlarda tizimli shina va uning turlari
Ma’lumki, axborot texnologiyalarining inson faoliyati hamma jabxalarga kirib borish jarayoni borgan sari rivojlanib chuqurlashib bormoqda. Umumiy soni, kо‘p yuz milliondan oshib ketgan, keng tarqalgan shaxsiy kompyuterlardan tashqari, hisoblash tizimlarining maxsus vositalari ham kо‘payib bormoqda. Bu turli-tuman hisoblash texnikasidan foydalanuvchilar soni ham kо‘payib borayotganini bildiradi, bunda ikki qarama-qarshi tendensiyani rivojlanishi kuzatilmoqda. Bir tomondan, axborot texnologiyalari borgan sari murakkablashmoqda va ularni qо‘llash uchun, va ularni keyingi rivojlanishi uchun juda chuqur bilimlar talab qilinadi. Boshqa tomondan, foydalanuvchilarning kompyuterlar bilan muloqati soddalashmoqda. Kompyuterlar va axborot tizimlari borgan sari “dо‘stona” bо‘lib bormoqda, va hatto ular informatika va hisoblash texnikasi sohasida mutahassis bо‘lmagan odamlar uchun ham tushunarli bо‘lib bormoqda. Bu narsa, eng avvalo foydalanuvchilar va ularning dasturlari, hisoblash texnikasi bilan maxsus (tizimli) dasturiy ta’minot – operatsion tizim orqali muloqat qilganliklari uchungina yuzaga keldi.
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat, bular texnikaviy ta’minot (hardware) va dasturiy ta`minot (software)lardir.
Texnikaviy ta’minoti — bu kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Hisoblash tizimi tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Odatda hisoblash texnikasining apparat va dasturiy vositalari alohida olib о‘rganiladi. Shuning uchun ham mos ravishda hisoblash tizimlari apparat konfiguratsiyasi va dasturiy konfiguratsiyasi alohida olib о‘rganiladi. Bunday bо‘linish axborot texnologiyalari uchun muhim ahamiyatga egadir, chunki kо‘p xollarda alohida olingan masala yechimini ham apparat, ham dastur vositalari yordamida ta’minlash mumkin.
Apparat ta’minoti.
Hisoblash tizimlarining apparat ta’minoti tarkibiga, apparat konfiguratsiyani tashkil etuvchi qurilma va asboblar kiradi. Zamonaviy kompyuter va hisoblash majmua (kompleks)lari blok-modulli konstruksiya (tuzilish)dan iborat. Ma’lum ishlarni bajarishga zarur bо‘lgan apparat konfiguratsiyani tayyor blok va qismlardan yig‘ib olish mumkin.Qurilmalarning, markaziy protsessorga (Central Processing UNIT, CPU) nisbatan joylashishiga qarab tashqi va ichki qurilmalarga ajratamiz.Tashqi qurilmalar, qoida bо‘yicha, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish qurilmalaridir, ularni odatda periferik qurilmalar deb ham ataladi. Bundan tashqari ma’lumotlarni uzoq saqlashga mо‘ljallangan qurilmalar ham tashqi qurilmalarga kiradi.Alohida blok va qismlar orasidagi kelishuvchanlik, birgalikda ishlashdagi moslanuvchanlik, apparatli interfeys deb ataluvchi о‘tish apparat-mantiqiy qurilmalari yordamida bajariladi. Hisoblash texnikasidagi apparat interfeysiga belgilangan standartlar protokollar deyiladi. Shunday qilib, protokol – bu qurilma yaratuvchilari tomonidan, bu qurilmaning boshqa qurilmalar bilan muvaffaqiyatli va kelishilgan holda birgilikda ishlashi uchun, ishlab chiqiladigan texnik shartlar majmuasidir.
Dastur – buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Kompyuter uchun tuzilgan har dastur vazifasi – apparat vositalarni boshqarishdir. Birinchi qarashda dasturning qurilmalar bilan xech qanday bog‘liqligi yо‘qdek kо‘rinadi, ya’ni masalan, dastur kiritish qurilmlaridan ma’lumot kiritishni va chiqarish qurilmalariga ham ma’lumot chiqarishni talab qilmasa ham, baribir uning ishi kompyuterning apparat qurilmalarini boshqarishga asoslangan. Kompyuterda, dasturiy va apparat ta’minot, doimo uzilmas aloqada va uzluksiz bog‘lanishda ishlaydi. Biz bu ikki kategoriyani alohida kо‘rib chiqayotganimizga qaramasdan, ular orasida dialektik aloqa mavjudligi va
ularni alohida kо‘rib chiqish shartli ekanlgini esdan chiqarmaslik kerak.
Kompyuterlar va hisoblash tizimlarining dasturiy ta’minoti tuzilishini dasturiy konfiguratsiya deb ham ataladi. Dasturlar orasida xuddi kompyuterning fizik qismlari orasidagi kabi о‘zaro aloqa mavjud. Aksariyat kо‘pgina dasturlar, quyiroq darajadagi boshqa dasturlarga tayanib ishlaydi. Bunday bog‘lanish dasturlararo interfeys deyiladi. Bunday interfeys (muloqot) ning mavjudligi texnik shartlar va о‘zaro aloqa qoidalariga asoslangan bо‘lsa ham, amalda u dasturiy ta’minotni о‘zaro aloqada bо‘lgan bir nechta sathlar (daraja)larga taqsimlash bilan ta’minlanadi. Dastur ta’minoti sathlari piramida tuzilishiga egadir. Har bir keyingi sath oldingi sathlar dasturiy ta’minotiga tayanadi. Bunday ajratish, hisoblash tizimining dasturlarni о‘rnatishdan boshlab, to amalda
ekspluatatsiya qilish va texnik xizmat kо‘rsatishgacha bо‘lgan ish faoliyatining hamma bosqichlari uchun qulaydir. Shunga alohida etibor berish kerakki, har bir yuqoridagi sath butun tizimning funksionalligini oshiradi. Masalan, asos dasturiy ta’minoti sathiga ega bо‘lgan hisoblash tizimi kо‘p funksiyalarni bajara olmaydi, ammo u tizimli dasturiy ta’minotni о‘rnatishga imkon beradi, ya’ni sharoit yaratadi.
Dasturiy ta`minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma`lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta`minotsiz har qanday zamonaviy kompyuterda biror amal bajarib bo’lmaydi.
Kompyuterning texnikaviy va dasturiy ta`minoti orasida bog’lanish qanday amalga oshiriladi?
Avvalo ular orasidagi boglanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish — bu, texnikaviy interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa — dasturiy interfeys, texnikaviy qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish — texnikaviy — dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya`ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim. Inson kompyuterning ham texnikaviy, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Interfeys (interface — Kompyuterra tegishli adabiyotda ba’zida «interfeys» atamasi o’rniga «nazoratchi» yoki «adapter» atamalari ishlatiladi. qatiy aytganda, bu to’g’ri emas, chunki «nazoratchi» (controller) interfeysni boshqaradi va uning ishlashini ta’minlaydi, «adapter» (adapter) interfeyslarning to’g’ri (mos) kelishini ta’minlaydi) — ulanish va aloqa vositalari to’plami bo’lib, u tizimlarning yoki ular qismlarining o’zaro samarali harakatini ta’minlaydi. Interfeysda odatda ulanish masalalarining mexanik (simlar soni, aloqa elementlari, ulanish tiplari, kontaktlar nomerlari va sh. o’. ) va mantiqiy (tushunarli signallar, ularning uzunligi, kutbliligi, chastotasi va amplitudasi, o’zaro harakat bayonnomalari ) darajalari ko’zda tutilgan.
Mashina ichidagi interfeys — EHM tarmoqlari va bloklarining o’zaro aloqa va ulanish tizimidir. U elektr aloqa liniyalari (simlar), kompyuter komponentalari bilan ulanish sxemalari, signallarni uzatish va o’zgartirish bayonnomalari (algoritmlar) yig’indisi ko’rinishiga egadir.
Mashina ichidagi interfeysni tashkil etishning 2 varianti mavjud.
Ko’p aloqali interfeys. SHK ning har bir bloki boshqa bloklar bilan o’zining lokal simlari orqali bog’langan; ko’p aloqali interfeys ba’zida tizimli interfeysni to’ldiruvchi periferiyali interfeysi sifatida (SHK ning tashqi qurilmalari bilan aloqa qilish uchun ) qo’llaniladi, sistemali interfeys sifatida esa faqat ba’zi xonadon kompyuterlarida ishlatiladi.
Bir aloqali interfeys. SHK ning barcha bloklari bir-biri bilan umumiy yoki tizimli shina orqali bog’langan.
Dostları ilə paylaş: |