Mahsulotlarni sof holda saqlash va ularni konservalash ikkalasi bir-birini to’ldiruvchi va bir muammoni, ya’ni aholini yil bo’yi meva-sabzavot mahsuloti bilan ta’minlovchi usullar hisoblanadi
Mahsulotlarni sof holda saqlash va ularni konservalash ikkalasi bir-birini to’ldiruvchi va bir muammoni, ya’ni aholini yil bo’yi meva-sabzavot mahsuloti bilan ta’minlovchi usullar hisoblanadi.
Mahsulotlarni sof holda saqlash va ularni konservalash ikkalasi bir-birini to’ldiruvchi va bir muammoni, ya’ni aholini yil bo’yi meva-sabzavot mahsuloti bilan ta’minlovchi usullar hisoblanadi.
Meva-sabzavotlarni qayta ishlash asosan agrosanoat korxonalarida keng ko’lamda amalga oshiriladi. Uncha katta bo’lmagan, o’rta va kichik korxonalar joylardagi sanoat va jamoa, shirkat xo’jaliklar tarkibida mavjuddir.
Xo’jaliklarning joylashishi va yo’nalishiga qarab ularda turli qayta ishlash korxonalari tashkil etilishi mumkin.
Meva-sabzavotlarni ishlab chiqarishda konservalarning quyidagi usullari keng joriy etilmoqda: quritish, tuzlash, sirkalash, va jadal muzlatish. Keng tarqalgan va kelajakda rivojlanishi zarur bo’lgan sohalar-tuzlash manzillari, meva-sabza-vot kompotlari ishlab chiqaradigan tsexlar, muzlatish uskunalari, sabzavot va mevalarni quritish tsexlari va konserva korxonalaridir.
2. Qayta ishlash va konservalash meva-sabzavotlardagi ro’y beradigan biokimyoviy jarayonlarni to’xtatishga asoslangan bo’lib, mahsulotlardagi fitopatogen mikroflorani so’ndirish va mahsulotni tashqi muhitdan, ya’ni havo va nurdan yoki yorug’likdan ajratish bilan erishiladi.

Issiqlik bilan sterilizatsiyalash - konservalashning asosiy ishlab chiqarish usuli hisoblanib, o’z ichiga sirkalashni (marinovaniyani), ya’ni sirka kislotasi qo’shib sterilizatsiya qilishni nazarda tutadi; Qand, tuzlarning yuqori kontsentratsiyasi hisobiga, osmatik bosimning kamayishi, ya’ni mikroorganizmlar xayotini to’xtatish imkonini vujudga keltirish; Past salbiy haroratda jadal muzlatib sterilizatsiya qilish; Nurlatib sterilizatsiya qilish - ultra binafsha, yuqori to’lqinli;
Turli mikroorganizmlardan tozalaydigan filtrlardan foydalanib sterilizatsiya qilish. Ulardan o’tkazilgan sharbatdagi mikroorganizmlarning sporalaridan holi bo’linadi.