Reja: Simpatik, parasimpatik va metasimpatik nerv tizimi


AVTONOM NERV TIZIMI MEDIATORLARI



Yüklə 36,21 Kb.
səhifə5/8
tarix16.12.2023
ölçüsü36,21 Kb.
#183452
1   2   3   4   5   6   7   8
Reja Simpatik, parasimpatik va metasimpatik nerv tizimi-hozir.org

AVTONOM NERV TIZIMI MEDIATORLARI
Mediator deb tan olingan birinchi modda – atsetilxolin. 1921-yilda avstriyalik olim O.Lyovi sayyor nervnning yurakka shu modda yurdamida ta'sir o'tkazishini isbotladi. O.Lyovi topgan xolinesteraza fermenti ingibitoridan foydalanib, ingliz farmakologi G.Deyl atsetilxolinni ko'pgina parasimpatik tuzilmalarda topdi. 1935-1936 yillarda bu ikki olim hamkorlikda ishlab, qo'zg'alishning kimyoviy moddalar yordamida o'tkazilish nazariyasini bayon qildilar. Bu kashfiyotlari uchun 1936-yilda Otto Lyovi va Genri Deyl Nobel mukofotiga sazovor bo'lishdi.
Atsetilxolin. Hozir atsetilxolin barcha (simpatik va parasimpatik) preganglionar tolalarning oxirlarida va skelet muskullaridagi tomirlarni kengaytiruvchi va ter bezlarini nervlovchi simpatik postganglionar tolalar oxirlarida ajraladi, deb hisoblaydilar. Ko'rinib turibdiki, atsetilxolin - juda keng tarqalgan mediator.
Atsetilxolinga sezgir bo'lgan postsinnaptik membranadagi retseptorlar bir xol emas. Ulardan ba'zilari nikotin bilan ta'sirlanganda, xuddi atsetilxolin ta'sir qilgandek javob qaytaradi va N-xolinoretseptorlar (nikotin- xolinoretseptorlar) nomini olgan. Boshqa retseptorlar atsetilxolin bilan bir qatirda qo'ziqorin zahari – muskaringa sezgir. Ularni M- xolinoretseptorlar (muskarin xolinoretseptorlar), deyishadi.
Qonga yuborilgan atsetilxolin talay a'zolar faoliyatiga ta'sir qiladi: yurak faoliyatini susaytiradi, bronxlarni toraytirib, ularda shilimshiq ajralishini ko'paytiradi, me'da va ichak harakatlarini kuchaytiradi. Ammo bu moddani parchalaydigan ferment – atsetilxolinestersza keng tarqalganidan, tez parchalanib, o'z ta'sirini yo'qotadi.
Noradrennalin va adrenalin. Adrenalinning mediatorligini ham O.Lyovi aniqlagan. Adrenalindan tashqari mediator rolini tuzilishi jihatidan unga o'xshash bo'lgan ikkita katexolarnin – noradrenalin va dofamin bajaradi. Katexolarninlarning faoliyatga va a'zolarga ta'siri maxsus adrenoretseptorlar bilan birikkandan keyin yuzaga chiqadi. Farmakologik usukkar yordamida ikki turdagi adrenoretseptorlar borligi aniqlangan. Ular alfa- vabeta-adrenoretseptorlar, deyiladi.
Ichki a'zolarning aksariyatida adrenoretseptrorlarning har ikki turi mavjud. Bu retseptorlarning qo'zg'alishi a'zo faoliyatiga odatda qarama-qarshi ta'sir ko'rsatadi. Skelet muskullaridagi arteriolalarning silliq muskul tolalarida alfa- va beta- adrenoretseptorlar bor. Alfa- adrenoretseptorlarning qo'zg'alishi tomirni toraytiradi, beta- adrenoretseptorlarning qo'zg'alishi esa arteriolalarni kengaytiradi.
Simpatik nerv tizimi ta'siri kabi samara beradigan moddalarning (simpatomimetik moddalarning) ba'zilari alfa-adrenergik, ba'zilari esa beta-adrenergik bo'lishi mumkin.
Noradrenalin yurak, jigar, taloqni nervlaydigan simpatik tolalar oxirlarining mediatoridir. Buyrak usti bezining mag'iz qismida ajraladigan katexolarninlarning 20% ini noradrenalin tashkil qilsa, qolgan 80% ga yaqini adrenalinga to'g'ri keladi.
Noradrenalin va adrenalin yurakning muskul tolasi membranasidagi adenilatsiklaza fermentini faollashtiradi. Adenilatsiklaza ATF dan sAMF (siklik 3' 5'- adenozinmonofosfat) hosil bo'lishini tezlashtiradi, sAMF esa energiya almashinuvina jadallashtirib, yurak qisqarishini kuchaytiradi.
Organizmga tashqaridan kiritilgan noradrenalin sistolik va diastolik qon bosimini oshiradi, yurak urish tezligi ortmasa ham, qisqarish kuchi oshadi. Buyrak qon tomirining torayishi natijasida siydik ajralishi kamayadi. Noradrenalin hazm tizimi faoliyatiga ham kuchli ta'sir qiladi: me'da-ichak muskullarining harakati susayib, tonusi pasayadi, me'da, ichak bezlari ajratadigan shira miqdori kamayadi, ammo so'lak ajralishi ortadi.
Adrenalinning ta'siri kengroq. U yurakning qisqarishlar kuchini ham, sonini ham oshiradi. Natijada yurakning minutlik hajmi ortadi. Bronxlarning muskullarini bo'shashtirib, kengaytiradi. Hazm tizimi a'zolarining harakatini tormozlaydi. Ammo bu tizim sfinkterlarini va siydik yo'llaridagi sfinkterlarni qisqartiradi. Hazm shiralari ajralishi kamayadi. Adrenelinning ahamiyatga molik ta'siridan yana biri skelet muskullarining qisqaruvchanligini oshirishdir. Bu ta'sir charchagan muskullarda yaqqol bilinadi.
Serotonin. Serotonin yoki 5-oksitriptamin - metasimpatik nerv tizimining mediatori. Organizmda triptofan aminokislotasidan hosil bo'ladi. Sut emizuvchi hayvonlarning organizmidagi triptofanning 90% ichakning enteroxromaffin hujayralariga to'g'ri keladi. Gipotalamus va o'rta miyada ham ko'p. Serotonin asosan miyaning visseral faoliyatini boshqarishga dahldor tuzilmalarida yig'ilgan.
Serotonin qon aylanishi, nafas va hazm tizimi a'zolari faoliyatiga ta'sir qiladi. A'zolarga ta'siri bevosita va reflektor yo'l bilan yuzaga chiqadi. Bu ta'sirlar natijasi qarama-qarshi bo'lishi ham mumkin. Masalan, serotonin yurakka bevosita ta'sir qilib, urishini tezlashtiradi. Ayni vaqtda tomirlardagi baroretseptorlarni qo'zg'atib, reflektor yo'l bilan yurak urishini siyraklashtiradi.
Serotoninning nafas olishga ta'siri ham ikki xil. Bronxlarga bevosita ta'sir qilib, ularni toraytirsa, reflektor yo'l bilan ta'sir qilib, nafas olishni tezlashtiradi.
Odam hazm tizimining silliq muskullari serotoninga juda sezgir. Serotonin kiritilganda avval hazm tizimining silliq muskullari spastik ravishda qisqaradi. Keyin bu muskullar tonusi oshib, ritmik qisqarishlar kuzatiladi.
Serotonin MNT tuzilmalarida ham vositachi (mediatro) rolini bajaradi. Serotonin vositachiligida faollik ko'rsatadigan sinapslarda ucch turdagi serotoninergik retseptorlar borligi aniqlangan.
Adenozintrifosfat (ATF) va boshqa moddalar. ATF ham asosaan metasimpatik nerv tizimi mediatori vazifasini bajaradi. U boshqa mediatorlar kabi nerv tolalarining sinapsoldi kichik shoxlarida yig'ilgan bo'lib, qo'zg'alish o'tayotganda ajraladi. ATF ning parchalanishi natijasida turli asoslar – adenozin va inozit hosil bo'ladi. Shuning uchun ATF vositasida yuzaga chiqadigan o'tkazilish purinergik o'tkazish nomini olgan.
Silliq muskullar ATF ta'sirida bo'shashadi, ba'zan qo'zg'alishi ham mumkin. Purinergik tolalar ta'sirlanganda postsinaptik membranada tormozlovchi postsinaptik potensial (TPSP) namoyon bo'ladi.
Purinergik neyronlar ichak harakatlarini tormozlab, jarayonni kuchaytiradigan xolinergik neyronlarning raqibi sifatida ichak motorikasini boshqarishda ishtirok etadi. Bu neyronlar hazm yo'lidagi qizilo'ngach, pilorik va anal sfinkterlar bo'shashishini ta'minlovchi mexanizmlarning bir qismi.
Glitsin, gamma-aminomoy kislota (GAMK), P-moddani, gistaminni va boshqa moddalarni ham ba'zi tadqiqotchilar mediator yoki mediatorlikka nimzod, deb hisoblaydilar. Bunga asos bor. Masalan, glitsinning orqa miya tarqalgan joyi tormozlovchi oraliq neyronlar egallagan joylarga tog'ri keladi. Bu aminokislotani dumg'aza parasimpatik markazga elektroforez yordamida kiritilganda, markaz kuchli tormozlanadi. Glitsin ta'sirini yo'qotuvchi modda – strixnin ham bor.
GAMK tormozlovchi neyronlarning oxirlarida ajralib, presinaptik tormozlanishga sabab bo'ladi.
Gistamin ham avtonom nerv tizimining ta'sirini silliq muskul va bezlarga o'tkazishda ishtirok etishi mumkin. Uning ta'sirida silliq muskul tolalari qisqaradi, me'da bezlaridan xlorid kislota ajralishi keskin ortadi. Bundan tashqari, kapillyarlar devorining o'tkazuvchanligini oshiradi, yurak urishini sustlashtiradi, arterial qon bosimini pasaytiradi. Gistaminga sezgir rerseptorlarning ikki turi tafovut qilinadi.

Yüklə 36,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin