Reja: Shaxsni rivojlantirish, tarbiyaiash va shakilantirish bu insonning, jismoniy, aqliy va manaviy kamolga yetish jarayonidir. Musiqiy fazilatlar va qobiliyatlarni shakllantirishda irsiyatning, muhim tasiri va tarbiyaning roli



Yüklə 58 Kb.
səhifə3/5
tarix14.06.2023
ölçüsü58 Kb.
#130285
1   2   3   4   5
O‘quvchilar shaxsini har tomonlama kamol toptirish

Bola hayotining 6-7 yillari


Bu davr bolalarni maktabga tayyorlash davridir. Bog’chada olingan musiqaviy ta’asurotlar, bilimlar ta’sirida bolalar musiqa asarlariga xarakleristika berish uning ifoda vositalarini tahlil qilishlari musiqada ifodalangan har xil kayfiyatlarni sezishlari mumkin. Bola musiqaviy obrazlarni butunligicha qabul qilish qobiliyatiga ega b’ladi. Bu esa tevarak-atrofga estetik munosabatni tarbiyalashga katla yordam beradi. 6-7 yoshli bolalarda ovoz apparati yanada rivojlanadi. Ovozda kuychanlik, jarangdorlik paydo bo’ladi. Qo’shiq, raqs va o’yinlar mustaqil ravishda ijro qilinadi. Musiqaviy qiziqish va qobiliyatlar yorqinroq namoyon bo’ladi.

Birinchi sinf


Birinchi sinfda musiqa darslarining maqsadi va vazifalari bolalarning psixologik-fiziologik xususiyatlari va musiqaviy - o`quv xusu-siyatlarining darajasiga asoslanib belgilanadi. Notagacha bo’lgan davr, bolalar cholgu asbobida jo’r bo’lish, musiqali ritmik harakatlar bajarish, bu sinfda amalga oshirilishi lozim bo’lgan barcha maqsadlar musiqa tarbiyasining bosh mezoni o’quvchilar ma’naviy boyligining tarkibiy qismi bo’lgan musiqiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. Birinchi sinfda musiqa ta’limotining poydevori ko’riladi. Birinchi sinfdan boshlaboq o’quvchilarning ovoz diapazonini aniqlash va uni kengaytirib borishga alohida e’tibor berish lozim. Boshlang’ich sinflarda ko’pgina o’quvchilarning ovoz diapazoni, birinchi oktava «lya» dan yuqoriga o’tmaydi. Zero, dasturdagi qo’shiqlarning diapazoni birinchi oktava «do» dan uchinchi oktava «do» gacha ko’tariladi. Natijada, o’quvchilar qo’shiqni bu pardalarda mutlaqo noto’g’ri ijro etadilar yoki umuman ayta olmaydilar. Shu tufayli o’quvchilarni ikki ovozga ajratish ya’ni ovozi yuqori pardalarga ko’tarilmaydigan o’quvchilar jim eshitishlari qolganlari kuylashi talab qilinadi. Shuningdek, ovozga ajratish o’quvchilarga qo’shiq o’rgatishda qo’l keladi. Har bir ovoz guruhining alohida kuylanishi o’quvchilarni ko’p ovozlikka tayyorlab boradi va ularda mustaqillik xissini tarbiyalaydi.

Yüklə 58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin